Moliya va soliqlar
Download 0.54 Mb.
|
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subektlarning o‘zaro majburiyatlari bajarilishining o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini tekshirish hisoblanadi.
Moliya organlarining ko‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bo‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o‘zgaradi. Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo‘lgan moliya mexanizmi qo‘laniladi. Bu, eng avvalo, xo‘jalik yurituvchi subektlar va aholining byudjet tizimi, maqsadli fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va boshqalar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarga tegishlidir. Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi (amal qilishi) mumkin emas. Dunyo aholisining o‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy- texnika taraqqiyotining rivojlani va boshqa bir qancha omillar bilan “hayot kechirish”ni yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti bo‘lib qolmoqda. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling