Moliyaviy hisob


 Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi


Download 317.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana16.11.2021
Hajmi317.58 Kb.
#174972
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Moliyaviy hisob

3. Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi 

 

Asosiy  vositalar  balansga  kirim  qilinishida  dastlabki  (boshlang‘ich)  qiymati 

bо‘yicha  baholanadi.  Boshlang‘ich  qiymat  -  tо‘langan  va  qoplanmaydigan 

soliqlarni  (yig‘imlarni),  shuningdek  aktivni  undan  mо‘ljal  bо‘yicha  foydalanish 

uchun  ishchi  holatiga  keltirish  bilan  bevosita  bog‘liq  bо‘lgan  etkazib  berish  va 

montaj  qilish,  о‘rnatish,  ishga  tushirish  va  istalgan  boshqa  xarajatlarni  hisobga 

olgan  holda,  asosiy  vositalarni  tiklash  (qurish  va  qurib  bitkazish)  yoki  xarid  qilish 

bо‘yicha haqiqatda qilingan  xarajatlarning  qiymati.

16

 

Kapital 



qо‘yilmalar 

buxgalteriya 

hisobini 

tashkil 


etishda 

ichki 


foydalanuvchilar  uchun  moliyaviy  hisob  schyotlar  rejasini  ishlab  chiqish, 

buxgalteriya  hisobini  tashkiliy  asoslari  va  uslubiyotini,  xarajatlarining  kelib  chiqish 

joylari  va  javobgaplik  markazlari  bо‘yicha  tahlil  va  nazorat  qilinishi  resurslardan 

foydalanishda  me’yorlardan  chetga  chiqishlar  kabi  vaziyatlar  e’tiborga  olinishi 

kerak.  Ushbu  muammolar    ijobiy  hal  etilgandagina,  buxgalteriya  hisobining 

samaradorligi  va  boshqapishdagi о‘pni oshadi.  

Kapital  xarajatlarning  amalga  oshirilishi  va  tannarxini  hisoblash  bilan 

bog‘liq  muomalalarning  buxgalteriya  hisobi  O‘zbekiston  Respublikasi  21-son 

“Xо‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy-xо‘jalik  faoliyati  buxgalteriya 

hisobi  schyotlari  rejasi  va  ularni  qо‘llash  bо‘yicha  yо‘piqnoma”  buxgalteriya 

hisobi milliy  standartiga muvofiq quyidagi  schyotlarda amalga  oshiriladi: 

0810- “Tugallanmagan  qurilish”; 

0820- “Asosiy vositalarni  xarid qilish”; 

0830- “Nomoddiy aktivlarni  xarid qilish”; 

0840- “Asosiy podani tashkil qilish”; 

0850- “Yerni  obodonlashtirishga kapital  qо‘yilmalar”; 

0860-  “Moliyaviy  ijara  shartnomasi  bо‘yicha  olingan  asosiy  vositalarga 

kapital  qо‘yilmalar”; 

0890- “Boshqa kapital qо‘yilmalar”. 

Analitik  hisob  hap  bir  kapital  qо‘yilma,  xо‘jalik  shartnomasi  va  xarajat 

                                                 

16

 5-son BHM S “Asosiy  vositalar” (O’zR AV 20.01.2004 y. 1299-son bilan ro’yxatga olingan)  1§. 3-band.



 


elementlari  bо‘yicha  tashkil  qilinadi.  Aytib  о‘tilgan  ob’ektlar  foydalanishga  qabul 

qilingach  ularning  balans  qiymati  0100  “Asosiy  vositalarni  hisobga  oluvchi 

schyotlar”  va  0400  “Nomoddiy  aktivlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar”da  hisobga 

olinadi.   

Qurilishga  mо‘ljallangan  kapital  qо‘yilmalarning  buxgalteriya  hisobini 

tashkil  qilishning  xususiyatlarini  kо‘pib chiqamiz. 

0810  “Tugallanmagan  qurilish”  schyotida  (qurilish  pudrat  yoki  xо‘jalik 

usulida  amalga  oshirilishdan  qat’i  nazar)  kapital  qurilish  smetalari,  smeta-loyiha 

hisob-kitoblarida  va  titul  rо‘yxatlarida  keltirilgan  bino  va  inshootlarni  bappo  etish, 

uskunalar,  asboblar,  inventarlar  va  boshqa  jihozlarni  sotib  olish  bо‘yicha xarajatlar 

hisobga olinadi. 

Faoliyati  qurilish  va  qurilish  tashkilotlari  hisoblangan  qо‘shma  korxonalarda 

ishlarini  bajarilishida  xarajatlar  hisobini  tashkil  etish  O‘zbekiston  Respublikasi 

Adliya  Vazirligida  1999  yil  23  dekabpda  579  son  bilan  rо‘yxatdan  о‘tgan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Buxgalteriya  hisobining  “Kapital  qurilishga  oid  pudrat 

shartnomalari”  nomli  №17sonli  milliy  standarti,  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil 

15  oktabpdagi  444-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni 

ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish  tartibi  tо‘g‘risida”gi Nizom bilan  tartibga  solinadi. 

Qurilish-montaj  ishlari  tannarxi  iqtisodiy  kategoriya  bо‘lib,  qurilish 

tashkilotlari  ishlab  chiqarishida  va  buyurtmachiga  ob’ektni  topshirishda  aks 

ettiriladi. 

Pudrat shartnomasi bо‘yicha xarajatlarga  quyidagilar  kiradi: 

-  ushbu  pudrat  shartnomasi  bilan  bog‘liq  bо‘lgan,  xarajatlar  tarkibidagi 

Nizom asosida bevosita xarajatlar; 

-  pudrat  shartnomasi  bо‘yicha  umumiy  qurilish  faoliyatiga  tegishli  bо‘lgan 

va  pudrat  shartnomalari  bо‘yicha  taqsimlanishi  va  shartnoma  bahosiga  kо‘shilishi 

mumkin  bо‘lgan, xarajatlar  tarkibi  haqidagi  Nizom asosida bilvosita xarajatlar; 

-  qurilish  pudrati  shartnomalari  shartlari  bо‘yicha  buyurtmachi  tomonidan 

qoplanadigan  boshqa  xarajatlar.  Shaptnoma  shartlarida  ular  bо‘yicha  xarajatlarning 




qoplanishi  aytib  о‘tilgan.  Misol  uchun:  tajriba  -  konstruktorlik  ishlariga  xarajatlar. 

Pudrat  shartnomasi  bо‘yicha  faoliyatga  kiritilmaydigan  va  taqsimlanmaydigan 

xarajatlar  qurilish  pudrat  shartnomasi  buyicha  xarajatlardan  chiqarib  yuboriladi. 

(Masalan:  pudrat  shartnomasi  shartlarida  qoplash    qayd    etilmagan    ma’muriy  

xarajatlar,   tajriba  konstruktorlik  ishlari  xarajatlari,  sotish xarajatlari  va xokazo).

17

 



Qurilishning  pudrat  usulida  qurilish  ishlarining  butun  bosqichini  qurilish 

pudrati  shartnomasi  tuziladigan  pudrat  tashkiloti  bajaradi.  Mazkur  shartnoma 

pudratchi  shartnomada  belgilangan  muddatda  buyurtmachining  topshirig‘iga  kо‘ra 

muayyan  ob’ektni  qurish  yoki  boshqa  qurilish  ishini  bajarish  majburiyatini 

olishini,  buyurtmachi  esa  pudratchiga  ishni  bajarish  uchun  zarur  sharoitlarni 

yaratish,  uni  qabul  qilish  va  shartlashilgan  napxni  tо‘lash  majburiyatini  olishini 

nazarda  tutadi.  Qurilish  pudrat  shartnomasi  korxona,  bino,  inshoot  yoki  boshqa 

ob’ektni  qurish  yoki  rekonstruktsiya  qilish,  shuningdek  montaj  qilish,  ishga 

tushirish-sozlash  va  qurilayotgan  ob’ekt  bilan  uzluksiz  bog‘liq  bо‘lgan  boshqa 

ishlarni  bajarish uchun tuziladi. 

Agap  qurilish-montaj  ishlarini  bajarish  shartnomasi  bо‘yicha  ishlarni 

materialllar  bilan  ta’minlash  majburiyati  pudrat  tashkilotiga  yuklangan  bо‘lsa, 

buyurtmachi 

tomonidan 

pudrat 

(yordamchi  pudrat)  tashkilotiga  qurilish 

materialllarining  berilishi  soliq  solish  maqsadida  pealizatsiya  deb  tan  olinib, 

belgilangan  tartibda  qо‘shilgan  qiymat  solig‘i  solinadi.  Bunda  materialllarning 

etkazib 

berilishi 

alohida 

oldi-sotdi 

(etkazib 

berish) 


shartnomasi 

bilan 


rasmiylashtirilishi  shart.  Bu  holda  tovap-moddiy  boyliklarning  berilishi  Soliq 

Kodeksining  222-moddasiga  asosan  hisobvapaq-faktura  bilan  rasmiylashtiriladi  va 

oluvchi  tomonidan  moddiy  javobgap  shaxs  ishonchnomasiga  kо‘ra  amalga 

oshiriladi.   

Qurilishning  xо‘jalik  usuli  quruvchining  о‘z  kuchi  bilan,  pudrat  tashkilotlari 

jalb  etilmay  bajariladigan  qurilish-montaj  ishlarini  tashkil  etish  shaklidir.  Ya’ni 

xо‘jalik  usulida  qurilish-montaj  ishlari  buyurtmachisi  va  bajaruvchisi  birgina 

yuridik  shaxs  hisoblanadi.  Yangi  qurilish,  faoliyat  yurituvchi  ob’ektlarni 

                                                 

17

 17-son BHM S “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari”  23.10.1999y.  13,14 band.



 


kengaytirish,  rekonstruktsiya  qilish,  texnik  jihatdan  qayta  qurollantirish  va 

modernizatsiyalash  xо‘jalik  usuli  bilan  amalga  oshirilishi  mumkin. 

Qurilishning  xо‘jalik  usulida  tashkilotda  odatda  qurilish  paytida  qurilish 

bо‘linmasi  (kapital  qurilish  bо‘limi)  tuzilib,  u  qurilish  ishlarining  muayyan 

turlarini  bajaradi. 

Xо‘jalik  usuli  bilan  qurish  uchun  tashkilot  о‘z  ishlab  chiqarish  bazasini 

yaratadi,  qurilish  mashinalari  va  mexanizmlari,  asboblar  va  inventar  xarid  qiladi 

yoki  ijaraga  oladi,  qurilishni  qurilish  materialllari,  konstruktsiyalar  va  detallar, 

loyiha-smeta  hujjatlari,  ishchilar  va muhandis-texnik  kadplar bilan  ta’minlaydi. 

Xо‘jalik  usuli  bilan  qurilish-montaj  ishlari  bajarilishida  QQS  solinadigan 

aylanmalar  mavjud emas. 

O‘z  kuchi  va  о‘z  ehtiyojlari  uchun  qurilish-montaj  ishlari  bajarilishida 

foydalanilgan,  xarid  qilingan  moddiy-ishlab  chiqarish  zaxipalari  bо‘yicha  QQS 

summasini  korxona  hisobga  kiritmay  qurilish-montaj  ishlari  qiymatiga  hisobdan 

chiqaradi. 

Asosiy  vositalar  ob’ektlarini  qurish  va  ularni  foydalanishga  topshirish 

bо‘yicha umumiy  buxgalteriya  о‘tkazmalari  quyidagi  jadvalda  keltirilgan.   


Download 317.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling