Moliya va moliyaviy texnologiyalar


/2024 O’QUV YILIDA “SUG‘URTA ISHI” TA‘LIM YO’NALISHI


Download 448.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana27.08.2023
Hajmi448.54 Kb.
#1670523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Suhbat savollari

2023/2024 O’QUV YILIDA “SUG‘URTA ISHI” TA‘LIM YO’NALISHI 
BO’YICHA IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIMGA QABUL 
SINOVLARI UCHUN SUHBAT SAVOLLARI 
 
1. Sug‘urta haqida tushuncha va sug‘urta munosabatlarini yuzaga kelish jarayoni. 
2. Fuqarolarni ijtimoiy muhofazasini ta’minlashda va iqdisodiyotning barcha 
sohalarida yuzaga keladigan risklarni oldini olish, kamaytirishda sug‘urtaning o‘rni. 
3. Tarixda sug‘urtaning ilk ko‘rinishlari qanday namoyon bo‘lgan. 
4. Sug‘urta ob’ekti va sub’ekti tushunchalarining ahamiyati. 
5. Sug‘urta hodisasi, sug‘urta summasi va sug‘urta javobgarligi tushunchalarining 
ahamiyati.
6. Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi tushunchalarining ahamiyati. 
7. Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi tushunchalarining ahamiyati. 
8. Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari. 
9. Sug‘urta vositachilari kimlar va ularning vazifalari nimalardan iborat. 
10. Sug‘urta polisi va uning rekvizitlari.
11. Sug‘urta mukofoti va sug‘urta qoplamasi tushunchasi. 
12. Sug‘urta faoliyatida risk tushunchasi va uning turlari. 
13. Sug‘urta bozorining professional va professional bo‘lmagan ishtirokchilari. 
14. Majburiy va ixtiyoriy sug‘urtaning farqli jihatlari. 
15. O‘zbekistonda sug‘urta tarmoqlari. 
16. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish zarurligi va ahamiyati. 
17. Avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishda 
sug‘urta shartnomasi qachondan boshlab o‘z kuchiga ega hisoblanadi va fuqarolarni 
ijtimoiy himoyalashda qanday ahamiyat kasb etmoqda.
18. Sug‘urtalash jarayonida sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish jarayoni. 
19. O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlarini tashkil etishda qo‘llaniladigan talablar 
(Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi). 
20. O‘zbekistonda sug‘urta klasslari. 
21. O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi mavjud bo‘lgan majburiy sug‘urta turlari va 
ularning qisqacha mohiyati. 
22. Mulk sug‘urtasida ob’ekt va sub’ektlar. 
23. Sug‘urtaga bo‘lgan talab qanday aniqlanadi. 
24. Sug‘urta dalolatnomasi nima, unda nimalar o‘z aksini topadi. 
25. Sug‘urta shartnomasi nima, unda nimalar o‘z aksini topadi. 
26. Sug‘urta bozorida raqobat qanday amalga oshiriladi. 
27. O‘zbekiston sug‘urta bozorida hozirda nechta sug‘urta kompaniyasi faoliyat 
ko‘rsatmoqda va ular qaysi tarmoqlar bo‘yicha faoliyat yuritmoqdalar. 
28. Eksport-import operatsiyalarini sug‘urtalashning zarurligi va ahamiyati. 
29. Sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlari. 
30. Sug‘urtaning qanday funksiyalari mavjud. 
31. O‘zbekiston sug‘urta faoliyatida qanday qonunlar mavjud va sug‘urta 
faoliyatining tartibga solishda ushbu qonunlarning ahamiyatli jihatlari. 
32. Sug‘urta tashkilotlariga nisbatan belgilangan ustav kapitalining miqdorlari. 
33. Sug‘urta faoliyatini tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari. 


17 
34. Sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi va ularda ish jarayonlari. 
35. Sug‘urta biznesi tushunchasi va uni O‘zbekistonda rivojlanganlik darajasi. 
36. Shaxsiy sug‘urta tushunchasi, unda ob’ekt va sub’ektlar. 
37. Shaxsiy sug‘urtaning turlari. 
38. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilishning zarurligi va 
ahamiyati. 
39. Sug‘urta agenti kim va u qanday vakolatlarga ega. 
40. Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda taqdim etiladigan hujjatlar. 
41. Majburiy sug‘urta haqida tushuncha va uni o‘tkazishdagi asosiy shartlar. 
42. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning 
mazmun mohiyati. 
43. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtashning zarurligi va 
ahamiyati.
44. Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sug‘urtaning o‘rni va ahamiyati. 
45. Sug‘urta bozoriga zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish 
zarurligi. 
46. Sug‘urta mahsuloti tushunchasi va O‘zbekistonda amalda bo‘lgan sug‘urta 
mahsulotlari. 
47. O‘zbekistonda sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallari. 
48. Moliyaviy risklar tushunchasi va ularni sug‘urtalashning zarurliligi. 
49. Halqaro sug‘urta bozorida еtakchi davlatlarning sug‘urta bozori va sug‘urta 
kompaniyalari faoliyati. 
50. Hayot sug‘urtasi haqida tushuncha va uning turlari. 
51. Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari deganda nimani tushunasiz va bu 
daromadlar nimalar hisobidan tashkil topadi. 
52. Sug‘urta tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda reklamaning o‘rni. 
53. Sug‘rta shartnomalariga asosan sug‘urtalovchi va mijoz o‘rtasidagi 
munosabatlar. 
54. Umumiy va hayot sug‘urta tarmog‘ining farqli hususiyatlari. 
55. Sug‘urta portfeli tushunchasi va uni yuritilish jarayoni. 
56. O‘zbekistonda tijorat banklaridagi mavjud risklar va ularni sug‘urtalash 
jarayoni. 
57. Qayta sug‘urta tushunchasi va O‘zbekiston sug‘urta bozorida qayta 
sug‘urtalashni tashkil etish.
58. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli mol-mulklarni sug‘urtalash jarayoni. 
59. Mustaqillik yillari O‘zbekistonda sug‘urta tizimining rivojlanish bosqichlari va 
hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar. 
60. Sug‘urta shartnomalarini tuzish va ijro etish. 
61. Majburiy davlat sug‘urtasi tushunchasi va uning ishtirokchilari. 
62. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug‘urtalashning 
zarurliligi. 
63. Javobgarlik sug‘urtasi haqida tushuncha va uning turlari.
64. O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi 
omillar.
65. Sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta bozoridagi operatsiyalari. 


18 
66. Sug‘urta bozorida baholovchi tashkilotlar va ularning faoliyati (adjaster, 
syurveyr, avvariya komissari, dispasherlar) 
67. Kreditlarni sug‘urtalash jarayoni (avtokredit, ipoteka krediti misolida). 
68. Chet elga chiquvchi fuqarolar (turistlar)ni sug‘urtalash jarayoni. 
69. Sug‘urta bozori infratuzilmasi sub’ektlari va ular faoliyati.
70. Tibbiy sug‘urta tushunchasi va uning zarurliligi. 
71. O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari va xalqaro sug‘urta kompaniyalar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar nimalar orqali namoyon bo‘ladi. 
72. Sug‘urta faoliyatida maxsus va umumiy qonunlar. 
73. Sug‘urta brokerlari qanday shaxs hisoblanadi va ularning faoliyati. 
74. Sug‘urta bozorining qanday turlari mavjud va ularga qisqacha izoh. 
75. Sug‘urta bozori rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlar va ularga 
tavsif bering. 
76. Sug‘urta sohasida aktuariy tushunchasi va uning faoliyati. 
77. O‘zbekistonda sug‘urta bozorini nazorat qiluvchi organ qanday vazifa va 
funksiyalarni bajaradi. 
78. Sug‘urta fondlari deganda nimani tushunasiz. Ular nima hisobidan shakllanadi 
va nima maqsadlarda foydalaniladi. 
79. Sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlari va sug‘urta operatsiyalari. 
80. O‘zbekiston sug‘urta bozorida chet el ishtirokida tashkil etilgan sug‘urta 
tashkilotlari va ularning faoliyati. 
81. Jamiyatda sug‘urta madaniyatini va aholining sug‘urta bozoriga bo‘lgan 
ishonchini oshirishga ta’sir etuvchi omillar. 
82. O‘zbekiston sug‘urta bozorida еtakchi sug‘urta tashkilotlarini sanab o‘ting. 
83. O‘zbekistonda hozirda qayta sug‘urtalash munosabatlari bo‘yicha sug‘urta 
tashkilotlari faoliyati. 
84. Chet mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy sug‘urtaning tutgan 
o‘rni. 
85. Sug‘urta faoliyatini tartibga solishda va uni rivojlantirishda qanday qarorlar
farmon va farmoyishlar mavjud. 
86. Sug‘urtada tarif stavkasi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari nimalardan 
iborat. 
87. Vositachilik haqi tushunchasi va uning belgilangan miqdorlari. 
88. Sug‘urta tashkilotlarida qanday harajat turlari yuzaga keladi. 
89. Sug‘urta tashkilotlarida investitsiya faoliyati deganda nimani tushunasiz. 
90. Ipoteka kreditlarida qanday risklar mavjud va ularni sug‘urtalash jarayoni. 
91. Sug‘urta bonusi haqida tushuncha va u qaysi hollarda beriladi. 
92. Sug‘urta sohasida anderrayter tushunchasi va uning faoliyati. 
93. Sug‘urta bozorida assistans kompaniyalar qanday vazifalarni bajaradi. 
94. Sug‘urta amaliyotida qanday holatlarda sug‘urta qoplamalari to‘lab berilmaydi 
va O‘zbekistonda qanday risklar sug‘urtaga olinmaydi. 
95. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida qanday risklar yuzaga va ularni 
sug‘urtalash zarurliligi. 
96. Sug‘urtada firibgarlik deganda nimani tushunasiz va bugungi kunda sug‘urta 
bozorida firibgarlik qaysi holatlarda namoyon bo‘lmoqda. 


19 
97. Bugungi kunda sug‘urta mahsulotlarini sotishni avtomatlashtirishda qanday 
texnologiyalardan 
foydalanilmoqda 
va 
sug‘urta 
kompaniyalari 
faoliyatini 
raqamlashtirishda qanday yangi texnologiyalar joriy etilmoqda. 
98. Sug‘urta tashklotining bosh ofisi va uning filiallari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar. 
99. O‘zbekistonda 
majburiy 
sug‘urtani 
amalga 
oshirishda 
sug‘urta 
kompaniyalariga nisbatan qanday talablar qo‘llaniladi. 
100. Sug‘urta tashkilotlarining to‘lov qobiliyati deganda nimani tushunasiz va uni 
oshirishga nimalar ta’sir ko‘rsatadi. 


20 

Download 448.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling