Молиявий натижалар аудити тайёрлашди: бр-96 гуруҳ талабалари Тошкент 2009


Download 7.4 Mb.
bet5/5
Sana28.10.2023
Hajmi7.4 Mb.
#1728760
1   2   3   4   5
Bog'liq
Real investitsiya va uning mazmuni

ISLOM KARIMOV
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor.
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga sazovordir. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46foiz ko‘p demakdir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, o‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning qariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablag‘lari tashkil etadi. Bu mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsiya faolligini rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan soliq siyosati qanchalik to‘g‘ri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. YAqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
sava_89@bk.ru
Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy fondga ega bo‘lgan jami 423 ta ob’yekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va to‘qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta ob’yekt ishga tushirildi.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ishlamoqdamiz. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari — 18,5 milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Dasturga kiritilishi mo‘ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Loyihalashtirish va qurilish ishlari boshlanayotgan inshootlarni quyidagi mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish ko‘zda tutilmoqda: kompaniya va korxonalarning o‘z mablag‘lari — umumiy hisobda 8,2 milliard dollar, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari — 2,5 milliard dollar, xorijiy investitsiya va kreditlar — 13,5 milliard dollar. Shunisi e’tiborga sazovorki, ushbu loyihalarning bir qismi bo‘yicha 2007—2008 yillarda qurilish ishlari boshlab yuborilgan, ba’zilarining qurilishini esa 2009 yilda boshlash ko‘zda tutilmoqda.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hisobidan yiliga 10,4 milliard dollarlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, yillik eksportni 6,5 milliard dollarga ko‘paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
Bugungi kundagi asosiy vazifa — har bir loyihani qisqa muddatlarda barcha manfaatdor tuzilmalar, birinchi navbatda, xorijiy investorlar bilan birgalikda batafsil ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha kelishuvlarni oxiriga yetkazish va 2009—2014 yillarga belgilangan strategik muhim dasturning qabul qilinishini tezlashtirishdir
Download 7.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling