12-mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya


Download 50.5 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1411186
  1   2
Bog'liq
12 A.


12-MAVZU: O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH VA SAMARALI BOSHQARISH ASOSIDAGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA.
REJA:
1.Tabaqalashtirilgan darajadagi texnologiya: individual o’ziga xosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy rivojlanish darajasi, sog‘lomlik darajasi va b.
2.Individual ta’lim texnologiyasi: ta’lim har bir o‘quvchining qobiliyatlari bilan bog‘liqlikda olib boriladi.
3.Axborot texnologiyalari: ta’limiy va nazorat qiluvchi dasturlar.
4.Ta’limning jamoaviy va guruhiy texnologiyasi


Tayanch so‘zlar: Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi ,Individual ta’lim texnologiyasi, Axborot texnologiyalari, ta’limiy va nazorat qiluvchi dasturlar, ta’limning jamoaviy texnologiyasi, guruhiy texnologiyasi


SUQROT METODI
Suqrot metodi muammoning asl mohiyatini ochish, murakkab fikrlarni tushunib olish, shubhalarni qat’iy ishonchga aylan-tirish, mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, biladiganlarimizni bilmaydiganlarimizdan ajratib olish , muhokamani boshqarish yoki bildirilayotgan fikrlarning mantiqiy ketma-ketligini ta’minlash kabi keng qamrovli, turli yo‘nalishdagi maqsadlar yo‘lida ishlati-lishi mumkin. Ushbu metoddan foydalanishning afzalliklari, so‘roq usulining tarmoqlanganligi, fikrlashning asosiy jihatlarini to‘liq qamrab olganligi hamda muammolarni hal qilish asos-larini o‘zida mujassamlashtirganidadir.
O‘qituvchining Suqrot metodidan foydalanishdagi asosiy maq-sadi tinglovchining ma’lum ilm sohasidagi bilimini qanchali darajada chuqur ekanligini aniqlash, uning mushohada yuritishini tekshirish, muammoli holatlarni bartaraf etishda amaliy usullar-dan qanchalik foydalanayotganligini kuzatish hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar Suqrot metodidan asosan ikki maqsadda foydalanishadi:
– savol berish orqali tinglovchining ma’lum sohani yoki ma’lumotni qay darajada tushunganligini aniqlash, uning bilimini tekshirish;
– tinglovchilarda darsdan tashqari, kundalik hayotlarida so‘roqlash orqali muammoning asl mohiyatini ochishga o‘rgatish.
Suqrot metodi ta’lim da savol berishning qanchalik darajada muhim va kerakli ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu metod orqali o‘rganish usuli izchil tarmoqlangan hamda tartibga solinmagan bilimlar o‘rtasidagi farq oydinlashtiriladi. U bizga fikrlari-mizni yanada chuqurroq mushohada qilishni o‘rgatadi.
Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilar tomonidan Suqrot metodining quyidagi olti ko‘rinishidan foydalanish mumkin:
1. Tinglovchilarni o‘z fikrlarini aniqlashtirishga undash. Masa-
lan, «Bu bilan nima demoqchisiz?», «Shu masalada qo‘shimcha tarzda yana nimalar deya olasiz», kabi savollar orqali bildirilayotgan fikrni to‘ldirish, boyitishga undash mumkin.
2. Tinglovchilarni taxmin qilishga o‘rgatish. Bunda «Bu fikr har doim to‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi?», «Nega bu taxmin shu fikrga nisbatan o‘rinli deb o‘ylaysiz?» kabi savollar orqali gap ketayotgan
munozaradan tashqariga chiqib, tinglovchining muammoga yana boshqa taxminiy echimlarni qidirishga harakat qilishiga undashi mumkin.

  1. Bahsning asosini isbot tashkil etishini o‘rgatish. «Nimaga asoslanib shunday deyapsiz?», «Bu fikrga shubha bilan qarashingizga asos bormi?» kabi savollar tinglovchilarni o‘z bildirayotgan fikrlarini isbot bilan mustahkamlashga undaydi.

  2. Qarshi fikr mushohadasini hisobga olish. «Bu aksincha bo‘li-

shi ham mumkinmi?», «Kimda bu holatga qarama-qarshi bo‘lgan fikr bor?» kabi savollar orqali gap ketayotgan mavzu mazmuniga qarama-qarshi fikrlarni o‘rganish, yuzaga keltirish mumkin.

  1. Fikrlashda uzviylikni ta’minlash. «Agar... sodir bo‘lganda,

...qanday natija bilan tugagan bo‘lardi?», «… qanday qilib…gata‘sirko‘rsatishi mumkin?» kabi bir tushunchaning boshqa bir tushunchagata‘siretishi, uning mazmun-mohiyatini to‘liq o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ko‘rsatuvchi savollar fikrlashdagi uzviy-likni ta’minlaydi.

  1. Savolni so‘roqlashga o‘rgatish. «Nega bu savolni berdim deb o‘ylaysiz?», «nega men bergan bu savol shunchalik muhim?», «Savol-lardan qaysi biri ko‘proq foydali deb hisoblaysiz?» kabi berilayotgan savollarni mushohada qilishga undovchi savollar nafaqat savolning o‘zini yaxshiroq tushunib olishga, balki uning berilishi sabablarini ham tahlil qilishga o‘rgatadi.

Suqrot metodidan foydalanish izchil fikrlashning asosi hisoblanadi, chunki u bahslashilayotgan fikrni mushohada etishning barcha jihatlarini qamrab oladi. Suqrot metodining asosiy maqsadi haqiqatni topish uni yuzaga chiqarish bo‘lganligi sababli bu usulda o‘rganish sinchkov fikrlash usuli bilan bir xil. Har ikkala-si ham mavjud ma’lumotlarni kuzatish, rivojlantirish, qayta ishlash hamda qayta yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi. Ta’limda fikrlashga o‘rgatishning asosiy maqsadlari ham xuddi shunday
1. Berilgan jadval bo`yicha ta’lim texnologiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini tahlil qiling.

Individual ta’lim texnologiyasi

Axborot texnologiyalari



Ta’limning jamoaviy va guruhiy texnologiyasi






































Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling