Moliya va moliyaviy texnologiya
Download 19.19 Kb.
|
91-2 MMT Xalilov S
3-rasmBa'zi hollarda ayrim chetlanishlarga yo‘l qo‘yilishi ham mumkin 3-rasm Xorijiy ish bilarmonlarning EIHda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalariga 100 % 227 egalik qilish huquqi berilgan. Investorlarga esa, Janubiy Koreyadan tashqarida foydani va kapitalni repatriatsiya qilish huquqi berilgan. Hududdagi yuqori texnologiyali sanoat korxonalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq holda biznes bilan shug‘ullanayotgan barcha korxonalar besh yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil davomida esa, ularga soliqni 50 %ni to‘lash huquqi berilgan. Erkin savdo hududlari, EIHlar va erkin investitsiyalar hududida joylashgan korxonalar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil davomida ular ham soliqni 50 %ni to‘lash huquqiga egadir. EIHlarda xorijiy investorlarning minimal kapital qo‘yilmalari 5 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Janubiy Koreyaning EIHlarida EIHda joylashgan korxonalar litsenziyalashtirilmagan holda eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega, chunki, ular tashqi savdo to‘g‘risidagi hujjatning amal qilish doirasiga kiradi. Janubiy Koreyadagi eng muhim EIHlardan biri “Masan” mamlakatning Janubiy qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, umumiy er maydoni 814 km2 ni tashkil etadi. “Masan” EIHi o‘z portiga ega. Janubiy Koreyaning yana bir EIHi “Iri” Seul shahri atrofidagi Gunsan gavanasi yaqinida joylashgan bo‘lib, umumiy er maydoni 319 km2 ni tashkil etadi. Ushbu EIHlar ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olganda ma'lum darajada tarmoq ixtisoslashuviga ega hisoblanadi. Jumladan, “Masan” EIHi, asosan, kimyoviy va eksport mahsulotlarni, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lsa, “Iri” EIHi zebu-ziynat mahsulotlarini va shuningdek, qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu ikkala hudud xam Koreya ichki hududlaridan ajratib qo‘yilgan bo‘lib, ularda ishlab chiqarilgan maxsulotlar ichki bozorlarda sotilmaydi (ishlab chiqarish jarayonida olinadigan chiqindilar va yordamchi maxsulotlar, milliy xavfsizlik uchun ahamiyatli bo‘lgan tovarlar va boshqa eksport tovarlari bundan mustasno). Ushbu hududlarda joylashgan korxonalar ichki bozorlarda sotish bilan emas, balki eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi. “Masan” va “Iri” EIHlarida ishlab chiqarilgan tovarlar Koreyaga nisbatan importyor-mamlakatlar tomonidan o‘rnatilgan to‘siqlarni aylanib o‘tish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu esa Janubiy Koreya eksportini ko‘paytiradi. Koreyalik mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, jahon iqtisodiy pasayishi va moliyaviy inqiroz so‘nggi yillarda yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur‟atlarini 3,6 %dan 3 %gacha pasayishiga olib kelgan. Cisco kompaniyasi Janubiy Koreyada yangi EIHni tashkil qilishini bildirdi. Bu tashabbus Janubiy Koreyada mehnat unumdorligini oshirish, novatorlikni va intellektual 228 urbanizatsion ishlarni rivojlantirishga qaratilgan edi. Cisco kompaniyasining intellektual urbanizatsiya dasturi turli mamlakatlarning shaharlarida kommunal xizmatlarni bajarish va shu asosda shahar xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish, shahar aholisini moddiy turmush darajasini oshirish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan edi. Cisco IFEZ EIH (Intellektion Foreign Investment Zone – Intellektual xorijiy investitsiyalar hududi)da intellektual urbanizatsiya tamoyilini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Inchxon shahar munitsipaliteti bilan hamkorlik qiladi. IFEZ EIHi Inchxonni turli iqtisodiy faoliyatlarni olib boruvchi yirik xalqaro markaz hisoblanadi. 2030-yilga kelib bu EIH jahonning yetakchi markazlaridan biriga aylanishi mumkin. Shu maqsadda Inchxonda unda, nafaqat, Janubiy Koreya, balki butun bir xorijiy kompaniyalar faoliyati uchun qulay muhit yaratilmoqda. Bundan tashqari, shaharning eng ekologik toza va jozibador shaharlardan biriga aylantirilishi ham nazarda tutilgan. Download 19.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling