Moliya va kredit


Mavzu: Javobgarlikni sug‘urta qilish. Tashqi iqtisodiy faoliyatda sug‘urta va investitsiyalarni siyosiy risklardan sug‘urta qilish


Download 0.84 Mb.
bet11/12
Sana15.04.2020
Hajmi0.84 Mb.
#99435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Moliya va kredit

Mavzu: Javobgarlikni sug‘urta qilish. Tashqi iqtisodiy faoliyatda sug‘urta va investitsiyalarni siyosiy risklardan sug‘urta qilish


REJA:

1.Javobgarlik sug‘urtasida sug‘urta ob’ekti va sub’ekti. Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi va asosiy shartlari va sug‘urta tarifi.

2.Хorijiy avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtasi.

3.Kasbiy javobgarlikni sug‘urtasi haqida tushuncha. Kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish.

4.Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tariflarini aniqlash va sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqilishi.
1. Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug‘urta qilish mamlakatimizda o‘z rivojini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug‘urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri – transport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashdir.

Ma’lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri hisoblanadi.

Trasport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi shaxslarning muayyan manfaatlariga, sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.

Yo‘l transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan shaxslar, ko‘p holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G‘ayri qonuniy harakat tufayli yuridik yoki jismoniy shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti yoki mol-mulkiga yetkazilgan aybdor shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa zararni to‘lashdan ozod etilishi mumkin.

2008 yil 21 aprelda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-155-sonli qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonunga ko’ra:

jabrlanuvchi — transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs;

kompensatsiya to’lovlari — majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta to’lovini amalga oshirish mumkin bo’lmagan hollarda, jabrlanuvchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash hisobiga amalga oshiriladigan to’lovlar;

sug’urta hodisasi — transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug’urta qildiruvchining yoki transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha javobgarligi sug’urtalangan boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi bo’lib, bu sug’urtalovchining sug’urta tovonini to’lash majburiyatini keltirib chiqaradi;

sug’urtalovchi — majburiy sug’urta qilishga haqli tijorat tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs;

sug’urta qildiruvchi — sug’urtalovchi bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasini tuzgan transport vositasi egasi;

sug’urta puli — bu shunday summaki, sug’urtalovchi sug’urta hodisasi sodir bo’lganda yetkazilgan zararning o’rnini uning doirasida jabrlanuvchiga (uning merosxo’riga yoki huquqiy vorisiga) qoplash majburiyatini oladi;

transport vositasi — yo’llarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki o’ziga o’rnatilgan uskunalarni tashish uchun mo’ljallangan qurilma;

transport vositasining egasi — transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish to’g’risidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. O’z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud o’zga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo’lmaydi;

transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi (bundan buyon matnda majburiy sug’urta shartnomasi deb yuritiladi) — sug’urta shartnomasi bo’lib, unga ko’ra sug’urtalovchi sug’urta hodisasi sodir bo’lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug’urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o’rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi;

transport vositasidan foydalanish — transport vositasidan uning yo’llarda (yo’l harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun mo’ljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat bo’lgan foydalanish. Transport vositasiga o’rnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bog’liq bo’lmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;

haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o’rgatilayotganda o’rgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi.

Majburiy sug’urta ob’ekti

Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug’urta ob’ektidir.

Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtalanishi mumkin.

6-modda. Transport vositalari egalarining o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish majburiyati

Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o’z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug’urtalashlari shart.

Fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalarining egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;

tirkamalar va ikki, uch g’ildirakli yoki ish hajmi ellik kub santimetrgacha bo’lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, bundan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari mustasno;

chet davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug’urta tizimlari doirasida sug’urtalangan bo’lsa.

Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xo’jalik yurituviga, operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay o’z fuqarolik javobgarligini sug’urtalashi shart.

Qonunga muvofiq fuqarolik javobgarligi boshqa shaxs tomonidan sug’urtalangan transport vositalari egalariga nisbatan fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.

Egalarining fuqarolik javobgarligi ushbu Qonunga muvofiq sug’urtalanmagan transport vositalaridan O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganda va O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug’urta tizimlarining sug’urta polislari mavjud bo’lmagan taqdirda, chet davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan va O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari o’z fuqarolik javobgarligini sug’urtalashi shart.

Bugungi kunda aholi turmush darajasining doimo oshib borishi transport vositalarining yanada takomillashishi jahonda avtomobillar sonining muntazam o‘sishiga olib kelayapti. O‘zbekiston Respublikasida 1,5 mln.dan ortiq avtotransport vositalari bo‘lib 2005 yilga kelib ularning soni ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra 3 mln.ga yetishi kutilmoqda. Shubhasiz bu “UZDEWOO AVTO” avtomobil zavodi tomonidan va yaqin hamda uzoq horij mamlakatlaridan halqaro standartlarga mos keladigan avtomobillarning kelishi hisobga erishiladi.

Afsuski transport vositalari sonining ko‘payishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya’ni, yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘payishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi yo‘l xarakat xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotlariga qaraganda birgina 2000 yillarning 9 oyi mobaynida 1981 ta yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan bo‘lib unda 150 kishi halok bo‘lgan6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994 yil 30 dekabrda qabul qilgan 632-sonli qaroriga (bu qarorga Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qarori bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan) muvofiq, 1995 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasiga jalb qilinadilar.

Ushbu fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasini joriy etilganligi yo‘l-transport ishtirokchilari manfaatlarini himoya etishga va ulrani ijtimoiy muhofaza etishga qaratilgandir.

Quyidagi jadvalda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha transport vositasi birligidan bir yilda bir marta undiriladigan sug‘urta summasi hajmidan sug‘urta mukofotlari tariflari miqdorlari keltirilgan (1-jadval).

Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni undirish uchun sug‘urta summalarining cheklangan miqdorlari:

mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun (har bir zarar yetkazilishi holati bo‘yicha) - O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;

o‘limga olib kelgan zararni qoplash uchun (har bir jabrlangan bo‘yicha) - eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida.

2007 yilning 1 avgustidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish haqi miqdori 15525 so‘m miqdorida belgilangan. Demak, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga sug‘urtalanuvchi tomonidan zarar yetkazilganda sug‘urtalovchi 310400 so‘mgacha sug‘urta qoplamasi to‘lab beradi. Ayni paytda fuqaroning o‘limiga olib kelgan zararni qoplash uchun 465750 so‘m miqdorida sug‘urta qoplamasi beriladi. Hozirgi paytda “Avtofuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi” bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Biz ushbu qonun loyihasida ko‘rsatilgan javobgarlik hajmini yanada oshirish maqsadga muvofiqdir.

Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan avtotransport vositalari haydovchilarining ancha qismi javobgarlikni sug‘urtalash bo‘yicha shartnomaga ega emas. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ko‘pgina avtotransport haydovchilarimiz sug‘urtani ikkinchi darajali keraksiz bir vosita sifatida tushunishadi. Хatto yo‘l avtotransport hodisalari ro‘y berganda sug‘urta tashkilotlariga murojat qilishni ham unutishadi.

Vaziyatning bunday salbiy holatda ekanligini shu bilan tushuntirish mumkinki, hanuzgacha bizda “Avtofuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” Qonun qabul qilinmagan. Biz ushbu qonunni qisqa muddatlarda qabul qilishni taklif etamiz.

Avtotransport haydovchilarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash ixtiyoriy tartibda ham o‘tkaziladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu sug‘urta turini amalga oshirish bir tomondan transport haydovchisi uchun ikkinchi tomondan esa yo‘l transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan jabrlanuvchi uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki transport haydovchisida jabrlanuvchiga moddiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. Agar u uchinchi shaxslarga zarar keltirish javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomaga ega bo‘lsa sug‘urta qoplamasa sug‘urta tashkiloti tomonidan qoplanadi.

1-jadval


Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha transport vositasi birligidan

bir yilda bir marta undiriladigan sug‘urta summasi hajmidan

sug‘urta tariflari stavkalari

(foizlarda)

Transport

vositalari

Sug‘urta summalarining qabul qilingan hajmidan sug‘urta mukofotlari tariflari (qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravari miqdori)

Yuridik shaxslar

Jismoniy shaxslar

Yengil avtomobillar, avtobuslar

1,5

1

Yuk avtomobillari

2

1,5

Trolleybuslar, tramvaylar

1

-

Traktorlar, kombaynlar va boshqa o‘zi yurar mashina va mexanizmlar

1

1

Maxsus yengil avtomobillar va mikroavtobuslar

1

1

Mototransport

0,5

0,5

Avtotransport haydovchilarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunda sug‘urta tashkiloti va sug‘urtalovchidan tashqari uchinchi shaxs ham ishtirok etadi.

Ammo fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha shartnoma sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi (transport vositasi haydovchisi) o‘rtasida tuziladi. Uchinchi shaxs esa shartnomada ishtirok etmaydi, ammo sharnoma uning foydasiga tuziladi.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki avtotransport haydovchilariga nisbatan sud orqali belgilangan jabrlanuvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori haydovchining bir yillik ish haqining yarmidan ko‘pini tashkil etadi.

Javobgarlikni sug‘urta qilishning keng tarqalgan turlaridan yana biri ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish hisoblanadi. Mazkur “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-210-sonli qonuni 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan bo’lib, ushbu qonunning ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

Хodim o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha ish beruvchi o’z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug’urtalashi shart.

Хodim o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganda uning mulkiy manfaatlari ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish ob’ektidir.

Ish beruvchi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi (bundan buyon matnda sug’urtalovchi deb yuritiladi), annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sub’ektlaridir.

Javobgarlikni sug‘urta qilishning turlaridan yana biri tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish hisoblanadi. Javobgarlikning mazkur turi bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O’RQ-386-sonli Qonuni 2015 yil 26 may kuni qabul qilingan.

Mazkur Qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran olti oy o‘tgach, “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘rniga kuchga kiradi.

Bunda ta‘kidlash joizki, yo‘lovchilarni majburiy shaxsiy sug‘urta qilishning amaldagi tizimi tashishda yo‘lovchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlamayapti, hamda shahar atrofiga qatnovchi temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilari; shahar ichida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari; bir viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari uchun 50 kilometr masofagacha majburiy sug‘urtasi qo‘llanilmaydi, shunga ko‘ra barcha yo‘lovchilarning to‘liq qamrovi ta‘minlanmayapti. Shu bilan birga xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, yo‘lovchilarning manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish uchun yo‘lovchilarning majburiy shaxsiy sug‘urtasi o‘rniga tashuvchining yo‘lovchilar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish mexanizmi qo‘llanilmoqda.

“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalarining barcha turlarida tashishni amalga oshirishda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlashga qaratilgan.

Mamlakatimizda yo‘lovchilarni tashish hajmi o‘sib borayotganligi bois, “tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi” degan tushunchasining dolzarbligi oshmoqda. Yo‘lovchi unga tashish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni, qanday turdagi transport vositasida bo‘lishidan qat‘iy nazar, o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishiga umid qilishga haqli. Bundan tashqari yo‘lovchi tashishning barcha jarayonida va barcha turdagi transport vositalarida uning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar qoplanishiga ishonch hosil qilishi kerak.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimi yo‘lovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan, hamda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha harajatlarni kamaytirish yo‘li bilan tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydigan mexanizm sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.

Bugungi kunda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish yuzasidan tegishli hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borilmoqda va u bilan quyidagilarni o‘z ichiga olgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:

- shartnoma shartlari va uni tuzish tartibi;

- yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibi;

- sug‘urta polisi blankasining namunasi va uni tayyorlash tartibi;

- sug‘urta puli, hamda sug‘urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug‘urta tariflarining tuzilishi va ularning sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llanilish tartibi;

- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta sherikchiligining ish tartibi va boshqalar.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Хorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida” 2000 yil 12 yanvar 11-sonli qaroriga binoan, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmanistonning transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik majburiyati sug‘urtalanganligi to‘g‘risidagi polisi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona postlarida transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug‘urtasini amalga oshiradi. Bu javobgarlik sug‘urta turini joriy etishga asosiy sabab shuki, chegaradosh mamlakatlar tomonidan bir tomonlama tusda qo‘yidagi chora-tadbirlar joriy qilingan: Qozog‘iston Respublikasida - tashuvchining yo‘lovchi oldidagi fuqarolik, huquqiy javobgarligi uchun turli avtotransport vositalaridan sug‘urta yig‘imlari qo‘llanilayotganligi; Turkmanistonda - Turkmaniston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari egalaridan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yig‘imlarga teng bo‘lmagan yig‘imlar belgilangan.

Shuni e’tiborga olgan holda 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalaridan kirib keladigan transport vositalari uchun avtofuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi joriy etildi. Quyida ana chegaradosh mamlakatlar hududidan kirib kelgan transport vositalari haydovchilardan undiriladigan sug‘urta mukofotlari miqdori keltirilgan (2-jadval).

Sug‘urta summasi miqdori Qozog‘iston Respublikasi avtotransporti uchun:

- mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun - 400 AQSh dollari;

- o‘lim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun - 600 AQSh dollari.

2-jadval


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling