Moliyaviy hisob fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U. Tulayev Tayyorladi: Sh. Tursunboyev
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning to’lov topshiriqnoma shakli va asosiy xususiyatlari
Download 428.07 Kb.
|
moliyaviy hisob oraliq (2)
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning to’lov topshiriqnoma shakli va asosiy xususiyatlari
To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisob varag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etgan to‘lov topshiriqnomalari bank tomonidan qabul qilinadi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, to‘lov topshiriqnomasi “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag‘iga joylashtiriladi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi. Mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to‘langan summa va sana ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi. Mablag‘larning yetarli bo‘lmagan qismi doirasida to‘lov topshiriqnomasi “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag‘iga joylashtiriladi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi. Mijoz tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari tegishli davlat soliq xizmati organining yozma ruxsati yoki elektron shakldagi murojaati asosidagina qaytarib olinishi mumkin. To‘lov topshiriqnomasining sanasi u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi. Mijoz pochta aloqasi tashkilotlariga va AT Xalq banki filiallariga pensiyalar, alimentlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan mablag‘lar bilan bog‘liq to‘lov topshiriqnomalariga barcha zarur hujjatlarni (ma’lumotnomalar, o‘tkazmalar ro‘yxati va boshqalar) taqdim etishi shart. Download 428.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling