Moliyaviy bozor va uning moliyaviy resurslardan samarali foydalanish


Korxonalarning asosiy va aylanma kapitali, ularni doiraviy aylanishi,tashkil bo`lish manbalari va foydalanish ko`rsatkichlari


Download 126.94 Kb.
bet6/9
Sana30.04.2023
Hajmi126.94 Kb.
#1416619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MOLIYAVIY BOZOR VA UNING MOLIYAVIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH

Korxonalarning asosiy va aylanma kapitali, ularni doiraviy aylanishi,tashkil bo`lish manbalari va foydalanish ko`rsatkichlari
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish ma`lum mikdor va tarkibdagi ishlab chiqarish vositalarini bulishligini takozo etadi.Ishlab chiqarish vositalari mexnat vositalari va mexnat predmetlariga bo`linadi.
Mexnat vositalari bir necha ishlab chiqarish jarayonida katnashib o`z qiymatini amortizatsiya shaklida har yili yetishtirilayotgan maxsulot (bajarilgan ish va xizmat) tannarxiga o`tkazadi. Ular jumlasiga bino, inshoot, kuch mashinalari va boshqalar kiradi. Mexnat predmetlari o`z qiymatini bir ishlab chiqarish jarayonida maxsulot (ish, xizmat) tannarxiga tulaligicha va bir yula utkazadi. Ular jumlasiga yokilgi, xom-ashyo,extiyot kism, pul mablag`lari va boshqalar kiradi. Xo`jaliklar amaliyotida mexnat vositalarini asosiy kapital (mexnat vositasi), mexnat predmetlarini aylanma kapital (aylanma mablag`lar) deb yuritiladi.
O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi 5-son «Asosiy vositalar» milliy andozasiga binoan «Asosiy vositalar – bu korxona o`zok vaqt davomida xo`jalik faoliyatini olib borishda maxsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar kursatish jarayonida yoki ma`muriy va ijtimoiy – madaniy funksiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlardir».
Hisob va hisobotda asosiy vositalar qo`yidagi belgilari bo`yicha guruxlanadi:

  1. Tayinlanishiga ko`ra.

  2. Foydalanishiga ko`ra.

  3. Natural - buyum shakliga ko`ra.

  4. Tegishliligiga ko`ra.

Asosiy va aylanma vositalar asosan xo`jaliklarni o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar, ta`sischilar hisobiga va ayrim xollarda budjet mablag`lari hisobiga shakllanadi.
Asosiy vositalardan foydalanishning samaradorligining asosiy ko`rsatkichlariga asosan qo`yidagilar kiradi:
1.
Bunda: YAM – yalpi maxsulot.
AIF – asosiy ishlab chiqarish vositalarining o`rtacha yillik qiymati.


Bu ko`rsatkich bir so`mlik asosiy ishlab chiqarish vositalari hisobiga yetishtiriladigan yalpi maxsulot xajmini bildiradi va u nisbatan oshib borsa asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshganligini bildiradi.

2.


Bu ko`rsatkich bir so`mlik yalpi maxsulot xajmiga tugri keladigan asosiy ishlab chiqarish vositalari so`mmasini bildiradi va uni pasayib borishi ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligini oshganligini ko`rsatadi.


3.

Bu ko`rsatkich bir so`mlik asosiy ishlab chiqarish vositalari hisobiga tugri keladigan sof foyda so`mmasini bildiradi. Bu ko`rsatkich taxlil etilayotgan davrlarda oshib borsa asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi.
Aylanma mablag`lar (kapital) bu korxonaning xom-ashyo, yokilgi, butlovchi kismlar, pul mablag`lari, ishchi kuchi va shu kabilarga sarflangan mablag`lari hisoblanadi.

  1. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarish aylanma mablag`lari va muomala aylanma mablag`lariga bo`linadi. Ishlab chiqarish aylanma mablag`lari ishlab chiqarish zaxiralari (vaqtincha foydalanishda bo`lmagan yem-xashak, urug`lik va boshqalar) va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan (ishlab chiqarishga berilgan moddiy ashyolar va boshqalar) mablag`larga bo`linadi. Muomala aylanma mablag`lari tayyor maxsulot, pul mablag`lari va hisoblashuvdagi mablag`larga bo`linadi. Bunga sotishga muljallangan tayyor maxsulot, xo`jalikni kassasi va banklardagi hisob varaklaridagi pul mablag`lari, sotilgan maxsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) lar uchun haridorlardan kelib tushmagan mablag`lar bo`yicha hisoblashuvlar kiradi.

  2. Aylanma mablag`lardan foydalanishning samaradorlik ko`rsatkichlariga asosan qo`yidagilar kiradi:

  3. Aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyenti


Bunda: S – maxsulot sotish xajmi
AMUK – aylanma mablag`larni o`rtacha koldigi.
Ushbu ko`rsatkichni oshib borishi xo`jalikda aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi oshayotganligini bildiradi.



  1. Aylanma mablag`larni aylanish davri (kun)


Ushbu ko`rsatkich qanchalik kamayib borsa, shunchalik aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi yuqori hisoblanadi.

Download 126.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling