Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uning asosiy tamoyillari.(200-son axs) Moliyaviy hisobot auditi fanining maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari. «Moliyaviy hisobot auditi»
Download 21.41 Kb.
|
200 son Bolbekov Humoyun
Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uning asosiy tamoyillari.(200-son axs) 1. Moliyaviy hisobot auditi fanining maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari. «Moliyaviy hisobot auditi» fani hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda auditning o‘rni va ahamiyati, iqtisodiy nazorat tizimida auditning roli, moliyaviy hisobotlarni hujjatli va haqiqiy tekshiruvlardan o‘tkazishning xususiyatlari, iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilib, real ma’lumotlarga ega bo‘lish, korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy hisobotlari bo‘yicha xulosa va takliflar berishda yetarli darajada bilimlarni beradi. Auditorlik faoliyatini rivojlantirish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida nihoyatda muhim hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvida asosiy e’tibor moliyaviy hisobot auditiga qaratilib, bu o‘z navbatida, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga ishonchli xulosa berishda o‘z aksini topadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot auditining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida auditning xalqaro standartlari muhim o‘rin tutib, u ushbu kasb bilan shug‘ullanishning muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy tizimini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro audit standartlariga tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O‘zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo‘jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim. “Moliyaviy hisobot auditi” fani talabalariga yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda auditorlik faoliyati xususida bilimlar berishga xizmat qiladi va mazkur fan magistratura ta’lim bosqichida auditorlik faoliyatiga qo‘yilgan xalqaro talablar xusisida atroflicha bilim berishga xizmat qiladi. Ushbu fanning maqsadi – auditning xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobot auditi bo‘yicha mustahkam nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda shu sohaga doir yangiliklar bilan yaqindan tanishishdir. «Moliyaviy hisobot auditi» fanini vazifalari buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruviga oid nazariy va amaliy masalalarni echish hisoblanadi. O‘z navbatida, yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqqan holda fanning obyektlari deganda fan aynan nima(obyekt)larni o‘rganishini izohlash talab etiladi. Demak, moliyaviy hisobot auditi fanining obyektlari bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bunday obyektlar qatoriga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulk(tovar-moddiy zahiralari, kapital va moliyaviy qo‘yilmalari, asosiy vosita va nomoddiy aktivlari) va mablag‘ (pul mablag‘lari va qimmatli qog‘oz)lari harakati bo‘yicha muomalalar hamda mazkur muomalalarga oid moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin. Mazkur fanning subyektlari deganda esa yuqorida ta’kidlangan fanning obyektlarini o‘rganishda qatnashuvchilar, ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulk va mablag‘laridan foydalanuvchilar, ular hisobi va nazoratini amalga oshiruvchilar tushuniladi. Quyidagi 1.1.–jadvalda moliyaviy hisobot auditining vujudga kelish tarixi keltirilgan. Moliyaviy hisobot auditining maqsadi ehtimol tutilayotgan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlarga bo‘lgan ishonchi darajasini oshirishdan iborat. Bu maqsadga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangani xususida auditor fikri (xulosasi)ni bildirish yo‘li bilan erishiladi. Umumiy maqsadli asosning aksariyati bilan bog‘liq hollarda bunday fikr moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda haqqoniy taqdim etilgani yoki etilmagani yoinki ular taqdim etish asosiga muvofiq to‘g‘ri va haqqoniy tasavvur berishi yoki bermasligi xususida bildiriladi. Auditning xalqaro standarti va tegishli axloqiy talablarga muvofiq o‘tkaziladigan audit auditorga bunday fikrni ta’riflash imkonini beradi. Audit qilinishi lozim bo‘lgan moliyaviy hisobotlar – bu tadbirkorlik subyektining xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan boshqaruv yuklatilgan shaxslarning nazorati ostida tayyorlangan moliyaviy hisobotlaridir. Auditning xalqaro standarti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslarga majburiyatlar yuklamaydi va ularning majburiyatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga nisbatan ustunlikka ega bo‘lmaydi. Biroq auditning xalqaro standartiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar auditni o‘tkazish uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadigan muayyan majburiyatlarni e’tirof etishlari lozimligini nazarda tutadigan boshlang‘ich shartga ko‘ra o‘tkaziladi. Moliyaviy hisobotlar auditi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslarni ularning majburiyatlaridan ozod etmaydi. Auditor fikr bildirishi uchun asos sifatida, auditor moliyaviy hisobotlar umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko‘rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilishini talab etadi. Oqilona ishonch – bu ishonch bildirishning yuqori darajasi. Auditor auditorlik riski (ya’ni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lgan holda auditor tegishli bo‘lmagan fikr bildirishi riski)ni maqbul darajagacha pasaytirish uchun etarlicha tegishli dalillar olganda oqilona ishonch hosil qilingan hisoblanadi. Biroq oqilona ishonch hosil qilish – bu ishonchning mutlaq darajasi emas, chunki auditga xos bo‘lgan cheklashlar mavjud bo‘lib, ular shunga olib keladiki, auditor o‘z xulosalarini chiqarish va auditorlik fikri (xulosasi)ni bildirishda asos sifatida foydalanadigan auditorlik dalillarining aksariyat qismi o‘z tabiatiga ko‘ra muayyan xulosani tasdiqlash uchun keltirilgan vajlar hisoblanadi va xulosa xususiyatini kasb etmaydi. Auditor tomonidan bildirilgan fikr shakli moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga va har qanday tegishli qonun yoki me’yoriy hujjatga bog‘liq bo‘ladi. Auditorda audit jarayonida aniqlangan masalalar to‘g‘risida foydalanuvchilar, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati, boshqaruv yuklatilgan shaxslar yoki uchinchi tomonlarga axborot berish va hisobotlar taqdim etish bo‘yicha boshqa majburiyatlar bo‘lishi ham mumkin. Bunday majburiyatlar auditning xalqaro standarti da yoki tegishli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarda belgilanishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazishda auditorning umumiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim: Moliyaviy hisobotlar umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko‘rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilish; bu auditorga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangani to‘g‘risida fikr bildirish imkonini beradi; Moliyaviy hisobotlar xususida auditning xalqaro standarti talablariga muvofiq auditor xulosalariga mos ravishda hisobot (xulosa) taqdim etish. Agar oqilona ishonch hosil qilishning imkoni bo‘lmasa, auditorlik hisobotida qo‘shimcha izohlar bilan fikr bildirish esa yuzaga kelgan vaziyatda moliyaviy hisobotlarning ehtimol tutilgan foydalanuvchilariga axborot berish uchun etarli bo‘lmasa, auditning xalqaro standarti auditor fikr bildirishdan bosh tortishini yoki kelishuv bo‘yicha ishlashdan bosh tortishini talab qiladi. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, moliyaviy hisobot auditi mustaqil fan sifatida o‘z predmeti, obyekti va subyektlariga ega. Fikrimizcha, moliyaviy hisobot auditi fanining predmeti deganda mazkur fanning boshqa fan yoki predmetlardan ajratib turuvchi belgilari yoki xususiyatlari tushunilib, uning predmetini bizningcha,quyidagicha izohlash maqsadga muvofiqdir: Moliyaviy hisobot auditi fanining predmeti – xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qonuniyligi va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha auditorlik munosabatlarini o‘rganish hisoblanadi. Moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish va uni fan sifatida tadqiq etishda quyidagi me’yoriy hujjatlardan keng foydalaniladi: - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 23.01.2019 yildagi “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida 10-son buyrug‘i; - “Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar” - 200-son XAS; - “Moliyaviy hisobot auditi bo‘yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqish” - 250-son XAS; - “Auditni rejalashtirish” - 300-son XAS; - “Auditda muhimlik” - 320-son XAS; - “Auditorlik dalillar” - 500-son XAS; - “Auditorlik dalillar - aniq moddalarga taalluqli qo‘shimcha savollar” - 501-son XAS; - “Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang‘ich qoldiqlar bo‘yicha auditorning ma’suliyati” - 510-son XAS; - “Tahliliy amallar” - 520-son XAS; - “Ekspert xizmatidan foydalanish” - 620-son XAS; - “Moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi” - 700-son XAS; - “Taqqoslanadigan ko‘rsatkichlar” - 710-son XAS; - “Tekshirilgan moliyaviy hisobotlardagi boshqa axborotlar” - 720-son XAS; - “Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish” - 810-son XAS; - “Moliyaviy hisobotning sharhi bo‘yicha kelishuv» - 910-son XAS; - “Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo‘yicha kelishuv” - 920-son XAS; - “Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo‘yicha kelishuv” - 930-son XAS va boshqalar. Moliyaviy hisobot auditi maqsadlarini tushunish realizatsiya qilinishi auditorning kasbiy fikrlarini ifodalash uchun etarlicha isbot yig‘ish imkonini beruvchi auditorlik amallari metodik asoslari shakllanishini ta’minlaydi. “Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar” nomli 200-son xalqaro audit standartiga muvofiq moliyaviy xisobot auditining maqsadi: auditorlarga moliyaviy hisobot barcha axamiyatli javxalari bo‘yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muofiq tayyorlanganligi xaqida o‘z fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratishdir. Moliyaviy hisobot auditining vazifalari: - Moliyaviy hisobot tarkibini tekshirish; - Moliyaviy hisobot tuzish printsiplariga mosligini tekshirish; Buxgalteriya balansining to‘g‘riligini tekshirish; - Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish; - Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish; - Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish. Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi tamoyillar sifatida mustaqillilik, xalollik, xolislik, kasbiy bilimga egalilik va tegishli sinchikovlik, kasbiy xulq atvorga egalilik, texnikaviy standartlarga rioya qilish kabi tamoyillarni kiritish mumkin. Moliyaviy xisobot auditining axborot manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi: - Ta’sis xujjatlari; - Ta’sischilarning umumiy majlis bayonnomalari, qaror va buyruqlari; - Xisob siyosati; - Moliyaviy xisobot shakllari; - Buxgalteriya xisob registrlari; Boshlang‘ich xujjatlar. Moliyaviy hisobotni hosil qilish pog‘onalari - Moliyaviy hisobot moddalari ko‘rsatkichlari - Sintetik va analitik hisob reestrlari - Xo‘jalik operatsiyalari Auditorlik tekshiruvida dalillar to‘plash amallari sifatida esa quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiqdir: - Testlash orqali baholash - Ichki nazorat tizimi bo‘yicha test o‘tkazish; - Buxgalteriya hisobi tizimini bo‘yicha testlash; - Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan xisob siyosatini taxlili; - Solik hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini taxlili; - Ishchi schetlar rejasini taxlil kilish. Mohiyati buyicha schetlarning qoldiq va oborotlarini tekshirish amallari: a) NAZORATLASH - bu qog‘oz yoki elektron ko‘rinishdagi yoki boshqa tashuvchilardagi tashqi va ichki hujjatlar yozuvlarini tekshirishni hamda material aktivlarni tekshirish aktivlarning inventarizatsiya tekshirishlardan tashkil topgan. b) KUZATISH - boshqa shaxslar tomonidan bajarilgan muolaja va jarayonlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi; v) SO‘ROV - xo‘jalik subyekti ishi bo‘yicha yoki ishidan tashqari boshqa shaxslardan ma’lumot to‘plash; g) HISOBLASH - bu buxgalteriya yozuvlarida va dastlabki hujjatlarda arifmetik aniqlikni tekshiradi. Moliyaviy hisobot auditida ko‘rsatkichlarni baholash va tasdiqlashga ta’sir etuvchi omillar sifatida quyidagi omillarni misol qilish mumkin: - Mavjudligi; - Kelib chiqishining aniqligi; - Xuquq va majburiyatlar; - To‘laligi; - Baholanishi; - Aniqligi; - Taqdim va oshkor qilish. Moliyaviy hisobot auditi jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan tahliliy amallar: - xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlarini uning rejadagi ko‘rsatkichlari bilan solishtirish; - moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko‘rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bilan solishtirish; - moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish; - moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish; - moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini tarmoqning o‘rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish; - moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining vaqt o‘tishi. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling