Moliyaviy hisob fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U. Tulayev Tayyorladi: Sh. Tursunboyev


Mol yetkazib beruvchilar hamda pudratchilarga to`lanadigan schotlarning boshqa schotlar bilan aloqasi


Download 428.07 Kb.
bet2/8
Sana19.04.2023
Hajmi428.07 Kb.
#1366029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliyaviy hisob oraliq (2)

Mol yetkazib beruvchilar hamda pudratchilarga to`lanadigan schotlarning boshqa schotlar bilan aloqasi
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘naklar mol yetkazib beruvchi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘rtasida tuzilgan kontrakt yoki shartnomaga asosan beriladi. Ayrim hollarda ishlar qisman bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma bo‘lishi mumkin. Bunda to‘lov topshiriqnomasida qisman to‘lov yoki oldin to‘lov foizi ko‘rsatiladi.

Ushbu jadvalda biz mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning tovar-moddiy zahiralarlar va boshqa aktivlarni yetkazib berishlarini hamda ular oldidagi majburiyatlarmizni to`layotganmiz aks ettirilgan o`tkazmalarimizni ko`rishimiz mumkin Bu yerdagi dastlabki o`tkazmalarda mol yetkazib beruvchilarning bizga tovarlarni yetkazib berganligini biz esa ularni majburiyat sifatida tan olganimizni ko`rishimiz mumkin. Har qanday joyda majburiyat yuzaga kelgan ekan qachondir kelib ular oldidagi majburiyatlarimizni ado etishimiz lozim. So`ngi 2-ta buxgalteriya o`tkazmamizda esa mol yetkazib beruvchilardan bo`lgan qarzlarimizni bank hisob qaramimizdan pul o`tkazganimizni ko`rishimiz mumkin.
Mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga berilgan bo‘naklar scho‘tlarining tavsifi va boshqa scho‘tlar bilan aloqasi.
Eng avvalo bo`nak o`zi nima degan savolga to`xtaladigan bo`lsak:
Bo`nak – biz sotib olayotgan yoki kelajakda sotib olishimiz kerak bo`lgan narsalar yokida buxgalteriya tilida aytadigan bo`lsak aktivlar uchun ma`lum bir summaning oldindan to`lanadigan qismi hisoblanadi.
Shuni nazarda tutish kerak-ki, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan ulardan olinadigan TMZ, ular bajaradigan xizmatlar va ishlar uchun olib boriladigan hisob-kitoblar barcha hollarda taqdim etilgan schyotga muvofiq kamida 15% oldin to‘lov (bo‘nak o‘tkazish) amalga oshirilishi lozim. Buxgalteriyaning 21-sonli BHMS sida bo`naklar 43-sonli schotlarida aks ettirilgan
4310-«Tovar-moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar».
4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar»
4330-«Boshqa berilgan bo‘naklar».
Berilgan bo‘naklar summalari, hamda tovar, ish va xizmatlar qisman tayyor bo‘lganida amalga oshirilgan to‘lovlar
4310-«Tovar-moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar»,
4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» va
4330-«Boshqa berilgan bo‘naklar» schyotlarining debeti, bo‘yicha pul mablag‘larini oluvchi schyotlar (5110, 5210, 5510) bilan korrespondentsiyalangan holda aks ettiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha analitik hisob har bir debitor bo‘yicha alohida yuritiladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan avanslarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyalaridan namunalar keltiramiz:
1.1.2-jadval Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan olib boriladigan hisob kitoblarning sintetik hisobi esa 6-ASK jurnal-orderda yuritiladi. 6-ASK jurnal-order qo‘shimcha varaqalardan foydalanib, choraklik, yarim yillik yoki bir yilga ochiladi.


Mol yetkazib beruvchilardan olingan moddiy boyliklar, pudratchilardan qabul qilingan ish va xizmatlar bo‘yicha muomalalar 6-ASK jurnal-orderga ilova qilinadigan, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashuvlarga oid muomalalar reestrida, oy davomida ro‘yxatga olib boriladi.
Bu reestr har bir mol yetkazib beruvchi (pudratchi) uchun ochiladi.
Oy oxirida 6010-schyotning 6-a reestrdagi oborotlari jamlanib, har bir mol yetkazib beruvchi (pudratchi) uchun bittadan qator ajratilgan, 6-ASK jurnal-orderga o‘tkaziladi.
Shu sababli oyda bir marta sodir bo‘ladigan muomalalar reestrga yozilmasdan, dastlabki hujjatlarga asosan bevosita 6-ASK jurnal-orderda hisobga olinadi.
Har oy oxirida 6-ASK jurnal-orderda oborotlar va oy oxiriga qoldiqlar jamlab chiqiladi. So‘ngra 6-ASK jurnal-orderning jamlangan oborotlari boshqa jurnal orderlardagi korrespondentsiyalanuvchi schyotlarning oborotlari bilan taqqoslanib, yozuvlar to‘g‘riligi tasdiqlanadi.
Shundan so‘ng 6010 schyotning bir oylik jami kredit oboroti Bosh daftarning 6010- schyot ochilgan betidagi «Jami kredit oboroti» degan grafasiga o‘tkaziladi. So‘ngra debetlanuvchi schyotlar bo‘yicha ham yozib chiqiladi.

Download 428.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling