Moliya va uning asoslari


Download 84 Kb.
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi84 Kb.
#236504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya va bank tizimi

Ijtimoiy himoyalash ham moliyadan boshlanadi va u orqali amalga oshiriladi. Chunki, u avvalo pul orqali, pul fondlari vositasida bajariladi va u pul tufayli amalga oshiriladi. Ma`lumki, aholi qatlamida muhtoj qismlari ko`p, ya`ni etim bolalar, qariyalar, nogironlar, kamdaromadli oilalar shular jumlasidan bo`lib, ular o`z tirikchi-ligini yuritishni minimal darajada ta`minlashda ham doimo muhtoj bo`ladilar. Ijtimoiy himoyalash esa shularni moliyaviy ta`minlash, boshqacha aytganda, moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat yordamida amalga oshadi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni amalga oshirib boradi. Bunga yordamchi sifatida korxona, tashkilot, jamoalar ham shunday fondlar tashkil etadi va aholini ijtimoiy himoyalashda faol ishtirok etadi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar bundagi asosiy fondlar hisobiga kiradi.

Bundan tashqari ijtimoiy iste`mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bo`lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni sog`lomlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Bulardagi umumiylik ommaviy ijtimoiy kafolatlilikdadir. Inflyatsiya vaqtidagi kompensatsiyalar yoki zararlarni qisman qoplashga jalb etilgan fondlar ham shular jumlasiga kiradi.




Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling