Moliyaviy hisob fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U. Tulayev Tayyorladi: Sh. Tursunboyev
Download 428.07 Kb.
|
moliyaviy hisob oraliq (2)
Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi.
Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi. Analitik (tahliliy) hisob schyotlari esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi. Analitik hisob schyotlari miqdori u qo‘llanayotgan korxona, tashkilot va muassasaning iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida ekanligi, ularning faoliyati katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarni bir-biridan farqi va shu bilan birga ularni o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib o‘tamiz. Misol uchun “Yoqilg‘ilar schyoti”ni olaylik: Boshlang‘ich qoldig‘i 5000000 so‘m, oy davomida kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi 1456000 so‘m; Bu sotib olgan mahsulotimizning buxgalteriya o`tkazmasiga keladigan bo`lsak Debet: 1030 Kredit: 6010 Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi pulda ifodalangan, lekin “Yoqilg‘ilar” schyotida uning miqdori, assortimenti, bir birlik mahsulot bahosi ko‘rsatilmadi. Chunki, yuqorida sintetik schyotlarda mablag‘lar harakati faqat pulda hisobga olinishini ta’kidlagan edik. Xuddi shu masalamizni analitik schotlar orqali tahlil qiladigan bo`lsak biz mahsulot sotib olgan vaqtimizda yoqilg`ilarni o`z turlari bo`yicha joylash nazarda tutiladi. Bunda korxina ichki siyosatini yuritish maqsadida o`z buxgalteriyasida boshqa bir qancha schotlar yaratib olashi ta’qiqlanmaydi. Misol uchun “Yo`ilg`ilar schotini olaylik” Oy mobaynida mashinalar uchun ikki xil yoqilg`i sotib olindi. Buxgalteriya o`tkazmasi esa quyidagicha bo`ladi. Birinchi turdagi yoqilg`i uchun Debet 1031 Kredit 6010 Ikkinchi tutdagi yoqilg`i uchun esa Debet 1032 Kredit 6010 tarzida hisobga olindi. Ammo kredit qismida 1-ta schot ishtirok etaveradi. Chunki biz uchun barcha mahsulotlarni bir kishi yetkazib beradi. Ammo bizga mol yetkazib beruvchilarning o`z ichki buxgalteriyasida ham xoh analitik qilib xoh sintetik schotlar orqali yuritishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘larning har bir turining harakati alohida o‘rganilishi lozim, chunki ularni harakatini to‘g‘ri tashkil qilish birinchidan, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lsa, ikkinchidan ularning turlari bo‘yicha mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish uchun etarli ma’lumot olishdir. Analitik hisob yordamida mol-mulk va ularning manbalari turlari bo‘yicha o‘rganish uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida alohida yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. Download 428.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling