Молиявий натижалар аудити тайёрлашди: бр-96 гуруҳ талабалари Тошкент 2009


Asosiy kapitalga investitsiyalarning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (%)


Download 7.4 Mb.
bet3/5
Sana28.10.2023
Hajmi7.4 Mb.
#1728760
1   2   3   4   5
Bog'liq
Real investitsiya va uning mazmuni

Asosiy kapitalga investitsiyalarning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (%).

07/I

08/I

Asosiy kapitalga investitsiyalar

100

100

Davlat mulki

42,1

23,5

Nodavlat mulki

57,9

76,5

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotning liberallashuvi investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatdi. Investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan mablag‘larning ulushi 2007 yil I кварталдаги 34,2 foizdan joriy yilning birinchi choragida 22,6 foizgacha qisqardi. Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan mablag‘larning ulushi 8,5 punktga, hukumat kafolati ostida olingan xorijiy kreditlar ulushi esa 0,6 punktga kamayib, hisobot davrida o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmiga nisbatan mos ravishda 8,9 % va 6,3 %ni tashkil etdi.
Joriy yilning birinchi choragi davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning Asosiy moliyalashtirish manbasi bo‘lib korxonalarning o‘z mablag‘lari xizmat qildi. Ularning umumiy investitsiyalardagi ulushi 10,8 punktga ortib, 54,3 foizni tashkil etdi
Kapital qo‘yilmalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibi (% hisobida).
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi.
Moliyalashtirish manbalari tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ijobiy tendensiyalar bilan o‘sishi yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar natijasida ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularning o‘sishini tezlashtirdi. Joriy yilning birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida 11,4 foizni tashkil etdi va 2007 yilning I чорагига nisbatan 1,4 punktga ortdi.
Joriy yilning yanvar-martida investitsiyalarning asosiy qismi iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini (sanoat, transport, aloqa) rivojlantirishga yo‘naltirildi, bu ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 72,6 foizgacha o‘sishiga zamin yaratdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 61,0 foizni tashkil etgan edi (2-jadval). Mazkur tarmoqlarning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish infrastrukturasining shakllanishini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Download 7.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling