Moliya va moliyaviy texnologiya
Download 19.19 Kb.
|
91-2 MMT Xalilov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya muhitini baholashning xorij tajribalari tahlili ((Janubiy Koreya)
o‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA o‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Moliya va moliyaviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi MMT-91-2 guruh talabasi Xalilov Sardor Shuxratovichning Investitsiya fanidan joriy nazorat ishi Investitsiya muhitini baholashning xorij tajribalari tahlili ((Janubiy Koreya) Investitsion muhitga baho berishda turli davlatlarda turlicha yondashuvlar qo‘llaniladi va bu baholash uslublari bir-biridan farq qilib, odatda, chet elda makroiqtisodiy sohaga nisbatan baho ishlatiladi. Masalan, Yaponiyada investitsion muhitning bayoniy tavsifi berilib, miqdoriy baho qo‘llanilmaydi. AQShda investitsiya muhiti to‘rtta birlashtirilgan ko‘rsatkich asosida aniqlanadi va reyting natijalari har yili “Yillik statistik karta”da e’lon qilinadi: ishbilarmonlik faolligi; xo‘jalik tizimi rivoji salohiyati; investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi; samarali soliq siyosati. 1
2
Jahon banki yondashuviga ko‘ra, mamlakat investitsiya muhitiga ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi: 3
4
5
6
Uchinchi variant umume‟tirof etilgan variant hisoblanib, mamlakat investitsion muhitini tavsiflashning mukammal ko‘rinishidir. U qo‘yidagi imkoniyatlarni beradi: - mintaqalararo iqtisodiy tuzilmalarning investitsion shart-sharoitlari o‘rtasidagi o‘xshashlik, farqi va o‘ziga xosligini aniqlash; - mamlakat investitsion siyosatida u yoki bu mintaqaning o‘sib borayotgan ahamiyatini e‟tiborga olish; subyektivizmni kamaytirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish jarayonini soddalashtirish, turli iqtisodiy darajalardagi investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha muayyan tavsiyalar berish. Mamlakat investitsiya muhitini baholashda yana xalqaro kredit reytinglaridan ham foydalaniladi. Ular jahondagi o‘n bir obro‘li agentlik tomonidan ishlab chiqiladi. Ulardan beshtasi – Amerika, uchtasi – Yaponiya, ikkitasi – Kanada va bittasi Angliya agentliklaridir. Bunda bozorning 90% ikki yirik va mashhur amerika kompaniyalariga tegishlidir – Standart and Poor‟s, Investor Service va Moody‟s Investor Service. Mamlakatning reytingi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. Lekin, shu reytingga kirishning o‘zi ham investorlarda ushbu mamlakatga nisbatan u yoki bu darajada ishonch uyg‘otadi. Rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda maxsus investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarni investitsiya muhitini o‘rganadigan va aniq xulosalarni investorlar uchun beradigan firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shveysariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xolatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va 4 – o‘ta qulaygacha bo‘lgan balli shkala bo‘yicha baholanadigan 15 ta muhim ko‘rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business environment risk index)ni qo‘llaydi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro‘li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo‘yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat (1-jadval). Download 19.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling