Молиявий натижалар хисоби


Download 310.5 Kb.
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi310.5 Kb.
#1780862
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing muhiti va uning tuzilmasi.

Aloqador auditoriyalar- bu firmaga qiziqish bildiruvchi va uning qo‘yilgan maqsadlariga erishish qobiliyatiga ta’sir etuvchi shaxslar yoki tashkilotlar guruhidir. Ular moliyaviy doiralar, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik bo‘lishi mumkin. Firma ularning e’tiborini har tomonlama jalb etishga harakat qilmog‘i lozim, chunki ular(banklar, aksionerlar) faoliyatga ijobiy ta’sir etishlari mumkin. Boshqalarga nisbatan firma ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularning diqqati qaratilgan obyektga aylanib qolmasligi kerak.
Firma va uning yetkazib beruvchilari, marketing vositalari, mijozlari va aloqador auditoriyalar yangi imkoniyatlarochuvchi yoki firmaga yangi xabarlar tahdid soluvchi ancha kengaytirilgan mikrosxema kuchlarning doirasida vazifalarni amalga oshiradi. Bu kuchlar o‘zlarida nazoratga bo‘ysunmaydigan omillarni aks ettiradi,firma uni ehtiyotlik bilan kuzatib borishi va e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur.
Ichki marketing muhiti – bu marketing xizmati va firmaning turli bo‘linmalari o‘rtasidagi marketing salohiyatiga va marketing maqsadlariga ta’sir qiluvchi munosabatlar yig‘indisidir.Ichki marketing muhitining shakllanishida faoliyat doirasi, umumiy maqsadlar, tashkilotdagi marketingning roli, uning funksiyalari, uni firma umumiy faoliyatiga qo‘shilib ketishini belgilab beruvchi yuqori rahbariyat qarori katta ahamiyat kasb etadi. Korxona (firma, kompaniya) ichki tuzilmasi esa ichki muhit, deb ataladi.
Boshqaruvni marketing xarakteriga ega tashkilotlarda yuqori rahbariyat va marketing xizmati ichki marketing muhitini tashkiliy madaniyatning bir qismi sifatida shakllantiradi vanazorat qiladi. Agar tashkilotning hamma bo‘limlari (moliyaviy xizmat, ITTKI, moddiytexnik tashkilot xizmati, ishlab chiqarish va hisob-kitob bo‘limlari) faoliyati marketing yondashuviga asoslangan va uning hamma ishchilari marketingga oid fikrlay olishga ega bo‘lsalar, bunda tashkilotning qulay marketing muhiti, uning marketing potensiali va uning iste’molchilarga yuqori xarid qiymatiga ega bo‘lgantovarlar yetkazib bera olish qobiliyatlariga egaligi haqida to‘xtalish mumkin.
Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim.
1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4)iste’molchilar
(bozor); 5) firma.
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita ta’sir etadi.
Ta’minotchilar – marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning funksiyasiga hamkor firmalarni zarur xomashyo va kerakli asbobuskunalar bilan ta’minlashdan iborat.
Raqobat– bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish (o‘tkazish)ning bozordagi eng yaxshi shart-sharoitlari uchun iqtisodiy raqobatchilik shakli.
Raqobatchilar– marketing obyekti sifatida samaraliyo‘llarni izlab raqobatda ilgarilab ketishni xohlab, ular ta’minotchilarni eng qulay va yaqinda joylashganini tanlashga urunadilar, vositachilardan foydalanishda ham eng maqbulini topadilar, iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilishga harakat qilib, yangi yangi tovar turlarini ishlab chiqadilar. Raqobatchi firmalarning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib o‘z
strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Tashqi marketing muhiti kompaniyauchun bozor imkoniyatlarini ham ochadi, o‘ziga bo‘lgan xavfni ham yo‘q qiladi. Quyidagilarni tashqi muhitdagi potensial imkoniyatlar, deb hisoblash mumkin:
– yangi bozorga yoki bozorning segmentlariga chiqish;
– ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish;
– vertikal integratsiyani amalga oshirish;
– raqobatlashuvchi firmalar orasida o‘zidan qoniqish;
– raqobatchilarning kuchsiz pozitsiyalari.
Quyidagilardan xavf kelib chiqishi mumkin:
– yangi raqobatchilarning paydo bo‘lish xavfi;
– o‘rin bosuvchi tovarlarsavdosining o‘sishi;
– bozor o‘sishining pasayishi;
– hukumatning ijobiy ta’sirko‘rsatmaydigan siyosati;
– ta’minotchilar ta’sirining o‘sib borayotgan darajasi;
– xaridorlar talablarining o‘zgarishi;
– noqulay demografik o‘zgarishlar.
Marketingning tashqi muhitida ochilayotgan imkoniyatlar tashkilot uchun uning raqobatda ustuvorlikka erishishida qulay sharoitlar yaratadi, shu bilan birga xavflar qo‘shimcha qiyinchiliklar va cheklovlar yaratadi.
Bozorga oid har bir imkoniyatni firmaning o‘z imkoniyatlariga mos kelish nuqtayi nazaridan baholash va ulardan qaysi biri firmaga to‘g‘ri kelishini aniqlash lozim. Kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari boshqalarga nisbatan bitta imkoniyatdan yaxshi foydalanishga imkon beradi. O‘tkazilgan tahlil firmaning marketingga oid imkoniyatlarini, aniq firma raqobat ustuvorligiga erishishi mumkin bo‘lgan marketing kuchlarini jalb etuvchi yo‘nalishlar sifatida aniqlashga imkon beradi. Shu tariqa marketing maqsadlari shakllanadi va bozorga nisbatan (bozorni qamrab olish strategiyasi, tovarni bozorda namoyish qilish strategiyasi), tovar assortimentiga (tovar portfeli strategiyasi), narxni shakllantirishga (“qaymog‘ini olish”, “yorib o‘tish” strategiyalari), savdo va tovar harakatlanishini tashkil etishga (to‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita savdo strategiyalari) va tovarlarni bozorga olib chiqish kabilarga nisbatan marketing strategiyalari belgilanadi. Firmaning ishlab chiqiladigan marketing strategiyalari kompleksi uning raqobat muhitidagi pozitsiyasini va talabning turli xil holatlarini hisobga olmog‘i lozim.


Adabiyotlar:


BAZAROVA FAYYOZA TO‘XTAMURADOVNA
MARKETING O‘quv qo‘llanma
Muharrir N.Artiqova
Badiiy muharrirM. Odilov
Kompyuterda sahifalovchi M. Saydalixo‘jayeva
Nashr. lits. AI №174. Bosishga ruxsat 25.12.2015-y.da berildi.
Bichimi 60x84 1/16. Ofset qog‘ozi №2.
«Times» garniturasi. Shartli b.t. 24,3. Nashr hisob t. 25,4.
Adadi 150 dona. 87-buyurtma.
Download 310.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling