Moliyaviy hisob va hisobot


Download 140.87 Kb.
bet2/12
Sana27.01.2023
Hajmi140.87 Kb.
#1133661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
23.07.2022 HISOBOT

Nomoddiy aktivlar hisobi
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar xuddi asosiy vositalar kabi ta'rifga ega, ya'ni, ular sub’ektlar tomonidan foydalanish uchun saqlanadi va uzoq muddat foydalanish uchun sotib olinadi.
Nomoddiy aktivlar — moddiy ko'rinishga ega bo'lmagan va foydali xizmat muddati bir yildan ortiq bo'lgan hamda ulardan bank xizmatlarini amalga oshirishda yoki ma'muriy maqsadlar uchun foydalanishga mo'ljallangan aktivlar hisoblanadi. Ular quyidagicha turkumlanadi: patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill, savdo markalari, kompyuter dasturiy ta'minotlari, litsenzi kabilardan iboratdir. Nomoddiy aktivlar bankga quyidagi manbalardan: sotib olish yo'li bilan; bank ichida yaratilishi yo'li bilan va tekinga olish yo'li bilan kirim qilinadi.
Banklarda nomoddiy aktivlami balansga qabul qilish jarayonida qabul qilish dalolatnomalari tuziladi va ulaming haqiqiy qiymati ko'rsatilib, quyidagi: dastlabki qiymati, tiklash qiymati, eskirish qiymati, balans qiymati bo'yicha hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishning asosiy qoidalari, ulaming balans qiymati va shu aktivlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan amortizatsiya usullarini, amortizatsiya hisoblash tartibini, shuningdek, balans qiymatining o'zgarishini hamda ulami hisobdan chiqarishdan ko'rilgan moliyaviy natijalar hisobini aniqlashdan iboratdir.
Nomoddiy aktivning o'zining ta’rifiga javob bersa, bank tomonidan kelajakda iqtisodiy samara olish ehtimoli mavjud bo'lganda va aktivning qiymatini ishonchli aniqlash mumkin bo'lsa, ushbu aktiv nomoddiy aktiv sifatida tan olinishi lozim. Bunda nomoddiy aktivlami barpo etish va sotib olish jarayonida quyidagi tamoyillami qo'llash maqsadga muvofiqdir:

  • sotib olishda - tannarx tamoyilini qo'llash;

  • foydalanish davridagi mutanosiblik tamoyilini qo'llash - bunda qilingan xarajatlar va bu xarajatlar evaziga olingan daromad bir vaqtda aks ettirilishi talab qilinadi;

  • muomaladan chiqim qilinayotganda daromadni e'tirof etish tamoyilini qo'llash, ya’ni. chiqim qilishda - olingan to'lov va hisobdan chiqqan aktivning balans qiymati o'rtasidagi farqqa teng bo'lgan foyda yoki zarar e'tirof etiladi.

Ushbu talab chetdan sotib olingan nomoddiy aktivlar bilan birga bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivlar uchun ham qo'llaniladi. Bank aktivlaridan unumli foydalanish muddati davomida mavjud bo'ladigan va kelajakda olinadigan iqtisodiy samara ehtimolini baholash lozim bo'ladi. Bunda nomoddiy aktivlardan kelgusida olinadigan iqtisodiy samara, bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida vujudga keladigan, xizmatlami sotishdan kelib tushadigan tushum va xarajatlami tejash hamda boshqa foydalami o'z ichiga olishi mumkin.
Agar nomoddiy aktiv, nomoddiy aktiv sifatida tan olishning ta’rifiga ham, mezonlariga ham javob bermasa, u holda ushbu modda bo'yicha xarajatlar ular qaysi davrga tegishli bo'lsa, shu davr xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Aktivlami nomoddiy aktiv sifatida ta'riflash imkoni bo'lmaganda, shu elementning muhimligidan kelib chiqib aniqlanadi. Ayrim hollarda nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatiga ega bo'lishi mumkin, shunga haramay, ma'lum xizmat muddati yoki amal qilish muddatiga ega bo'lmagan nomoddiy aktivning qiymati asosli taxmin qilingan muddatda amortizatsiya qilinadi.
Sotib olingan nomoddiy aktivlar boshlang'ich qiymati bo'yicha baholanib, ulaming analitik hisobi har bir nomoddiy aktiv bo'yicha ochilgan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi va amaldagi me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi24. Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivlar balansda haqiqiy tannarxi bo'yicha aks ettiriladi. Bepul olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda haqiqiy qiymati bo'yicha aks ettiriladi.
Bepul olingan nomoddiy aktivlaming qiymati, qonunchilikka muvofiq baholash bilan shug'ullanuvchi ekspertlar tomonidan yoki qabul qilish-topshirish dololatnomalari bo'yicha aniqlanadi. Agar sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymatini bank oldindan to'liq yoki qisman to'lab berigan taqdirda buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag'i,
Kt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar” hisobvarag'i,
Aktivlar kelib tushganda esa,
Dt 16601- “Nomoddiy aktivlar” hisobvarag'i,
Kt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag'i.
Agar bank tomonidan to'lov nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin amalga oshirgan bo'lsa, u holda, buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:

    1. aktivlaming kelib tushishi va balansda aks etirilishiga, Dt16601- “Nomoddiy aktivlar” hisobvarag'i,

Kt 29802- “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag'i.

    1. aktivlaming qiymati to'langanda esa,

Dt 29802- “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag'i,
Kt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar” hisobvarag'i.
Agar banklar nomoddiy aktivlami bepul olganda taqdirda, bepul olingan nomoddiy aktivlaming haqiqiy qiymati buxgalteriya hisobida quyidacha rasmiylashtiriladi:
Dt 16601- “Nomoddiy aktivlar” hisobvarag'i,
Kt 30905- “Tekinga olingan mulklar” hisobvarag'i.
Shuningdek, HamkorBank ATBda foydalanishda bo'lgan nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobida quyidagicha bank xarajatlariga o'tkazib boriladi:
Dt 56618- “Nomoddiy aktivlaming eskirish summasi” hisobvarag'i,
Kt 16605- “Nomoddiy aktivlaming yig'ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i.
HamkorBank ATBda nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda balansdan chiqariladi: to'liq eskirganda; sotilganda; tekinga berilganda; fors-major holatlarda. Ulami hisobdan chiqarishda qoldiq qiymati quyidagicha aniqlanadi:
jam g'arilgan eskirish summasi;
Dt 16605- “Nomoddiy aktivlaming yig'ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i, Kt 16601- “Nomoddiy aktivlar” hisobvarag'i.
ushbu nomoddiy aktiv bo'yicha 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” - hisobvaraqdagi qoldiq summasi:
Dt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag'i,
Kt 31203- “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag'i. Agar hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar sotilganda esa,
xaridor tomonidan to'lov amalga oshirilgan holda:
Dt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag'i, Kt 16601- “Nomoddiy aktivlar” hisobvarag'i.
to'lov kelib tushganda: a) agar nomoddiy aktivlaming sotish bahosi qoldiq qiymatidan yuqori bo'lsa:
Dt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar” hisobvarag'i,
Kt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag'I Kt 45913- “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” hisobvarag'i.


Investitsiyalar hisobi

Download 140.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling