Moliya va soliqlar


Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyaning o‘rni


Download 0.54 Mb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1631491
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari

3. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyaning o‘rni
Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda moliyaviy kapitalning konsentratsiyalashuviga (to‘planishiga) olib kelmoqda. Eng kambag‘al mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o‘zgarmasdan qolyapti.
Faqat qo‘shimcha mahsulotning konsentratsiyalashuv (to‘planish) joyi o‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda “cho‘kmoqda” va ularga kelgusida ham taqsimlashni o‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti.

Takror ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
-ishlab chiqarish;
-almashuv;
-taqsimlash;
-iste’mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo‘lib, hatto ularning birisiz takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo‘lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o‘rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita namoyon bo‘ladi.
Davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligidan (davlatning o‘z funksiyalarini bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib chiqiladigan bo‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bo‘ladi.

Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (o‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlarini tiklash uchun mo‘ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi siklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag‘lar)ning egasi va ishchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so‘ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o‘tadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o‘ziga tegishli bo‘lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo‘ladi:

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling