Moliyaviy bozorda korporativ tuzilmalar


-  rasm. Korporatsiyalar va moliya bozori oʻrtasidagi pul oqimlari


Download 65.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.05.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1457649
1   2   3   4
Bog'liq
4-MAVZU

7- 
rasm. Korporatsiyalar va moliya bozori oʻrtasidagi pul oqimlari
 
 
Moliya bozori boshqa har qanday bozor kabi sotuvchi va xaridorni 
uchrashtirish joyi hisoblanadi. Moliya bozorida qarz majburiyatlarini ifodalovchi 
obligatsiyalar va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlar aksiyalar 
sotiladi va sotib olinadi. Lekin, sotiladigan qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil 
etish, sotuvchilari va xaridorlariga koʻra ham oʻzaro farqlanishi mumkin. 
Moliya bozorida qimmatli qogʻozlari bozori birlamchi va ikkilamchi boʻlishi 
mumkin. 
―Birlamchi bozor‖ atamasi davlat yoki korporatsiya tomonidan qimmatli 
qogʻozlarni birlamchi savdosini anglatadi. Ikkilamchi bozor esa dastlabki 
realizatsiyadan keyin moliyaviy instrumentlar qayta oldi-sotdi qilinadigan bozor 
hisoblanadi. Aksiyalar korporatsiyalar tomonidan muomalaga chiqariladi. Qarz 
munosabatli qimmatli qogʻozlar esa korporatsiyalardan tashqari davlat tomonidan 
ham emissiya qilinadi. 
Moliya bozori davlat tomonidan boshqaruv ob‘ekti boʻlib hisoblanadi. 
Boshqaruv ob‘ekti sifatida moliya bozori quyidagi parametrlarga koʻra tavsiflanadi: 
- bozor sigʻimi va kon‘yukturasi; 
- moliyaviy instrumentlar boʻyicha balanslashtirilgan talab va taklif; 
- qimmatli qogʻozlar realizatsiyasi shartlari; 
- qimmatli qogʻozlarning daromadliligi va moliyaviy risk darajasi. 
Moliya bozori sigʻimi tushunchasi aniq bir turdagi qimmatli qogʻozlar 
boʻyicha ularga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda mumkin boʻlgan yillik 
(oylik) savdo koʻlamini anglatadi. Moliya bozoridagi holat ijobiy va salbiy 
Активлар 
Aylanma 
aktivlar 
Uzoq muddatli 
aktivlar 

Davlat 
Moliya bozori 
(investorlar va 
kreditorlar) 
Aksiyalar 
Qisqa muddatli qarzlar 
Uzoq muddatli qarzlar 

Moliyaviy 
vositachilar 




holatlarga ajratiladi. Mamlakatimizda moliyaviy aktivlarga talab ularga boʻlgan 
taklifga nisbatan sezilarli darajada past. Moliya bozorida kon‘yukturaning oʻzgarishi 
moliyaviy instrumentlar bozor bahosi oʻzgarishida namoyon boʻladi. Moliya 
bozorining barqaror rivojlanishi moliyaviy aktivlarga talab va taklif oʻrtasidagi 
nisbatning toʻgʻri oʻrnatilishi, ya‘ni balanslilikni talab qiladi. Shunda moliyaviy 
instrumentlar barqaror va real baholarda sotiladi va sotib olinadi. 
Moliya bozorida ham talab va taklif doimiy ravishda oʻsib borishi lozim. Bu 
jihat moliyaviy aktivlarga boʻlgan talabning qanoatlantirilishi bilan bir vaqtning 
oʻzida taklif qilinadigan moliyaviy instrumentlarning bozorda erkin sotilishini 
ta‘minlaydi. Rivojlangan bozorda moliyaviy aktivlar koʻplab sanoat tovarlariga 
nisbatan aksariyat holatlarda yuqori likvidli hisoblanadi. Ularni qimmatli qogʻozlar 
kursi koʻtarilishi yoki pasayishiga qarab qulay sharoitdan foydalangan holda bir 
onda sotish yoki sotib olish mumkin. Shuning uchun moliya bozorining biror bir 
sub‘ekti qimmatli qogʻozlarni sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida (muddatli 
shartnomalar – opsionlar, fyucherslar vositasida) qatnashishi mumkin. Qimmatli 
qogʻozlarning daromadliligi va risk darajasi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik 
amal qiladi. Ya‘ni yuqori riskli qimmatli qogʻozlar (masalan yangi tashkil etilgan 
kompaniya aksiyalari) boʻyicha yuqori daromad ham taklif etiladi. 
Moliya bozori nisbatan mustaqil segmentlar tizimini oʻzida aks ettiradi. 
Masalan, korporativ qimmatli qogʻozlar bozori, davlat qarz majburiyatlari bozori, 
hosilaviy fond instrumentlari (hosilaviy qimmatli qogʻozlar yoki derivativlar) bozori 
va boshqalar. 
Qamroviga koʻra moliya bozorlarini xalqaro va ichki moliya bozorlariga 
boʻlish mumkin. Oʻz navbatida, ichki moliyaviy bozor moliyaviy markazlar (fond 
birjalari, yirik banklar, moliyaviy kompaniyalar va boshqalar)dan tashkil topgan 
regional bozorlarga ham boʻlinadi. Ayrim mamlakatlar regional moliya bozorlarida 
regional (munitsipal) majburiyatni ifodalovchi obligatsiyalar ham muomalada 
boʻlishi mumkin. 
Ichki moliya bozorlarda tovar sifatida quyidagilar namoyon boʻladi: 
- qimmatli qogʻozlar – emission va tijorat qimmatli qogʻozlari; 
- sugʻurta kompaniyalari, nodavlat pensiya fondlari va boshqa moliyaviy 
vositachilar qat‘iy majburiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi qimmatli qogʻozlar; 
- valuta qimmatliklari (xorijiy valutalar va xorijiy valutada aks ettirilgan 
qimmatli qogʻozlar); 
- qimmatbaho metallar va toshlar; 
- pullar (milliy banknotalar, depozit va jamgʻarma sertifikatlari). 
Moliya bozoridan korporativ guruhlar tomonidan jalb qilingan pul mablagʻlari 
quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 
- aksiyalarni birlamchi joylashtirishdan olinadigan pul mablagʻlari ta‘sis 
hujjatlarida koʻrsatilgan ustav kapitalini shakllantirish manbasi boʻlib xizmat qiladi; 
- aksiyalar qoʻshimcha emissiyasidan tushadigan pul mablagʻlari ustav 
kapitalini oshirishga yoʻnaltiriladi; 


- korporativ obligatsiyalarni sotishdan olinadigan pul mablagʻlari real 
aktivlar (kapital qoʻyilmalar)ni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin; 
- aksiyadorlik jamiyati emission daromadi qoʻshimcha kapitalni toʻldirish 
manbasi boʻlib xizmat qiladi; 
- tijorat veksellari hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlarda toʻlov vositasi 
sifatida ishtirok etadi. 
Umuman, moliyaviy bozorlar orqali korporatsiyalarning mablagʻlar jalb 
qilishi ularning moliyaviy barqarorligi va toʻlovga layoqatliligini oshiradi, 
shuningdek, iqtisodiy oʻsish uchun moliyaviy asos boʻlib xizmat qiladi. 

Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling