Moliya va uning asoslari
Download 84 Kb.
|
Moliya va bank tizimi
Moliyaviy axborotlarning iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni baholashdagi o`rni katga. Bu moliyaviy yakunlar xususida o`z vaqtida xabarlar berib turish orqali amalga oshadi. Aytaylik, moliyaviy ko`rsatkichlar orqali ishlab chiqarishni kuzatish, moliyaviy fondlar holati bo`yicha xalq xo`jaligi sohalarining muvozanati, bir-birlariga monandligi kabilarni aniqlash imkoni tug`iladi.
Moliyaviy axborotda auditorlik xizmati ma`lum o`rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi. Chunki, auditorlik xizmati korxonalar, kompaniyalarning xo`jalik-moliyaviy faoliyatini tahlil etadi, ekspertizasini bajaradi, xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o`z vaqtida etkazib beradi. Ma`lumki, bunday xizmat moliyaviy boshqaruvda ahamiyatlidir. Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o`sish uchun xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslari-ning to`g`ri yo`nalishda bo`lishi va ularni samarali sarf-lash moliya faoliyatiga, uning vazifalari reallashuviga bogliq. Ko`rib chiqqanimizdek, takror ishlab chiqarish, iqtisodiy o`sish pul mablag`lari bilan ta`minlanishdan boshlanadi. Shu yo`lda moliya o`z vazifalarini bajarish bilan iqtisodiy va ijtimoiy o`zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo`jalik faoliyatini rag`batlantiradi. Bularni amalga oshirish moliyaviy vositalar tufayli yuz beradi. Bular qatoriga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya, foyda, aktsiya kursi, dividend, soliqlar, sug`urta xaqi, bank xaqi, dotatsiya, subsidiya, kompensatsiya kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy vositalar fondlarda shakllanib moliya resurslarini tashkil etadi. Ana shu resurslar orqali moliyaning ta`siri va harakati amalga oshadi. Aytaylik, amortizatsiya fondi va foy-daning bir qismi investitsiya uchun xizmat qiladi, bularning ko`payish rezervlari ishlab chiqarish quvvatlarini ko`paytirish rezervlari demakdir. Agarda bular etarli bo`lmasa, texnika, texnologiyaga sarf etish kamayadi va ishlab chiqarish o`sishi susayadi. Yoki dividendlarni olaylik. Bular yuqori bo`lsa, aktsiya chiqargan kompaniyalar ahvolining yaxshiligidan darak beradi, ularning moliyaviy holati yaxshi bo`lib, aktsiya kursi oshadi, qo`shimcha kapital kelishi, umuman iqtisodiy o`sish tezlashadi.
Bozor iqtisodiyotida, albatta, mikroresurslar asosiy o`rinni egallaydi. Bozorda erkin iqtasodiy faoliyat sharoitida albatta firma, kontsern, korporatsiya, birlashma, korxona kabilarning moliyasi asos bo`lib hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat moliyasi etakchi o`rinda bo`ladi. Iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish, moliya resurslarining tashkil topishi asosan uch usulda amalga oshadi: 1) o`zini-o`zi moliyalashtirish, 2) qarz olish (kredit), 3) zaruriy holatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish. Birinchi usulda pul mablag`lari, resurslari har bir iqtisodiy sub`ekt tomonidan o`z xisobiga shakllanadi. Ikkinchi usulda qarz olish hisobiga moliya resurslari tashkil topadi. Uchinchi usulda davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar hisobiga moliyalashtirish zaruriyati tug`ilishi bilan moliya resursi paydo bo`ladi va shu asosdagi sarmoyalar ishga solinadi. Bozor iqtisodiyoti talabi bo`yicha sarmoya va mablag`larning erkin harakati ta`minlanadi. Bu albatta moliya bozorining rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Moliya bozori milliy va xalqaro miqyosda bo`lib, bunda pul mab-lag`larining erkin harakati shakli tushuniladi. Har qanday bozor shakliga o`xshab, pul bozorining ham ob`ekt va sub`ektlari mavjuddir. Moliya bozorining ob`ektlari asosan qimmatbaho qog`ozlar, pul, qarz pul kabilardir. Aktsiya, obligatsiya, chek, veksel kabilar qimmatbaho qorozlar bozorining ob`ektini tashkil etsa, qarz pullar kredit bozorining ob`ekti hisoblanadi. Moliya bozorida pul egalari va ularga muhtojlar uning sub`ektlari hisoblanadi. Bularning o`rtasidagi bevosita munosabat va oldi-sotdi moliya bozorining mazmunini bildiradi. Bu jarayonda talab va taklif ta`siri hamda erkin baho asos bo`lib xizmat qiladi. Moliya bozori bo`sh pul mablag`larini jamg`aradi va ma`lum maqsadni mo`ljallagan holda ularni moliyaviy resurslarga aylantiradi. Bu aholi qo`lidagi harakatsiz yotgan pullarni ishga solishda ayniqsa qo`l keladi. Ka-pitalga aylangan pul mablag`larining tarmoqlar o`rtasi-dagi harakatini, ularning sohadan sohaga ko`chishini ta`-minlab, erkin ko`chib yurish, pul resurslaridan samarali foydalanishni ta`minlashda moliya bozorining ta`siri katta. Masalan, kompyuter sanoati tezlik bilan o`sib borar ekan, demak, buning uchun katta mablag` zaruriyati tug`iladi. Buning uchun bu sohaga keng miqyosda pul kapitali darkor. Metallurgiya kengaymasa, hatto qisqarib borsa bundagi pul kapitali erkin holda boshqa tarmoqqa, misolimizdagi kompyuter sanoatiga ko`chishi kerak. Chunki, bu erda talab yuqori, foyda katta, demak, baho ham yuqori, metallurgiya va shunga o`xshash tarmoqlarda esa talab kam, foyda nisbatan past. Bu moliya bozori orqali hal qilinadi. Pul sarmoyalari erkin holda, ya`ni oldi-sotdi tarzida eng zarur tarmoqlar tomon harakat qiladi, pul resurslari bilan ta`minlash normallashtirilib boriladi.
Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling