Moliyaviy hisob
Download 317.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy hisob
R
h = R n + O n bu erda: R h – haqiqiy xarajatlar; R n – normativ xarajatlar; O n – normadan chetlanishlar Normativlarning о‘zgarishi natijasida haqiqiy xarajatlar formulasi quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi:
bu erda: ∆R о‘z – о‘zgargan summa; ∆R chet – chetlanishlar summasi Xarajatlarning normativ usulini qо‘llash chetlanishlarni batafsil tahlil qilish imkoniyatini beradi. Masalan, har bir javobgarlik markazi uchun xarajat elemntlari (materiallar, mehnat, ustama xarajatlar) bо‘yicha chetlanishlarni aniqlash mumkin, sо‘ngra har bir xarajat elementlarini resurslar sraflanishi, bahosi bо‘yicha tahlil etish mumkin. Bunda buxgalter chetlanishlarni aniqlashda menejerga yordam beradi, menejer esa о‘z navbatida ularning sodir bо‘lish sabablari bо‘yicha zaruriy qarorlar qabul qiladi. Agar chetlanishlarning sababi tashqi omillar ta’sirida sodir bо‘lgan bо‘lsa, normativlarni qayta kо‘rib chiqish lozim bо‘ladi. kapital xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bо‘lishi maqsadga muvofiqdir: kapital investitsiyalar ob’ekti va turlari bо‘yicha haqiqiy bajarilgan ishlar xarajatlarini о‘z vaqtida, tо‘liq va ishonchli hisobga olish;
13 Пизенгольц М .З. О содержании управленческого учета // Бухгалтерский учет, октябрь, 2000. № 19. 84 с. 14 Hasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi: Darslik. – T.: Iqtisod va moliya, 2005. 72-73 b.
15
kapital investitsiyalarni dastlabki va yig‘ma hujjatlarda belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtirish; qо‘llanilayotgan me’yoriy va reja tannarxidan og‘ishlarni aniqlash; smeta qiymati va bajariladigan ishlarning haqiqiy tannarxi о‘rtasidagi farqlarni qayd etish hamda tahlil qilish; moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazorat qilish. iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va etarli ma’lumotlar bilan ta’minlash; chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; qurib bitkazilgan ob’ektlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash; uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan ishlab chiqarish va texnologiya dasturlarining qoplanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bо‘yicha pentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovap-moddiy zaxipalariga quyilgan kapital mablag‘larning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish. Demak, qurilishda xarajatlarni hisobga olishning asosiy yо‘nalishi bu sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish va ushbu faoliyatni amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlarni boshqapishdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, turli mulkchilik shakllarining paydo bо‘lishi, korxonalarning tashqi bozorga
chiqa boshlashi amaldagi buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling