Moliyaviy hisob fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U. Tulayev Tayyorladi: Sh. Tursunboyev


Download 428.07 Kb.
bet6/8
Sana19.04.2023
Hajmi428.07 Kb.
#1366029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliyaviy hisob oraliq (2)

Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi kerak.
Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi.
Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi kerak. Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak.
Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o‘sha muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi.
Bunda bir nechta analitik schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala bo‘yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi.
Hisobot davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va analitik schyotlarning ko‘rsatkichlari albatta solishtirib tekshirilishi kerak, chunki yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqlikni topish va to‘g‘rilash uchun muhimdir.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning usullari.
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’g`ri keladi.
Naqd pulsiz hisob - kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablag`larini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’g`risida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati to’g`risidagi, O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g`risidagi Qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston xududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob – kitoblarni uzluksiz bajarilishini ta’minlashga muljallangan.

Download 428.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling