Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uning asosiy tamoyillari.(200-son axs) Moliyaviy hisobot auditi fanining maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari. «Moliyaviy hisobot auditi»


Moliyaviy hisobotda nomuvofiqlik topilganda auditorning harakati


Download 21.41 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1402964
1   2   3
Bog'liq
200 son Bolbekov Humoyun

3. Moliyaviy hisobotda nomuvofiqlik topilganda auditorning harakati

Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini rejalashtirayotganida tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotda buzib ko‘rsatishlarning mavjudligi ehtimolini hisobga olish va undan kelib chiqqan holda auditorlik tamoyillarini ishlab chiqishi kerak. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi tamoyillarini shunday tarzda tashkil qilishi kerakki, uning natijasida auditorlik tekshiruvi davomida moliyaviy hisobotdagi mavjud barcha muhim buzib ko‘rsatishlarni aniqlash mumkin bo‘lsin. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda moliyaviy hisobotda buzib ko‘rsatishlarning mavjudligi ehtimolini ko‘rsatuvchi bir qator omillar borligini hisobga olishi kerak. Ushbu omillar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: a) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarishni tashkil qilish masalalarida rahbariyatning salohiyatiga shubha qilish; b) auditor tomonidan berilgan savollarga to‘liq asoslanmagan 24 javoblar berish yoki to‘g‘ri javob berishdan o‘zini olib qochish; v) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bajarilayotgan muomalalarni uning faoliyat turiga yoki tashkiliy tuzilmasiga mos kelmaslgi; g) hisob siyosatini tez-tez va asoslanmagan holda o‘zgartirish; d) buxgalteriyada ishlovchi xodimlar tarkibi tez-tez o‘zgarib turishi (xodimlar qo‘nimsizligini yuqoriligi); e) zarur auditorlik isbotlarni olishdagi yuzaga keladigan muammolar; j) birlamchi hujjatlar va boshqa hisob registrlaridagi (kompyuterdagi ma’lumotlar) ma’lumotlari bir-biriga mos kelmaslgi; z) hisob registrlaridagi (kompyuterdagi ma’lumotlar) ma’lumotlar va moliyaviy hisob ma’lumotlarining bir-biriga mos kelmasligi. Auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish holati aniqlansa, u holda aniqlangan buzib ko‘rsatish tekshirilayotgan hisobotning ishonchligiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishni baholash kerak. Agarda, auditorlik tashkiloti buzib ko‘rsatish dalillari moliyaviy hisobotning ishonchligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblasa, u holda auditorlik tashkiloti o‘z fikrini tasdiqlash maqsadida qo‘shimcha tamoyillarni amalga oshiradi.


Qo‘shimcha tamoyillar auditorlik tashkiloti tomonidan o‘rganilayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan va audtorning kasbiy vakolatlaridan tashqariga chiqmagan holda belgilanadi. Agar qo‘shimcha tamoyillar moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish holatini tasdiqlasa, u holda auditorlik tashkiloti tegishli auditorlik xulosasini tayyorlash mavjud buzib ko‘rsatishlarning ta’sir ko‘rsatish ehtimolini har tomonlama tahlil qilib chiqishi kerak bo‘ladi. Moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatishning sezilarli darajadagi dalillari aniqlanganda, auditorlik tashkiloti ushbu buzib ko‘rsatishlarga olib keluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatida turli xil xatoliklarni oldini oluvchi amaldagi ichki nazorat tizimining qanchalik samaradorligini baholashi kerak. Agar, auditorlik tashkiloti ichki nazorat tizimi moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish hollarini yuzaga kelishiga tegishli darajada to‘sqinlik qila olmaydi degan xulosaga kelsa, auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilgan auditorlik hisobotda ichki nazoratda aniqlangan kamchiliklarni aks ettirish bilan bir qatorda, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish aniqlashda dalillar to‘g‘risida iloji boricha tez fursatda xo‘jalik 25 yurituvchi subyektning rahbariga ma’lum qilish kerak, agarda: - buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi mavjud aktivlarni saqlash sharoitlarini tashkil qilishga va moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatishga barham berishga qodir emasligi aniqlansa; - aniqlangan dalillar xo‘jalik yurituvchi subyektning xodimlari tomonidan zarar etkazilganligi to‘g‘risida aniq guvohlik bersa. Auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan moliyaviy hisobotda buzib ko‘rsatish dalillari va ularni bartaraf qilish bo‘yicha berilgan tavsiyalar auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilgan auditorlik hisobotida aks ettirilishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvchi davomida aniqlangan moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish dalillari o‘z vaqtida bartaraf etilmagani uchun qonunchilik bilan belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Agar tuzitilmagan xatolar birlashmasi (jami) jiddiylik darajasiga yaqinlashsa, auditor topilganlari bilan birga topilmagan (aniqlanmagan) xato ham bor – yo‘qligini, tuzatilmagan xatolar belgilangan jiddiylik darajasidan oshib ketish ehtimolini aniqlash zarur.
Bundan tashqari tuzatilmagan xatolar jami jiddiylik darajasiga yaqinlashishiga qarab, auditor qo‘shimcha auditorlik amallari vositasida auditorlik riskini pasaytirish haqidagi masalani ko‘rib chiqadi yoki aniqlangan xatolarni hisobga olgan holda moliyaviy hisobotga tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin. Auditorlik tekshiruvi jarayonida buxgalteriya hisobotida aniqlangan hamma xatolar va ma’lumotlarni auditor o‘zining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishchi xujjatlarida batafsil aks ettiradi. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasining analitik qismida buxgalteriya hisobotlaridagi aniqlangan xatolar haqida ma’lumotlar kiritishi kerak. Auditor u tomonidan olingan boshqa ma’lumotlar firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko‘rsatish risklarini ko‘rsatishini ko‘rib chiqishi lozim. Auditor amalga oshirilgan boshqa riskni baholash tartib-tamoillari va tegishli faoliyatlardan olingan ma’lumotlar bir yoki bir necha firibgarlik riski omillari mavjudligini ko‘rsatishini baholashi lozim. Firibgarlik riski omillari firibgarlik mavjud bo‘lishini ko‘rsatishi shart bo‘lmasada, ular firibgarliklar sodir bo‘lgan holatlarda tez-tez mavjud bo‘lgan va shu tufayli firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko‘rsatish risklarini ko‘rsatishi mumkin. Auditorlik amaliyotida 315-son xalqaro audit standartiga muvofiq, auditor operatsiyalar turlari, schyotlar qoldiqlari va ochib berishlar uchun moliyaviy hisobot darajasida va tasdiqlash darajasida firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko‘rsatish 26 risklarini aniqlashi va baholashi lozim. Firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko‘rsatish risklarini aniqlash va baholash paytida, auditor, daromadni tan olishda firibgarlik risklari mavjud degan farazga asoslangan holda, daromadning, daromad operatsiyalarining yoki tasdiqlashlarning qaysi turlari bunday risklarni yuzaga keltirishini baholashi lozim. 47-band auditor kelishuv holatlarida farazni qo‘llash mumkin bo‘lmasligi to‘g‘risida xulosa qiladigan, va shu tufayli, daromadni tan olishni firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko‘rsatish riski sifatida ajratib ko‘rsatmagan, paytda talab etilgan hujjatlashtirishni belgilaydi. Auditor firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko‘rsatishning baholangan risklarini ahamiyatli risklar sifatida inobatga olishi lozim va shu tufayli, agar oldin amalga oshirilmagan .
Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling