"Moliya"fanidan
-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar to‘lashningmaqsadli mo‘ljallari1
Download 112.23 Kb.
|
206-guruh Turg\'unboyeva S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich badallar (mlrd so‘m) kelgusida aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar
2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar to‘lashningmaqsadli mo‘ljallari1
1-jadvalga ko’ra yil davomida eng ko’p subsidiya ajratilgan viloyatlar ro’yxati shakllantiridi unga ko’ra Samarqand viloyatda 900 ta eng kam subsidiya Surxondaryo viloyatiga 500 ta subsidiyalar ajratildi. Jami ajratilgan subsidiyalar miqdori 800mlrdso’mnitashkilqilmoqda. 2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq ko‘p kvartirali uylarni qurish va subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallariga zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish bo‘yicha respublika komissiyasi taklifiga ko‘ra tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha ham qator islohotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda aholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida barcha hududlarda keng miqyosli ishlar davom ettirilayotganligini ham qayd etib oʻtish zarur. Mazkur amaliyotda tijorat banklari faol ishtirok etayotganligi, ipoteka kreditlari taqdim etilayotganligi barchamizga maʼlum. Jahon amaliyotida ipoteka kreditlash amaliyoti bilan bir vaqtda qimmatli qogʻozlari muomalasi ham keng doirada qoʻllaniladi. “Ipoteka-bu real aktiv bilan taʼminlangan uzoq muddatli kreditdir”. Kengroq taʼkidlaydigan boʻlsak,“Ipoteka‑majburiyatlarni koʻchmas mulk bilan taʼminlashning bir usuli boʻlib, bunda agar garovga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarmasa, garovga oluvchi oʻz talablarini garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk hisobidan qondirish huquqiga ega boʻladi”. Ipoteka krediti – banklar tomonidan koʻchmas mulk garovi asosida koʻchmas mulkni sotib olish yoki qurish uchun beriladigan uzoq muddatli kredit turidir. Bunda ipoteka krediti sotib olinayotgan koʻchmas mulk orqali beriladi va garov predmeti sifatida koʻchmas mulk amal qiladi. Ipoteka krediti boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilgach koʻchmas mulk ipoteka krediti oluvchining toʻliq egaligigiga oʻtadi. Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilishi mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi. Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida bir nechta muammolarga duch kelingan. Yaʼni “birinchidan, dastlabki vaqtdarda ipoteka miqdori jud past boʻlgan. Natijada koʻplab institutsional investorlar bunday kichik moliyaviy instrument ishlashni lozim tompagan. Ikkinchi muammo ikkilamchi bozorda ipoteka savdolari bilan bogʻliq boʻlib, bunda savdolarning standartlashtirilmaganligi salbiy taʼsir koʻrsatgan. Unda qoplash davrining, foiz stavkalarining, bitim shartlarining turlichaligi amal qilishi ipoteka bozori kengayishiga toʻsqinlik qilgan. Uchinchidan, ipoteka kreditlari xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan qimmatligi bilan ajralib turgan. Ipoteka kreditlariga xizmat koʻrsatishni korporativ obligatsiyalarga xizmat koʻrsatish bilan solishtirilganda bunga yaqqol guvoh boʻlish mumkin. Kreditor har oylik toʻlovni undirishi, mulk boʻyicha soliqlarni toʻlashi, sugʻurta mukofotlari toʻlab borishi va zaxira hisobi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi lozim. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha bunday emas. Va nihoyat, toʻrtinchidan, ipoteka boʻyicha noaniq toʻlovga qobiliyatsizlik riski mavjud. Investorlar ipoteka boʻyicha kredit oluvchini baholashga koʻp vaqtlarini sarflashni xohlamaydilar. Bu muammolar ipoteka qimmatli qogʻozlari, shuningdek sekyuritizatsiyalashgan ipoteka yuzaga kelishiga olib keldi”. Qimmatli qogʻozlari – bu, ipoteka amaliyotini moliyalashtirish maqsadida muomalaga chiqariladigan va uzoq muddatli ipoteka bilan taʼminlangan qimmatli qogʻozlardir. Bunda qimmatli qogʻozlari orqali jalb qilingan mablagʻlar qayta moliyalashtirish natijasida ipoteka kreditlari taqdim etiladi. Ipoteka qimmatli qogʻozlari turlari va ularning tavsifini quyidagi jadvalda keltiramiz 1.Garov qogʻozi (varaqasi, xati)- Egasi yozilgan va orderli qimmatli qogʻozlar belgilarini oʻzida jamlagan, uzatuv yozuvlari orqali cheksiz muomalada boʻlish xususiyatiga egaligi unga vekselning ayrim hossalarini beradigan emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir 2.Uy-joysertifikati- Uy-joy sertifikati uning birinchi egasi tomonidan muayyan uy joy maydoni va joyda qurilayotgan yoki qayta qurilayotgan uyda qurish uchun mablagʻ ajratilganligini tasdiqlovchi emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir 3.Ipoteka obligatsiyalari- Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti bilan taʼminlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozdir. 4.Ishtirok etish ipoteka sertifikati- Ipoteka taʼminoti umumiy mulkida oʻz egasining ulush huquqini tasdiqlovchi egasi yozilgan emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir Qimmatli qogʻozlari ichida eng keng qoʻllaniladigan qimmatli qogʻoz turibu ipoteka obligatsiyalaridir. Ipoteka obligatsiyalari muomalasi ipoteka kreditlari sekyuritizatsiyasi yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Bunday amaliyot bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagilarga imkon beradi: - aholi va tashkilotlarning boʻsh pul mablagʻlarini moliya bozoriga jalb qilish va daromadlilikni taʼminlash; - uyjoybozorini rivojlantirish asosida aholining uy-joyga talabini samarali qanoatlantirish; -fond bozorida savdo qilinadigan moliyaviy instrumentlar turlarini koʻpaytirish va hokazolar. Ipoteka obligatsiyalari muomalasi boʻyicha shartlar ipoteka kreditlari shartlari bilan oʻzaro muvofiqlikda belgilanishini ham shu oʻrinda qayd etib oʻtish lozim. Ipoteka - Bu real aktiv bilan taʼminlangan uzoq muddatli kreditdir. Kengroq taʼkidlaydigan boʻlsak, “Ipoteka – majburiyatlarni koʻchmas mulk bilan taʼminlashning bir usuli boʻlib, bunda agar garovga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarinibajarmasa, garovga oluvchi oʻz talablarini garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk hisobidan qondirish huquqiga ega boʻladi” Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilishi mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi.Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida bir nechta muammolarga duch kelingan. Download 112.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling