Moliyaviy hisob fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U. Tulayev Tayyorladi: Sh. Tursunboyev
Download 428.07 Kb.
|
moliyaviy hisob oraliq (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- D.Eshboyeva D.Mamasodiqova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT MOLIYAVIY HISOB FANIDAN O`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U.Tulayev Tayyorladi: Sh.Tursunboyev D.Eshboyeva D.Mamasodiqova Qabul qilingan sana__________ Qo’llanilgan jarima (%)_______ Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hamda boshqa kreditorlik qarzlari hisobi. Reja:
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar scho‘tlari va bo‘naklar scho‘tlarining tavsifi va scho‘tlar bilan aloqasi. Kreditor qarz deganda qanday qarzlar tushuniladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning usullari. Xulosa. Mol yetkazib beruvchilar kimlar ? Qachon ular oldi berdi shartnomalar yuzaga keladi ? Ularning pudratchilardan qandey farqi bor ? biz xozirgi o`quv tadqiqot loyihamizda shular ustida izlanamiz. Mol yetkazib beruvchi- tovar yetkazib berish bilan shug`ullanuvchi xo`jalik yurituvchi subyekt sanaladi. Pudratchilar esa buyurtmachi bilan pudratchi o`rtasidagi shartnomaga asosan belgilangan to`lov uchun ma’lum xajmdagi ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko`rsatishni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Mol yetkazib beruvchilar bilan ulardan sotib olingan tovar-moddiy zahiralari bo‘yicha va pudratchilar bilan ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar bo‘yicha joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 6020-«Berilgan veksellar» schyoti 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zahiralar. Pudratchilarning xo‘jalik uchun bajargan qurilish-montaj ishlari, asosiy vositalarni tahmirlash va texnik xizmati ko‘rsatish va hokazolar summasiga moddiy boyliklarni yoki xarajatlarni hisobga oladigan tegishli schyotlar debeti bilan korrespondentsiyalangan holda kreditlanadi. Qishloq xo‘jalik korxonalarining mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz summalarini o‘tkazganda 6010-schyot debetlanadi va pul mablag‘lari yoki bank kreditlari schyotlari kreditlanadi. Faktura qilinmagan mollar uchun (schyot-faktura yoki boshqa hisoblashish hujjatlari bo‘lmagan taqdirda) 6010-schyot kelib tushgan mollarning ulgurji yoki shartnomada qiymati bo‘yicha kreditlanadi. Download 428.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling