Moliya va soliqlar


Download 0.54 Mb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1631491
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari

-iste’mol fondi;
-jamg‘arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug‘urta to‘lovlari (badallari) kabi iqtisodiy instrumentlardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan o‘zining hissasini (o‘ziga tegishli bo‘lgan qismni) ajratib oladi.
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o‘rnini ko‘rsatish uchun JIMning o‘rniga YAIMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki ko‘rsatkichlar o‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Masalan, YAIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning o‘zida esa, JIMning tarkibi noishlab chiqarish xizmatlarisiz bo‘lib, ularning salmog‘i yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat jarajatlarining 1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning ko‘p qadamli ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, JIM ko‘rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bo‘lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini o‘zida to‘liqroq aks ettiradi.
Jami ijtimoiy mahsulot quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
Δ mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari);
Δ milliy daromad (ishchi kuchi va qo‘shimcha mahsulotning qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda shakllanadi.
Jamg‘arish fondi ikki qismdan iborat bo‘lib, uning bir qismi takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga mo‘ljallangandir.
Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat quyilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va sug‘urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik hollarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bo‘ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bo‘yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi.
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan subektlari (davlat bilan ham birgalikda) o‘rtasida ham juda alohidadir. Iste’molning darajasiga texnologiya darajasi, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning obro‘si va boshqa shu kabi ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Nazorat uchun savollar
 
1. Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda moliyaning ahamiyatini tushuntirib bering.
2. Istemol fondining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
3. Moliyaviy siyosatning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
4. Istemol fondining tarkibiy qismlarini sanab o‘ting.

E’tiboringiz uchun

E’tiboringiz uchun

rahmat!


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling