Moliyaviy firibgarlik Kirish
Download 32.58 Kb.
|
Moliyaviy firibgarlik1
Moliyaviy firibgarlik Kirish Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar Xulosa Foyadalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi(ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchiyoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin.«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagiiqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:aktsiyadorlik ja miyatlari;banklar va boshqa kredit tashkilotlari;sug’urta tashkilotlari;investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchiboshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari;manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari vaboshqa ijtimoiy fondlar;mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik vajismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqarifondlar;ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillikmoliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik xulosasiga egabo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishi-dan bo’yin tovlagan hisoblanadi.«Auditorlik fa oliyati to’ g’risida»gi qo nunning 10-moddasiga muvofiq majburiyauditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar oldingiyil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidano’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlikxulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliqorganlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini soliq organiga o’zvaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq organiga buning sababi ko’rsatilgantushuntirish xati taqdim etadi.Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliqorgani tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari esa majburiy auditorliktekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikkatortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kunichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtidato’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz undirib olinadi.Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishdanozod qilmaydi. Tayanch so’z va iboralar: firibgarlik, xato, jiddiy va jiddiy bo’lmagan xatolar, mas’ul yoki moddiy javobgar shaxslar, o’zlashtirishlar, o’g’irlik va kamomadlar, hujjatlarni soxtalashtirish, firibgarlikni yashirish, chalg’itishlar, auditorlik riski va muhimlik darajasi. Download 32.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling