"Moliya"fanidan
-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlari
Download 112.23 Kb.
|
206-guruh Turg\'unboyeva S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiyalar
- Respublika bo‘yicha jami 29 000 1 235,6
2022-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlari, mlrd so‘mda4
4-jadvalgako’ra2022-yildaipotekakreditlaribo‘yichasubsidiyalarajratishningmaqsadliko‘rsatkichlariviloyatlarkesimidaqaraydiganbo’lsakengkattako’rsatgichToshkentviloyati 3212 taajratilganbo’lib, engkamajratilganiesaXorazmviloyatiga 1000 tato’grikelmoqda. 2022-yildakvartiralarsotibolishvayakkatartibdagiuy-joylarqurishhamdarekonstruksiyaqilishuchunipotekakreditlariajratishningmaqsadliko‘rsatkichlargamuvofiq, 2022-yildaipotekakreditlaribo‘yichasubsidiyalarajratishningmaqsadliko‘rsatkichlari muvofiq, 2022-yiluchunbirqarzoluvchigaajratiladiganipotekakreditiningengko‘pmiqdorivadastlabkibadalningbirqisminiqoplashuchunqat’iybelgilangansubsidiyamiqdori muvofiqtasdiqlandi. Qoraqalpog'istonRespublikasiVazirlarKengashi, viloyatlarvaToshkentshaharhokimliklarigamahalliybudjetdaromadlariningoshiribbajarilganqismihisobidanushbuFarmonbilantegishlihududuchunbelgilanganipotekakreditlarivasubsidiyalarsoninioshirishgaruxsatberildi. Shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq: Ko’p qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo’yicha o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion g‘oliblariga lot qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berildi; 2022-yil 1-yanvardan boshlab pudrat tashkilotlariga davlat ro’yxatidan o’tkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni kredit ta’minoti sifatida garovga taqdim etishga ruxsat etildi; 2023-yil 1-yanvarga qadar: sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qo’llaniladi; “Yangi O’zbekiston” massivlarida, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarda va ularning bo‘sh turgan yer uchastkalarida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun sement hamda metall prokatini sotish bo‘yicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi; 2024-yil 1-yanvarga qadar ro’yxati ko’rsatilgan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari importida bojxona boji va utilizatsiya yig’imining nol stavkasi qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qarori bilan joriy etilgan xususiy pudrat tashkilotlarining tijorat banklaridan olgan kreditlari bo’yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tomonidan kafillik va kompensatsiya to’lash tartibi 2022-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilgan. Belgilab qo’yilsinki, kafillik va kompensatsiyalar Toshkent shahrida — 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda — 7 va undan yuqori, qishloq joylarda — 5 va undan yuqori qavatli uy-joy qurilishi uchun ajratilgan va bitta uy-joy uchun kreditning 10 milliard so’mdan ortiq bo’lmagan qismi bo’yicha beriladi. Bunda, kafillik va kompensatsiyalar qurilayotgan ko’p qavatli uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizi maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar tashkil etganda berildi. a) 2021-yilda ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida: subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomani olish bo’yicha arizalar 2021-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi va 2021-yil 25-dekabrgacha ko’rib chiqildi; subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi; subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomani olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2021-yil 10-dekabrga qadar amalda bo’lgan shartlar va miqdorlarda ajratildi; subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narxi 2021-yil uchun o’rnatilgan kvartira maydonining eng ko’p me’yori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o’z mablag’lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to’lanadi; b) 2022-yil uchun ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida arizalar 2021-yil 25-dekabrdan boshlab qabul qilindi. 2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida muvofiq 1 000 ta kvartira sotib olish choralarini ko‘rsin. Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq sotib olingan kvartiralar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar, nogironligi bo’lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga belgilangan tartibda ajratiladi. Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining 2022-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 4 000 ta kvartiradan iborat bo’lgan ko’p qavatli uy-joylar qurish va ushbu ishlar bo’yicha buyurtmachi etib “O’zshahar qurilish invest IK MChJni belgilash to’g’risidagi taklifi ma’qullanmoqda. Subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomalarni berish, uy-joy oldi-sotdisi va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish, uy-joyga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlandi. Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vazir omonidan nazorat qiib kelmoqda. Mamlakatimizdagitijoratbanklaritomonidanipotekakreditlariquyidagilarhisobidanberiladi.Yuqoridagilardanhamkoʻrishmumkinki,banklartomonidanbevositaipotekakreditlarinimoliyalashtirishyokiqaytamoliyalashtirishmaqsadidaipotekaqimmatliqogʻozlarimuomalasiyoʻlgaqoʻyilmagan. 2005-yilda ATB Oʻzuyjoyjamgʻarmabank va ATB Zaminbankning birlashuvi natijasida tashkil etilgan ATIB Ipotekabank faoliyatiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, faqat bir marta 2010 yilda korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarilgan 5 yildan soʻng 2015 yilda soʻndirilgan. Ipoteka obligatsiyalari birorta ham bank tomonidan muomalaga chiqarilmagan. Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan taʼminlangan majburiyati boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin. Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi. Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga ipoteka krediti olish uchun: - quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining; - uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak. Ushbu mablagʻlar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida boʻlishi mumkin. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash masalasi mam-lakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda respublikamizda aholini munosib uy-joy bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir vaqtda xorijiy mamlakatlarda keng qoʻllanilayotgan amaliyotlarni mamlakatimizda ham qoʻllash moliya bozori va koʻchmas mulk bozori rivojlanishida ahamiyat kasb etadi. Bunda yuqorida taʼkidlanganidek aholi boʻsh mablagʻlarini jalb qilish hisobi-ga qimmatli qogʻozlar bozori yangi segmenti yuzaga kelishiga erishiladi. Emitentlar faoliyatining kengayib borishi natijasida ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning xorijiy mamlakatlarda ham muomalada boʻlishi bugungi kunda koʻplab mamlakatlarda oddiy holatga aylandi. Bunda “moliya bozorining globallashuvi kuchayishi muhim tendensiyaga aylangan”. Hattoki, maʼlum bir mamlakat yoki kompaniyalar oʻz qimmatli qogʻozlarini xorijiy valyutada emissiya qilib mamlakat ichida emas balki xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotlari ham tez-tez kuzatilayotgan holatlardan biridir. “1980 yilgacha amerika moliya bozori AQSHdan tashqaridagi moliya bozoridan kattaroq edi, lekin oxirgi yillarda bu holat barham topgan”. Bunday amaliyot birinchi marta Amerika qoʻshma shtatlari emitentlari tomonidan oʻz qimmatli qogʻozlarini Yevropada joylashtirishda roʻy berganligi sababli xorijda xalqaro miqyosda joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlarga nisbatan yevroqogʻozlar tushunchasi qoʻllaniladi. Yevroqogʻozlar – xorijiy investorlar oʻrtasida joylashtirish maqsadida emitent uchun xorijiy valyutada chiqariladigan qimmatli qogʻozlardir. Yevroqogʻozlar muomalasi xalqaro darajada muomalada boʻlishi bois xalqaro qimmatli qogʻozlar deb ham yuritiladi. Yevroqogʻozlarning asosiy turlari quyidagilar: Yevroaksiyalar – kompaniyalar, umumiy holda transmilliy kompaniyalar, banklar, investitsion fondlarning ham milliy bozorda, ham boshqa mamlakatlar bozorlarida savdoga qoʻyiladigan aksiyalaridir. London, Singapur, Lyuksemburg yevroaksiyalar savdosi amalga oshiriladigan asosiy moliyaviy markazlar hisoblanadi. Investorlar turli mamlakatlardan sotib oluvchilar boʻlganligi uchun bitimlar mamlakatlar milliy valyutalarida tuzilishi mumkin. Yevroobligatsiyalar (ingl. eurobond) mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalardir. Bugungi kunga kelib yevroobligatsiyalar har qanday mamlakatda chiqarilishi mumkin va aksariyat holatlarda yevro yoki AQSH dollarida muomalaga chiqarilmoqda. Ularga misol sifatida yevrodollar obligatsiyalari, yevroiyen obligatsiyalarini keltirish mumkin. Yevroobligatsiyalar emitentlar nuqtai nazaridan davlat (suveren) yevroobligatsiyalari va korporativ yevroobligatsiyalarga boʻlinadi. Yevro deposit sertifikatlari-amerika banklari boʻlinmalari va shoʻba kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSH dollarida) chiqarilgan qimmatli qogʻozlar. Bunda depozit sertifikatlari bankda depozit joylashtirilganligi haqida maʼlumotnama hisoblanadi. Yevrodepozit sertifikatlari bozorida eng katta ulush Londonga toʻgʻri keladi. Yevrodollar depozit sertifikatlari asosan yirik institutsional investorlar uchun moʻljallab chiqariladi. Qisqa muddatli yevroqogʻozlar – seriyali tarzda chiqariladigan xalqaro darajada joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlardir. Bunda eng yirik emitentlar amerika transmilliy kompaniyalari hisoblanadi. Xorijiy moliya bozorlaridagi keskin yuqori darajadagi oʻsishga xorijiy mamlakatlarda, masalan Yaponiyada jamgʻarmalarning sezilarli darajada ortishi hamda moliya bozorlarida xorijiy investorlar ustidan davlat nazoratining bekor qilinishi ham sabab boʻlgan. Aynan keltirilgan ikki jihat koʻplab emitentlarning oʻz faoliyatlarini tashqi bozorlarda ham kengaytirishga imkon bergan. “Amerika korporatsiyalari va banklarining zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadida xalqaro kapital bozoriga chiqishi odatiy hol hisoblanadi. Oʻz navbatida amerikalik investorlar ham investitsion imkoniyatlarni xorijdan qidiradilar. Natijada xorijiy korporatsiyalar va banklar ham amerikalik investorlardan mablagʻ jalb qilishga intiladilar, xorijliklar esa AQSHda muhim investorlar sifatida faoliyat yuritadi. Xalvaro obligatsiyalar bozori va jahon fond bozorlaridagi bunday holat bizga moliya bozorining globallashuvi yuz berganligi va davom etayotganligini koʻrsatadi”pasport nusxasigacha talab qilinadi. Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish jarayonida yuristlar xizmatlari boʻyicha xarajatlar miqdori 600 mingdan 1 million AQSH dollarigacha tashkil etishi kuzatiladi. Anderrayterning oʻrtacha komissiya haqi esa odatda muomalaga chiqarilgan yevroobligatsiya Bugungi kunga kelib davlatlar tomonidan suveren obligatsiyalarni, yirik korporativ tuzilmalar tomonidan korporativ obligatsiyalarni xorijiy valyutada xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotining muntazam ravishda amalga oshirilib kelinayotganligi xalqaro obligatsiyalar bozori rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu oʻz navbatida emitentlarning xalqaro moliya bozoridan katta miqdorda kapital jalb qilish orqali zarur sohalarni rivojlantirishga imkon bermoqda. “Xalqaro obligatsiyalar bozorida xorijiy obligatsiyalar anʼanaviy instrumentlar hisoblanadi. Xorijiy obligatsiyalar xorijiy davlat tomonidan unga nisbatan xorijiy boʻlgan valyutada sotilgan obligatsiyalardir”. 37 Bunday obligatsiyalar yevroobligatsiyalar tushunchasi bilan ham qoʻllaniladi va bunga sabab birinchi maxsus xalqaro obligatsiyalar AQSH kompaniyalari tomonidan Yevropa fond birjalarida sotish uchun chiqarilganligi bilan izohlanadi. Yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarish maʼlum bir tayyorgarlik ishlarini va xarajatlarni talab qiladi. Lekin boshqa tomondan nisbatan past foizlarda uzoq muddatli yuqori miqdordagi moliyaviy resurslar jalb qilish imkonini beradi. Odatda yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng tarqalgan muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur kompaniyalar tomonidan muomalaga chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha boʻlgan muddat boʻyicha amal qiladi. Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, yevroobligatsiyalar bozoriga chiqish aniq dastur asosida tayyorgarlik koʻrish va emissiya qilish, chet eldan moliyaviy konsultantlar va anderrayterlar jalb qilish, xalqaro investorlar uchun taqdimotlar oʻtkazish, huquqiy xizmat uchun toʻlovlar va boshqalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yuqori miqdordagi xarajatlarni talab qiladi. Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish bilan shugʻullanuvchi dunyoga mashhur tashkilotchilar sifatida Deutche Bank, ABN Amro, CSFB, UBS, DrKW, Citigroup, J.P.Morgan kabilarni keltirish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar hukumati tomonidan yevroobligatsiyalar bozorini tartibga solishning biror bir mezoni oʻrnatilmaganligiga qaramasdan emitentlar odatda Xalqaro obligatsiyalar birlamchi bozori ishtirokchilari assosiatsiyasi Xalqaro qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi standartlari va talablari asosida boshqarib boriladi. Mazkur qimmatli qogʻozlarning asosiy savdo markazi tarixan London hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda yevroobligatsiyalar muomalasi Angliya moliya xizmatlari agentligi tomonidan ham tartibga solinadi va bu agentlik tegishli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha talablar bajarilishining qatʼiy nazoratini amalga oshiradi. Bunda xalqaro standartlar boʻyicha tuzilgan uch yillik ijobiy auditorlik hisoboti, S&P, Fitch, Moodyʻs va boshqa yetakchi agentliklarning kredit reytingi majburiy talablar sifatida belgilangan. Shuningdek, kompaniya egalari haqidagi axborotlarning toʻliq ochiqligi, qarz oluvchining asosiy aksiyadorlari umumiy summasining 0,5-0,7 foizini tashkil etadi. Yevroobligatsiyalar odatda London yoki Lyuksemburg fond birjalarida sotiladi. Lekin ular savdosining kattagina qismi birjadan tashqari bozorlar hissasiga toʻgʻri keladi. Moliyalashtirish manbasi sifatida yevroobligatsiyalarning ham oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud boʻlib, ular quyidagilar Yevroobligatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari afzalliklari: -jalb qilinadigan mablagʻ miqdorining yuqoriligi (muomalaga chiqarishning oʻrtacha qiymati – 300 million AQSH dollari) -muomala muddatining uzoqligi (3 yildan – 30 yilgacha) -foiz stavkalarining juda pastligi (yillik 5%) -taʼminot va garov boʻyicha talablarning mavjud emasligi Xalqaro miqyosda kredit tarixi yuzaga kelishi va kamchiliklari: -axborotlarni oshkor etish boʻyicha qarz oluvchiga nisbatan jiddiy talablarning mavjudligi -yevroobligatsiya muomalaga chiqarish jarayonining yuqori miqdorda xarajatlar talab qilishi -qimmatli qogʻozlarni tayyorlash va joylashtirishning koʻp vaqt talab qilishi (4-6 oy) -valyuta riskining yuzaga kelishi va boshqalar -davlat moliyaviy siyosati bilan bogʻliq risk Yuqori miqdordagi xarajatlar va koʻp vaqt talab qilishiga qaramasdan 500 million dollarlik yevroobligatsiyani 5 yil muddatga joylashtirish bugungi xalqaro amaliyotda oʻzini oqlamoqda. Bundan tashqari xalqaro bozorlarda IPO oʻtkazish uchun yaxshigina repititsiya vazifasini ham oʻtamoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xalqaro moliya bozorlaridan kapitalni jalb qilish masalalariga doir quyidagi xulosalar shakllantirildi: Birinchidan, xorijiy bank kreditlarini jalb qilish boʻyicha qoʻyilgan talablarning murakkabligini alohida qayd etib lozim. Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan korporativ tuzilmalarning aksariyati uchun moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini baholash uchun dunyoga mashhur auditorlik kompaniyalarini jalb qilish qimmatlik qiladi. Chunki eng yirik yuzta auditorlik kompaniyalari tahlil qilinganda ularning xizmat haqlari 2,8 million AQSH dollaridan 86,5 million AQSH dollarigacha ekanligini koʻrish mumkin Ikkinchidan, yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha ham xalqaro reyting agentliklarining kredit reytingi talab qilinishi, tashkiliy xarajatlarning yuqoriligi mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari korporativ obligatsiyalarining xalqaro darajada joylashtirilishiga toʻsqinlik qilmoqda. Bugungi kunga kelib xalqaro amaliyotda yirik korporativ tuzilmalar oʻz faoliyatlarini moliyalashtirish maqsadida milliy moliya bozori bilan bir vaqtda xalqaro moliya bozorlaridan ham kapital jalb qilishga intilmoqdalar. Bunda yuqorida koʻrib chiqqanimiz yevroobligatsiyalar bilan bir qatorda yevroaksiyalar, yaʼni xalqaro aksiyalar muomalasiga ham eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda quyida xalqaro aksiyalar va ular muomalasini tashkil etish masalalariga toʻxtalib oʻtamiz. Xalqaro aksiyalar bozoriga chiqish faoliyatni moliyalashtirish imkoni bilan birga quyidagilarda ham muhim ahamiyat kasb etadikompaniyalar aksiyalari birja listingiga kiradi va turli mamlakatlardagi xalqaro sindikatlarda sotiladi; - kompaniyalarning aksiyalari savdosi mamlakatdagi birja bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlardagi bitta yoki bir nechta birjalarda ham amalga oshiriladi; - xalqaro aksiyalar chiqarilishi xorijiy valyutada kapital jalb qilish imkonini beradi. Bunda ham aksiyalar milliy va xalqaro fond birjalarida listingdan oʻtadi. Aksiyalarning milliy fond birjalari bilan bir vaqtda xalqaro fond birjalarida ham listingdan oʻtish va savdosi yoʻlga qoʻyilishi depozitar tilxatlar orqali amalga oshiriladi. Aksiyalarning xalqaro bozorlarga chiqarilishi katta miqdorda kapital jalb qilishga imkon beradi, kompaniya nufuzining oshishiga xizmat qiladi. Xalqaro aksiyalarni muomalaga chiqarish ham oddiy aksiyalar birlamchi va ikkilamchi chiqarilishlar asosida amalga oshiriladi. Bunda birlamchi xalqaro aksiyalar muomalaga chiqarilishi natijasida kompaniya qoʻshimcha kapitalga ega boʻladi. Ikkilamchi chiqarilishida esa bevosita aksiyadorlar tarkibida oʻzgarishlar yuzaga keladi. Xalqaro aksiyalar chiqarilishi va muomalasini tashkil etish jarayoni yevroobligatsiyalar chiqarilishiga oʻxshash. Bunda ham anderrayterlar faoliyati muhim va ular aksiyalarni bevosita joylashtirishga masʼul hisoblanadi. Bundan tashqari xalqaro aksiyalar chiqarishdan oldin yetakchi reyting agentliklari va auditorlik tashkilotlaridan xulosalar olish ham oʻziga xos reklama vazifasini bajaradi. Shuningdek bunday aksiyalarni joylashtirishda xalqaro fond birjalarining listing talablarini chuqur oʻrganish asosida qaror qabul qilish talab etiladi. Chunki malum bir talablar oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlaridagi emitentlar uchun ogʻirlik qilishi mumkin. Xalqaro aksiyalar bozori xorijiy aksiyalar bozori va yevroaksiyalar bozoriga boʻlinadi. Xorijiy aksiyalar kompaniyalar tomonidan boshqa mamlakatlar fond bozorida joylashtiriladigan aksiyalardir. Xorijiy aksiyalarning afzalliklari va kamchiliklari quyidagi jadvalda keltirilgan Xorijiy aksiyalar afzalliklari va kamchiliklari va afzalliklari: -aksiyalar oldi-sotdisida valyuta konvertatsiyasini amalga oshirishga zarurat yoʻqoladi, valyuta riski kamayadi. Investorlar belgilangan soliqlar va chegaralashlardan qochadi. Siyosiy, iqtisodiy risklar, likvidlilik riski pasayadi. -mamlakatda xorijiy aksiyalarga nisbatan maʼlum tartib qoida belgilab qoʻyilishi. --xorijiy kompaniyalarga nisbatan aksiyalar miqdori, moliyaviy hisobotlar va boshqa jihatlar boʻyicha qatʼiy talablar belgilanishi. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda xalqaro aksiyalar bozori yetakchi va rivojlanayotgan bozorlarga boʻlinadi. Bunda yetakchi xalqaro aksiyalar bozoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Avstraliya kabilar kiritiladi va ularda aksiyalar savdosi rivojlangan tashkiliy va huquqiy tizimga, yuqori kapitallashuv darajasiga, birja orqali tashkillashtirilgan savdo hajmining keskin yuqoriligi kabilar bilan tavsiflanadi. 2017 yil holatiga koʻra aksiyalar boʻyicha kapitallashuv darajasi eng yuqori savdo maydonlari quyidagi rismda keltirilgan Rivojlanayotgan xalqaro aksiyalar bozoriga rivojlanayotgan davlatlar va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlari kiritilgan holda ular oʻsish surʼati yuqoriligi, risk darajasi yuqoriligi, kapitallashuv darajasining pastligi va huquqiy tartibga solish mexanizmining takomillashmaganligi, ayni paytda rivojlanishda ekanligi kabilar bilan tavsiflanadi. Jahondagi mashhur moliya institutlari tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro aksiyalar indekslari xalqaro aksiyalar bozori rivojlanish indikatorlari hisoblanadi. Dastlabki xalqaro fond indekslaridan biri EAFE Index (Yevropa, Avstraliya va Uzoq sharq fond indeksi) hisoblanib, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Gonkong, Shveysariya, Avstraliya, Italiya, Gollandiya, Malayziya, Avstriya va boshqa jami 21ta davlatdagi 2000dan ortiq kompaniyalar aksiyalari asosida aniqlanadi. Shuningdek xalqaro aksiyalar bozori indekslari sifatida Buyuk Britaniya aktuariylari instituti tomonidan ishlab chiqilgan FTW indeksi (The Financial Times World Index), GlobalIndex, SB-RGE kabilarni ham keltirish mumkin. Shuningdek, 1999 yildan DJGTIndex ham hisoblanib, dunyodagi 8 ta yirik fond bozorlariga ega davlatlar – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya va Gollandiyadagi 50 ta kompaniya asosida hisoblanadi. 1998 yil martdan AQSH fond bozorida savdo qilinadigan amerika depozitar tilxatlarining birinchi indeksi sifatida Bank of New York (Nyu-York banki) indeksi hisoblana boshlandi. Bu indeks real vaqt rejimida umumiy kapitallashuvi 3,1 trillion AQSH dollaridan ortiq boʻlgan 36ta mamlakatdan 431ta kompaniya maʼlumotlari asosida hisoblanadi. Aksiyalarni xalqaro fond bozorlarida joylashtirishda depozitar tilxatlar qoʻllanilishini yuqorida ham taʼkidlagan edik. Depozitar tilxatlar – ikkilamchi qimmatli qogʻozlar boʻlib, nominal qiymatga ega boʻlmagan qimmatli qogʻoz boʻlib, u taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlarning muayyan soniga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qogʻoz emitentidan depozitar tilxat oʻrniga taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlarning tegishli sonini olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlar bilan mustahkamlangan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi. Xalqaro aksiyalar bozorida qoʻllaniladigan depozitar tilxatlarning asosiy turlari quyidagilar: - amerika depozitar tilxatlari (ADR); - yevropa depozitar tilxatlari (YEDR); - global depozitar tilxatlari (GDR). Amerika depozitar tilxatlari – maʼlum bir miqdordagi amerika depozitar aksiyalariga egalikni tasdiqlovchi sertifikatdir. Yevropa depozitar tilxatlari Yevropa banklari tomonidan Yevropa ittifoqi mamlakatlaridan tashqarida joylashtirilgan kompaniyalar aksiyalariga egalik qilishni tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir. Global depozitar tilxatlar esa AQSH fond bozorlarida, shuningdek boshqa davlatlar fond bozorlarida taklif qilinadi va joylashtiriladi. Umumiy holda amerika depozitar tilxatlari va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish bosqichlari quyidagilar Amerika va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish bosqichlari birinchi bosqich-Emitentning oʻz mamlakati fond bozoriga aksiyalar chiqarishi, ikkinchi bosqich-Amerika fond bozorida xalqaro darajadagi vositachi orqali emitent aksiyalarini deponentlash, uchinchi bosqich-Deponentlangan aksiyalarni xalqaro darajadagi vositachi orqali AQSHda roʻyxatdan oʻtkazish, toʻrtinchi bosqich-Xalqaro darajadagi vositachi orqali deponentlangan aksiyalarga nisbatan amerika depozitar aksiyalarini emissiya qilish. Bunday aksiyalar amerika fond bozorlarida mustaqil muomalada boʻlmaydi.Beshinchi bosqich-Maʼlum miqdordagi amerika depozitar aksiyalari hisobiga amerika depozitar tilxatlari (ADR)ni chiqarish oltinchi bosqich-AQSH fond bozorida ADRlarni muomalaga kiritishyettinchi bosqich-Global depozitar tilxatlar (GDR) sifatida AQSHda roʻxatdan oʻtkazish. Bunday qimmatli qogʻozlar ADR-1, ADR-4 va taʼminlanmagan amerika depozitar tilxatlaridan yuzaga keladi. AQSHdan tashqari jahonning boshqa mamlakatlari fond bozorlarida muomalada boʻladi 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “alohida milliy korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini taʼminlash” kabi vazifalar belgilangan. Shu boisdan yuqorida keltirilgan xalqaro moliya bozori instrumentlari hisoblangan xalqaro qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish uchun jiddiy tayyorgarlik shart hisoblanadi. O’zbеkistоn mоliya bоzоrini jаhоn mоliya bоzоrigа intеgrаtsiyalаshuvi jаrаyonlаrini tеzlаshtirishdааyniqsа quyidаgilаrgааsоslаnish mаqsаdgа muvоfiq: - Еvrоpа Ittifоqining 1993 yil 10 mаy kunidа qаbul qilgаn Dirеktivаsigа; - Xаlqаrо o’ttizlik Guruhining 20 tаvsiyalаrigа; - ЕvrоОsiyo Iqtisоdiy Hаmjаmiyatigаа’zо-dаvlаtlаrning аmаldаgi qоnunchilik hujjаtlаri, Mustаqil Dаvlаtlаr Hаmdo’stligi ishtirоkchi-dаvlаtlаri PаrlаmеntlаrаrоАssаmblеyasining 2001 yil 24 nоyabrdа Sаnkt-Pеtеrburg shаhridа 18-7-sоnli Qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn, “Qimmаtli qоg’оzlаr bоzоri to’g’ridа”gi Mоdеlli qоnuni hаmdаАQSH, Gеrmаniya, Buyuk Britаniya, Kоrеya, YApоniya vа bоshqаmаmlаkаtlаri qimmаtli qоg’оzlаr bоzоrining fаоliyat ko’rsаtish mеxаnizmlаri vа tаrtiblаshtirilishi qismigаоid qоnunchilik hujjаtlаrigа; -milliy bаnk tizimi mоdеlini islоh qilish, bundа bаnklаrning оchiq mоliya bоzоrlаridаgi оpеrаtsiyalаrigа kаttа e’tibоr bеrish lоzim; -milliy sug’urtа tizmi mоdеlini islоh qilib invеstitsiоn vаemissiоn оpеrаtsiyalаrigа kаttаe’tibоr bеrish zаrur; -kоrpоrаtiv bоshqаruv siyosаti mоdеlini tаkоmillаshtirish lоzim, bundа minоritаr invеstоrlаrning xuquqlаrini himоyalаsh vа qоnuniy mаnfааtlаrini tа’minlаshgаkаttааhаmiyatbеrish lоzim; -mоliyaviy instrumеntlаr turlаrini ko’pаytirish hаmdа ulаr vа ulаrning bаzislаrining o’zаrо ekvivаlеntlilik dаrаjаsini tа’minlаsh; -mоliya bоzоri vа iqtisоdiyotning o’zаrо ekvivаlеntlilik dаrаjаsigа erishishi; -mоliya bоzоri emitеntlаrining emissiya, invеstitsiya, dаrоmаd stаvkаlаri siyosаtlаri (strаtеgiyalаri) оptimаl bаlаnsini tа’minlаnishigа kаttааhаmiyat bеrish zаrur; -muddаtli qimmаtli qоg’оzlаr (dеrivаtivlаr) bоzоrini kеskin shаkllаntirish zаrur; -kоllеktiv invеstоrlаrni kеskin ko’pаytirish; -оchiq vа shаffоf birlаmchi hаmdа dаvоmiy, muntаzаm, uzluksiz, shаffоf fаоliyat yurituvchi ikkilаmchi bоzоrni rivоjlаntirish lоzim; -mоliya bоzоri indikаtоrlаrining o’rtа muddаtdа hеch bo’lmаsа minimаl chеgаrаviy miqdоrlаrigа erishish; -mоliya bоzоridаgi fаоliyat risklаrini sаmаrаli bоshqаrishni tа’minlаsh; -mоliya bоzоri industriyasi sifаtini bоshqаrishning kоmplеks tizimini tuzish lоzim; -mоliya bоzоri mаkrоrеgulyatоrini tuzish mаqsаdgа muvоfiq; -mаmlаkаt vа krеdit rеytinglаrining yahshi ko’rsаtkichlаrigа erishish lоzim O’zbekiston moliya bozorini jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvi jarayonlarini tezlashtirishda ayniqsa quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq: -Evropa Ittifoqining 1993 yil 10 may kunida qabul qilingan Direktivasiga; -Хаlqaro o’ttizlik guruhining 20 tavsiyalariga; -ЕvroOsiyo Iqtisodiy Hamlamiyatiga a’zo davlatlarning amaldagi qonunchilik hujjatlari, Мustaqil Davlatlar Hamdo’stligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Аssambleyasining 2001 yil 24 noyabrda Sankt-Peterburg shahrida 18-7-sonli Qarori bilan tasdiqlangan, qarorga ko’ra “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Моdelli qonuni hamda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Коreya, Yaponiya vа boshqa mamlakatlari qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatish mexanizmlari va tartiblashtirilishi qismiga oid qonunchilik hujjatlariga ; -milliy bank tizimi modelini isloh qilish, bunda banklarning ochiq moliya bozorlaridagi operatsilariga katta e’tibor berish lozim; -milliy sug’urta tizimi modelini isloh qilib investitsion vа emission operatsiyalariga katta e’tibor berish zarur; -korparativ boshqaruv siyosati modelini takomillashtirish lozim, bunda minoritar investorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga katta ahamiyat berish lozim; -хususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish lozim; -moliyaviy instrumentlar turlarini ko’paytirish hamda ular va ularning bazislarining o’zaro ekvivalentlilik darajasini ta’minlash; -moliya bozori va iqtisodiyotning o’zaro ekvivalentlilik darajasiga erishishi; -moliya bozori emitentlarining emissiya, investitsiya, daromad stavkalari siyosatlari optimal balansini ta’minlanishiga katta ahamiyat berish zarur; -muddatli qimmatli qog’ozlar (derivativlar) bozorini keskin shakllantirish zarur; -kollektiv investorlarni keskin ko’paytirish; -оchiq va shaffof birlamchi hamda davomiy, muntazam, uzluksiz, shaffof faoliyatyurituvchi ikkilamchi bozorni rivojlantirish lozim; -moliya bozori indikatorlarining o’rta muddatda hech bo’lmasa minimal chegaraviy miqdorlariga erishish; Xulosa Qimmatli qog'ozlar bozori bajarishi lozim bo'lgan asosiy roli va funksiyalaridan biri bu investitsion resurslarni tarmoqlararo samarali qayta taqsimlash, investitsiyalarni korxonalarga oqimining maksimal imkoniyatini vujudga keltirish, jamg'armalarni investitsiyaga aylanishini rag'batlantiruvchi shartlarni ta'minlash xisoblanadi. O'zbekistonning korporativ qimmatli qog'ozlar bozori so'nggi yillarda baqoror o'sish tendentsiyasiga ega bo'lib kelmoqda. Fond bozori faoliyati zaruriy infratuzilma, professional qatnashchilar, muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan ta'minlanmoqda. Me'yoriy –xuquqiy bazalar tashkil etilgan, O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining miqdor va sifat ko'rsatkichlarining o'sish sur'atlari kuzatilmoqda. Biroq O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotda solmoqli o'rinni egallamayapti va o'ziga yuklatilgan funksiyalarni samarali bajarayotgani yo'q. Jaxon tajribasini taxlil etganimizda qimmatli qog'ozlarning iqtisodiyotda naqadar ahamiyatli o'rin tutishini va iqtisodiyot uchun uning bajaradigan vazifalari naqadar ahamiyatli ekanligini ko'rib o'tdik. O'zbekiston fond bozorining xozirgi xolatiga nazar tashlar ekanmiz, unda bozor xajmining kamligi, kapitalizatsiya darajasining pastligi va bozor o'zining funksiyasini qoniqarli darajada bajara olmayotganligining guvoxi bo'lmoqdamiz. Yuqoridagilarni jamlab, qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi roli va funksiyalarin oshirishda quyidagi muammolarni, keltirish mumkin:Birinchidan, Qimmatli qog'ozlar bozorining xajmi mamlakat yalpi ichki maxsulotiga nisbatan past ekanligi. “Qimmatliqog'ozlarbozorito'g'risida”giO'zbekistonRespublikasiQonuniningmuxokamasiolibborilmoqda. Xozirgikungakelibrespublikadaqimmatliqog'ozlarbozorinirivojlantirishvauningmilliyiqtisodiyotdagirolivafunksiyalarinisamaradorliginioshirishbo'yichaquyidagiumumiytakliflarniberishmumkin: Qimmatli qog'ozlar bozorida likvid moliyaviy instrumetlar sonini oshirish va investorlar uchun tanlash imkoniyatini vujudga keltirish. Jumladan, davlat qimmatli qog'ozlari soxasida ipoteka obligatsiyalarini muomalaga chiqarish. Bu obligatsiyalar axolini uy – joy bilan ta'minlashda muxim omil xisoblanib, xozirgi kunda mazkur muammoni shu yo'l bilan xal etish ijobiy samara bergan bo'lar edi. Korporativ qimmatli qog'ozlar bozorida aktivlarni sek'yuritizatsiyalash maqsadida xosilaviy qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish. Korxonalarda qo'shimcha mablag'larni jalb etishda qimmatli qog'ozlarning emissiyasidan keng foydalanish amaliyotini joriy etish. Xozirgi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari moliyaviy mablag'ga bo'lgan extiyojlarini asosan bank kreditlari xisobiga qondirmoqdalar. Vaxolanki, qo'shimcha mablag'ni qimmatli qog'ozlar vositasida jalb qilishning bir qator afzalliklari mavjud va bu xolat jaxon amaliyotida keng tus olgan bo'lib, xozirda qimmatli qog'ozlar orqali mablag' jalb qilish bank kreditlaridan ortib ketishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu xolat mamlaktimiz iqtisodiyotida qimmatli qog'ozlar bozorining rolini oshirishga turtki bo'ladi. Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtiruvchi institutlar faoliyatini rivojlantirish. Jumladan, dissertatsiyaning uchinchi bobida rivojlangan mamlakatlar tajribasida ko'rib o'tilgan yagona muvofiqlashtiruvchi organ faoliyatini yo'lga qo'yish. Bunda qonun me'yoriy xujjatlarni qabul qilish bo'yicha vakolatni avvlgi nazorat qiluvchi organlarda qoldirib, bozorning umumiy faoliyati ustidan nazoratni mazkur yagona organga taqdim etish. Undan tashqari O'zbekiston fond bozorida o'zini-o'zi boshqaruvchi tashkilotlar faolligini oshirish zarur. Ular faoliyatini o'z a'zolaridan badal yig'ish bilan cheklanmasdan, balki chet el tajribasidagi tashkilotlar kabi ishtirokchilarga maslaxatlar, rekomendatsiyalar berish, aniq muommoli masalarni echishda faol ishtirok etish, turli majlislar, forumlarda qatnashishlari zarurdir. Undan tashqari Markaz va O'BTlar o'rtasida aloqalarni yaxshilash, ya'ni muommolarni echishda birgalikda xarakatlarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Xozirgi kunda respublikada bunday tashkilotlardan Investitsiya muassaalari milliy uyushmasi va Banklar Assotsiatsiyasi faoliyat yuritmoqda. Ularni O'zbekistonda sonini o'sishi emas balki ish sifatini oshirishga intilish, ular folligini oshirish zarurdir. O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining milliy assotsiatsiyasi va O'zbekiston banklari assotsiatsiyasining qoshida moliya bozorining barcha ishtirokchlari uchun ochiq bo'lgan elektron ma'lumotlar bazasini tuzish. Bu mazkur bozorning shaffofligini ta'minlaydi va uning ishtirokchilari tomonidan qaror qabul qilish jarayonining operativligi ta'minlashga xizmat qiladi. Moliya bozorida faoliyat yurituvchi investorlarnig xuquq va manfaatlarini ximoyalovchi kodeksni ishlab chiqish. Amaldagi qonuniy xujjatlarga muvofiq ishlab chiqilishi mumkin bo'lgan mazkur xujjat investorlarning mazkur bozorga qiziqishlarini va undagi ishtiroki faolllashuvini ta'minlaydi. Bu shuningdek, O'zbekistonda yuqori darajada tashkillashgan moliya bozorining amal qilishini ta'minlashga erishish jarayonlarini tezlashtirishda ayniqsa muxim xisoblanadi. Yakunlovchi taklif sifatida yana yuqoridagi muammolarni xal qilish choralarini ishlab chiqish va muammolarni x'amda mazkur muammolar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida respublika miqyosida moliya bozorining turli segmentlaridan yuqori malakali kadrlardan iborat bo'lgan ishchi guruxning faoliyat yuritishini yo'lga qo'yish lozimligini ta'kidlash kerak. Shu bilan yuqorida keltirilganlarning barchasini inobatga olgan xolda ilmiy kontseptsiya ishlab chiqish va uning asosida milliy qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish zarur. Bunday strategiyani ishlab chiqishda O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori industriyasi shakllanishi va muammolarining makroiqtisodiy fundamental omillarni xisobga olgan xolda ob'ektiv amalga oshirilgan taxliliga asoslanish lozim. Bu omillar qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlanishini shakllantiradi.Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, dissertatsion ishda qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va uning bajaradigan funksiyasi naqadar dolzarbligi, uni tahlil etish predmeti, ob'ekti, usullari, xorijiy tajribada qo'llanilishi soxalari, O'zbekistonda mavjud muammolari va ularni hal etish yo'llari aniqlandi. Shunga ko'ra aniq iqtisodiy asoslangan takliflar berilib, ularni amaliyotga qo'llash mumkinligi e'tirof etildi. Download 112.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling