Moliya va moliyaviy texnologiya


Download 19.19 Kb.
bet2/5
Sana02.12.2023
Hajmi19.19 Kb.
#1779765
1   2   3   4   5
Bog'liq
91-2 MMT Xalilov S

1-rasm


“Mamlakat riskining o‘rtacha tortilgan bali quyidagi formula yordamida aniqlanadi (BERI indeks):
bu erda: ki va ji – tegishli ravishda, i omilni baholovchi mezonlarning ballardagi qiymati va vaznli koeffitsienti. Iqtisodiyotga safarbar qilingan investitsiyalarning samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichdan yana biri ICOR (incremental capital-output ratio) bo‘lib, u mamlakatdagi real sektorga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligini aniqlashda yordam beradi. ICOR koeffitsienti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi ko‘rsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik ahamiyatli BERI hisoblanadi va aksincha.
Bu koeffitsent asosiy kapitalga qo‘yilgan mablag‘lar, ya'ni
YaIM dagi investitsiyalar salmog‘ining, keyingi yildagi YaIM ning qo‘shimcha
o‘sish sur‟atiga nisbatini bildiradi, ya’ni:
ICOR = I / ∆YaIM
bu erda, I – investitsiya o‘sish darajasi (YaIM dagi salmog‘i); ∆YaIM – yalpi
ichki mahsulotning qo‘shimcha o‘sish darajasi.

2-rasm


2-jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi yillarga kelib ICOR koeffitsienti ko‘rsatkichi nisbatan o‘sib borgan, bu esa iqtisodiyotga jalb etilgan investitsiyalarning uning o‘sish sur‟atiga ta'siri samaradorligi nisbatan pasayganligini ko‘rsatadi. Bu esa mazkur masazala jiddiy e‟tibor qaratilishi lozimligini taqozo etadi.
Investitsiya muhitini baholash bo‘yicha Umumjahon banki yondashuvi quyidagicha. Unga ko‘ra mamlakat investitsiya muhitiga ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi:
  • iqtisodiy siyosat va huquqiy-me‟yoriy amaliyotning noaniqligi;
  • korrupsiya darajasi;
  • sud tizimining sifati;
  • jinoyatchilik darajasi;
  • “soliq yuki” va soliqqa tortish tizimini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimi;
  • moliya resurslarini olish imkoniyati va moliyalashtirish qiymati;
  • elektr bilan ta'minlanganlik darajasi va sifati;
  • ishchilar malaka darajasi va mehnat qonunchiligining sifati.


Download 19.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling