Moliyaviy hisob fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U. Tulayev Tayyorladi: Sh. Tursunboyev


Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish


Download 428.07 Kb.
bet4/8
Sana19.04.2023
Hajmi428.07 Kb.
#1366029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliyaviy hisob oraliq (2)

Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish.
Muddati kechiktirilgan majburiyatlar haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to‘lanadigan (bajariladigan) bo‘lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: a) qisqa (joriy) muddatlilari:
6210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar»
6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"

  1. “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar"

6250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha majburiyatlar»
6290“boshqa kechiktirilgan majburiyatlar " b)uzoq muddatlilari:
7210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar»
7220 "Mukofot (ustamalar)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"
7230 - "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"
7240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli muddatli kechiktirilgan majburiyatlar"
7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar"
7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar"
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, bilan hisob-kitoblarning analitik va sintetik hisobi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman bo‘lib, ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. Mablag‘larni turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Har bir schyot bir turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun belgilangandir.
Masalan: “Kassa” schyotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirim chiqimi hisob-kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi. Demak, schyotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi.
Nazorat ishlarida mablag‘lar harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi.
6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va
7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo‘yicha sintetik hisob registrlari ma’lumotlari hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo‘yicha auditor olingan materiallarning miqdorini va yuklarni qabul qilishning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini aniqlaydi.
Buning uchun mol yetkazib beruvchilarning puli to‘langan schyotlari va boshqa to‘lov hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari hamda omborxona hisobi kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.
7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyoti bo‘yicha yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo‘yicha alohida so‘nggi kirim qilingan partiya bahosi bo‘yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o‘rniga «N» harfi (fakturlanmagan) qo‘yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur.
Chunki keyingi oyda mol yetkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu yozuvlar mol yetkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan material-larni haqiqiy sotib olish bahosi bo‘yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o‘zida tuzatilishi (storno qilinishi) kerak.
Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan, turli debitorlar va kreditorlar bilan, mustaqil balansga ajralib chiqqan bo‘linmalar bilan, sho‘ba va tobe korxonalar bilan, ssudalar bo‘yicha banklar bilan, soliqlar va boshqa yig‘imlar bo‘yicha budjet bilan hamda budjetdan tashqari tashkilotlar bilan Shuningdek, da’volar bo‘yicha hisobkitoblarni o‘z ichiga oladi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob schyotlaridan foydalanadi.

Download 428.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling