Молиявий натижалар хисоби


Moliyaviy daromadlar va xarajatlar yuzasidan schyotlar


Download 170 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi170 Kb.
#1480999
1   2   3   4
Bog'liq
2. Молиявий натижалар хисоби

Moliyaviy daromadlar va xarajatlar yuzasidan schyotlar
korrespondensiyasi



Xo‘jalik muomalalari mazmuni

schyotlar koresp

debet

kredit


Royalti bo‘yicha daromadlar hisoblandi

4850

9510


Royalti daromadlarining kelib tushishi

5110

4850


Korxonada aksiyalar bo‘yicha divedend hisoblandi

4840

9520


Divedend summasi hisob raqamiga kelib tushdi

5110

4840


Berilgan qarzlar bo‘yicha foizlar hisoblandi

4830

9530


Korxonada foizlar bo‘yicha qarzlar summasi hisoblandi

9610

6920


Foiz to‘lovlari o‘tkazildi

6920

5110


Valyuta schyoti bo‘yicha musbat farq aks ettirildi

5210

9540


Valyuta schyoti bo‘yicha manfiy farq aks ettirildi

9620

5210


qimmatli qog‘ozlarni chiqarilish yuzasidan xarajatlar to‘landi

9630

5110

Favqulotda foyda va zararlar hisobi quyidagi schyotlarda aks ettriladi:
9710 -«Favqulodda foyda»
9720 -«Favqulodda zarar»
Favqulodda foyda va zararlar uchta mezonga muvofiq bo‘lishi lozim:

  • korxonaning odatdagi faoliyati bilan hech qanday aloqa bo‘lmasligi;

  • bir necha yil mobaynida takrorlanmaydigan bo‘lishi;

  • korxona rahbari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq bo‘lmasligi.

Favqulodda zararlarga tabiiy ofat natijasida zararlar, mol-mulkni majburiy tarzda olib qo‘yilishi, qonun yoki me’yoriy hujjatlarga asosan taqiqlashlar va boshqalar kiradi.
Korxonada tabiiy ofatlardan keyin inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan materiallar kamomadiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9720 «Favqulodda zararlar»
K-t 1010 «Xomashyo va materiallar»
Hisobot davri oxirida favqulodda zararlar «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi
D-t 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9720 «Favqulodda zararlar»


11.3. Foydani ishlatilishi hisobi va yakuniy moliyaviy natija
Korxonaning o‘z mablag‘lar manbasi tarkibiga foyda muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Chunki foyda manbasidan korxonaning soliq va boshqa soliqlar va yig‘imlar to‘lanadi. Korxonaning foydasidan byudjetga yil mobaynida avans shaklida to‘lab boriladi.
Foydadan to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan foydalaniladi:
9810 -«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»
9820 -«Foydadan to‘lanadigan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar»
Bu schyotlar tranzit hisoblanadi. Bu schyotlarning debet tomonida byudjetga hisoblangan soliq to‘lovlari va yig‘imlarini aks ettiradi. Hisobot davri oxirida bu xarajatlar ushbu schyot kreditidan chiqarilib 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tkaziladi. Korxonad foydadan byudjetga soliq to‘lovlari hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9810 «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»
K-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)»
Foydadan infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqning hisoblanishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9820 «Boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar»
K-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)»
Korxonada yakuniy moliyaviy natija deganda uning hisobot davri oxirida jami daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi tafovutga aytiladi. Moliyaviy natijani shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar 9900 «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida zararlar kredit tomonida foyda (daromad) summalari aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida 9900 schyot debet obort va kredit oborot summalari taqqoslanadi va moliyaviy natijasi aniqlanadi. Korxona moliviy natijadan foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. Foyda bilan yakunlanganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9900 «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)»
K-t 8710 «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
Agar korxona zarar bilan yakunlansa quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 8710 «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
K-t 9900 «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)»
Korxonada moliyaviy natijani aniqlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida»gi hisobotda aks ettiriladi.

Adabiyotlar:



  1. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuni». T.:,1996.

  2. «O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. № 8, T.,2000.

  3. O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi. T.: «O‘zbekiston», 1998.

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.nur.uz

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling