Moliya va uning asoslari


Davlat byudjetining asosiy xarajatlari strukturasi


Download 84 Kb.
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi84 Kb.
#236504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya va bank tizimi

Davlat byudjetining asosiy xarajatlari strukturasi
Byudjet kamomadi bu xarajatlarni qoplay olmasligi bilan bog`langan bo`lib, byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. Bunday ahvol ko`pincha qo`shimcha soliqlar kiritish, emissiyadan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish kabilarga olib keladi. Davlat byudjetining taqchillik holati salbiy holatga o`xshab ko`rinadi. Amalda hamma vaqt ham buni juda xavfli deb bo`lmaydi. Barcha mamlakatlar, hatgo eng rivojlangan mamlakatlar davlat byudjetida ham bunday axvolni uchratish mumkin. Gap taqchillik darajasida va uning xususiyatida-dir. Taqchillik juda katta va uni kamaytirishning iloji bo`lmasa, albatta bu iqtisodiy xavf turg`dirishi mum-kin. Shu bilan birga byudjet iste`mol yo`nalishida bo`lsa va uning kamomadi shu bilan bog`liq bo`lsa, bu ham xatarli. Agarda byudjet taqchilligi iqtisodiy taraqqiyot yo`nalishi bilan bog`liq bo`lib, ishlab chiqarish investitsiyasi yuqori darajada bo`lsa, buning qo`rqinchli tomoni yo`q. Chunki, bu xalq xo`jaligining istiqbolli tuzilishini yaratish, samaradorlikni oshirish va umuman, iqtisodiy o`sishni ko`zlagan xarajatlar bo`lib, bu o`zini tezda oqlashi mumkin.

Byudjetdagi muvozanatni ta`minlash va undagi taqchillikni qoplash asosan iqtisodiy rivojlanish, byudjet daromadlarini oshirish tufayli amalga oshiriladi.

Makromoliyaga bevosita davlat moliyasidan tashqari bir qancha fondlar kiradi. Ijtimoiy sug`urta, nafaqa, aholini ish bilan ta`minlash, yo`l qurilishi, tabiatni muhofaza etish, tarixiy yodgorliklarni saqlash, tadbirkorlarga, harbiylarga yordam berish, innovatsiya, korxonalarga yordam (sanatsiya) kabi fondlar shular jumlasidandir.

Bu xildagi moliya fondlarining umumiy xususiyatlari bozor va nobozor munosabatlari mavjudligidadir. Chunki, bunday moliya fondlari harakati, ya`ni ularning shakllanishi, ishlatilishi uchun tijoriy asosda yoki tekin xarajatni qoplash shartsiz amalga oshuvi xususiyatlidir. Aralash iqtisodiyotga xoslik bu fondlarda juda ochiq ifodalanadi.

Bular ichida sug`urta fondlari katta o`rin egallaydi. Ma`lumki, sug`urta moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad manbai sug`urtalangan aholi va xo`jaliklarning pul manbaidan iborat bo`lib, mahsulot qiymati taqsimotida bir qismini sug`urtaga ajratish tufayli pul fondi, sug`urta fondi paydo bo`ladi. Sug`urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va ishlatish kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi.

Sug`urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli asosida yuzaga keladi. Sug`urta ob`ekti xilma-xildir. Shunga ko`ra u ikkiga bo`linishi mumkin: mol-mulk sug`urtasi va ijtimoiy sug`urta. Mol-mulkka boylik turlarini sug`urtalash kirsa, ijtimoiy sug`urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi. Tadbirkorlik xavf-xatarini sug`urtalash ham paydo bo`lib, kengaymoqda.

Ijtimoiy sug`urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul resurslari ko`paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot hamda shaxsiy mablag`lar. Bular jamiyat a`zolarining mehnatga yaroqsiz, o`zini ta`minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiy sug`urta ham kengaymoqda. Bundan maqsad insonlar sog`lig`ini saqlash bo`lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy yordam berishni tashkil etish, sug`urtalanganlarning salomatligini ta`minlash bilan bog`iq xarajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug`urta fondi ham davlat, korxona, firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o`z xohishlari bilan ajratadigan pul mablag`laridan tarkib topadi.


Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling