Moliya va moliaviy texnologiyalar


-2022-yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi


Download 31.56 Kb.
bet4/4
Sana14.02.2023
Hajmi31.56 Kb.
#1197563
1   2   3   4
Bog'liq
moliyaviy texnologiyalar

2019-2022-yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi:
Strategik rivojlanishining maqsadlar:
bankning kapitallashuv darajasini oshirish, banklarning xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida tijorat banklarning kapitalining etarligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash;
yuqori rentabellik darajasini saqlab qolish va xatar-amaliyotlarni otkazish jarayonida daromad olishning optimal nisbatiga erishish;
faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar bazasini son va sifat jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilar kontsentratsiyasini qisqartirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish;
aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni so‘ndirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni kelgusida bo‘lmasligini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlarni olib borish;
kreditlashning yangi turlarini joriy etish;
xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish, xorijiy bank-korrespondentlar tomonidan savdoni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan limitlarni oshirish va rivojlantirish;
chakana mijozlarga xizmat ko‘rsatishni universallashtirish tizimini joriy etish;
chakana mijozlarni segmentatsiyalash;
chakana savdo texnikasini ishlab chiqish va joriy etish;
transchegaraviy o‘tkazmalarni joriy etish (mijozning valyuta va so‘m plastik kartasiga pul o‘tkazishning onlayn usullari);
bank kartalari (kartalik biznes) sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, turli-xil plastik kartalarni, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalarni chiqarish, shuningdek ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish;
mijozlarga xizmat ko‘rsatishning masofaviy shakllarini rivojlantirish, operatsion jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyalarni rivojlantirish va bankning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha ishlarni davom ettirish;
ISO 9001:2015 va xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi: qo‘llash bo‘yicha talablar va tavsiyalar”ga muvofiq menejment sifati tizimi standartlariga rioya qilish;
yangi mijozlarni jalb qilish va bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish maqsadida bankning oqilona daromadiga rioya etilishini hisobga olgan holda tarif siyosatini optimallashtirish;
bank xatarlarini baholash va boshqarish tizimini, xalqaro standartlarga muvofiqligini, mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni rivojlantirish;
tegishli hududlarda kuchli hududiy bo‘linmalarni yaratish va ularning moliyaviy natijalar va ishlarni tashkil etish uchun har tomonlama javobgarligi;
xodimlar uchun xorijiy banklarda va tashkilotlarda iqtisodiy tadqiqotlar, treninglar, stajirovkalarni tashkil qilish;
biznes boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmasini adekvat talablariga muvofiq shakillantirish.


Download 31.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling