Oddiy (sodda) foizlar. Farz qilaylik, investitsiya qilish uchun qandaydir boshlang’ich R pul mablag’lari mavjud. Investitsiya qilish natijasida ma’lum vaqt muddati (n davrlarda) o’tganidan keyin boshlang’ich summa iPn (i – foiz stavkasi bo’lib, u bo’yicha boshlang’ich R summaga foizlar qo’shiladi) miqdorga o’zgaradi. Ya’ni boshlang’ich summa R ma’lum davrlar (n) o’tishi bilan iPn miqdorga oshib, natijada S (ortgan summa) miqdor hosil bo’ladi:
S = P + iPn = P(l + in).
(1 + in) ifoda oddiy foizlar bo’yicha orttirma ko’paytiruvchi deb nomlanadi. Orttirilgan summa S boshlang’ich summa orqali topilgan; foiz stavkasini (i) dekursiv stavka deyiladi.
8-chi ifodadan boshlang’ich R summani topish mumkin. Bunda R miqdorini S orqali uni d foiz stavkasi (antisipativ stavka) bo’yicha diskonlash yo’li bilan topish mumkin, ya’ni:
P = S-ndS = S(1-nd).
(1-nd) ifoda orttirma ko’paytiruvchi deyiladi.
Oddiy foiz stavkalari ko’proq qisqa muddatlardagi hisoblarda qo’llaniladi. Shu munosabat bilan n bir yildan kam davrlarda dekursiv va antisipativ stavkalarni amaliyotda qo’llash xususiyatlarini ko’ramiz. Dekursiv stavka holatida i miqdori quyidagicha qabul qilinadi:
yoki
(t – foizni hisoblash kunlari soni). Agar antisipativ stavka (d) qo’llanilsa,
unda:
Do'stlaringiz bilan baham: |