Moliyaviy hisob va hisobot
Nomi 2021-yilda o‘zlashtirish prognozi
Download 140.87 Kb.
|
23.07.2022 HISOBOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023-yilda o‘zlashtirish prognozi shundan
- Materiallar hisobi
Materiallar hisobi Material zaxiralariga bank xizmatlarini amalga oshirish jarayonida qatnashuvchi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi. Ulardan xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladi va o‘z qiymatini to’la ravishda ko'rsatilgan xizmatlar tannarxiga o'tkazib boradi. Ushbu material zahiralar (kam baholi va tez eskiruvchi buyular)ning buxgalteriya hisobi amaldagi qonuniy va me'yoriy hujjatlarga muvofiq tegishli hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu qonuniy va me'yoriy hujjatlardagi talablarga muvofiq, material zahiralar - bu bank faoliyatida foydalaniladigan va foydalanish jarayonida quyidagi mezonlardan birortasiga javob bera oladigan moddiy aktivlardan tashkil topadi: xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lmagan; xizmat muddatidan qat'iy nazar, bir donasining narxi O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan (sotib olish vaqtidagi) eng kam ish haqining ellik baravarigacha qiymatga ega bo’lgan buyumlardir. Banklarda material zahiralar xizmat qilish muddati va qiymatidan qat'iy nazar quyidagicha turkumlanadi: maxsus asboblar va moslamalar; maxsus va sanitar kiyimlar hamda maxsus poyafzallar; yotoq jihozlari; yozuv-chizuv mollari; oshxona va ovqatlanish xonasi inventarlari, shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari; qurilish-ta'mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar); foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashish asbob-uskunalari va boshqa buyumlar va boshqalar. Banklarda material zahiralar quyidagilardan eng kam qiymati bo'yicha baholanadi: dastlabki qiymat - materiallami sotib olish, qayta ishlash va uni foydalanish holatiga keltirish bilan bog’liq jami xarajatlar summasidir; haqiqiy qiymat - o'zaro aloqador bo’lmagan va umumiy shartlarda bitimni amalga oshirishni hohlovchi bohabar tomonlar o'rtasida aktivni almashtirish yoki majburiyatni qoplash uchun kelishilgan summasidir; sof sotish qiymati - oddiy ish faoliyati davomidagi bitim tuzish va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hamda hisoblangan xarajatlar chegirib tashlangan so'nggi sotish bahosidir. Sof sotish qiymati bank tomonidan oddiy hollarda material zahiralami sotishdan olinishi kutilayotgan sof summani anglatadi. Material zahiralaming sof sotish qiymati haqqoniy qiymatdan sotish xarajatlarini ayirib tashlangan keyingi qiymatidan farq qiladi. Material zahiralar haqiqatdagi yoki sof sotish qiymatlarining eng kam miqdori bilan baholanadi. Ulaming haqiqatdagi qiymati sotib olish va qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlami hamda foydalanish holatiga keltirish bilan bog'liq xarajatlardan iboratdir. Banklarda material zahiralaming buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi asosiy vazifalami bajarish lozim: material zahiralarining saqlanishi ustidan nazorat o'matish; ombordagi mavjud material zahiralaming belgilangan me'yoridan oshmayotganligini nazorat qilish; material zahiralaming kelib tushishi va sarflanishi bilan bog'liq operatsiyalami dastlabki hujjatlarda tog'ri rasmiylashtirish; xizmat ko'rsatishga sarflanayotgan material zahiralaming belgilangan me'yorlariga amal qilishini va taqsimlanishini nazorat qilish; material zahiralami inventarizatsiya qilish tartibini tashkil qilishdan iboratdir. Material zahiralami sotib olish xarajatlari xarid narxi, import bojlari va boshqa to'lovlar, tashish, qayta ishlash va sotib olish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlardan iborat bo'ladi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va boshqa shunga o'xshash xarajatlar sotib olish xarajatlarini aniqlayotganda chiqarib tashlanadi. Masalan: Deylik, tijorat banki jami -500000 so'mlik 200 dona yozuv papkalarini (donasi 2500 so'm) savdo do'konidan sotib oldi va sotib olish vaqtida sotuvchi umumiy summadan 3% chegirma berdi hamda ushbu yozuv papkalarini keltirish uchun 5000 so'mlik transport xarajatlari sarflandi. Demak, yozuv papkalarining jami qiymati (200 x 2500 so'm = 500000 so'mni, chegirma 500000 x 3% = 15000 so'mni va trasport uchun xarajat 5000 so'm) = 490000 so'mni tashkil etgan. (500000 so'm - 15000 so'm + 5000 so'm = 490000 so'm). Natijada, 200 dona yozuv papkalari 490000 so'mga to'ri kelgan. Ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Dt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvarag'i -490000 so'm, Kt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar” hisobvarag'i - 490000 so'm. Boshqa xarajatlar materiallaming haqiqatdagi qiymatiga uni foydalanish holatiga keltirish bilan bog'liq bo'lgan qismigina qo'shiladi. Material zahiralari qiymatiga qo'shilmasdan davr xarajatlari sifatida xarajat qilingan vaqtda tan olinuvchi xarajatlarga quyidagilar: saqlash xarajatlari; materiallami foydalanish holatiga keltirish bilan bog'liq bo'lmagan ma'muriy xarajatlar; sotish xarajatlar kiradi. Download 140.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling