Moliyaviy hisobot tahlili


Download 15.54 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2023
Hajmi15.54 Kb.
#1797355
1   2
Bog'liq
Moliyaviy hisobot tahlili

-buxgalteriya balansi to‘g‘ri tuzilganligini o‘rganish; - balans bo‘limlarining to‘g‘ri shakllantirilganligi va ular o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish; - balansning har bir moddasida berilgan ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri aks ettirilganligini o‘rganish; - balansdagi ko‘rsatkichlarning moliyaviy hisobotning boshqa shakllaridagi ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro muvofiqligini o‘rganish. Buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlil qilish Gorizontal tahlil – hisobot davrini o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan solishtirish tahlilidir . Vertikal tahlil – tarkibiy tahlildir. Masalan, korxona mablag‘larining yoki ularni qoplovchi manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi ifodalanadi.


Mablag‘larning tarkibi

Yil boshiga

Yil oxiriga

O‘zgarishi (+, -)

summa ming so‘m

sal mog‘i , %

summa ming so‘m

sal mog‘i , %

summa ming so‘m

sal mog‘i, %

Yil boshiga nisbatan o‘sishi %

1

2

3

4

5

6=4-2

7=5-3

8=6/2*100

1. Uzoq muddatli aktivlar

48485

39

55732

34,5

+7247

-4,5

+15

2. Joriy aktivlar

76433

61

105646

65,5

+29213

+4,5

+38,2

shu jumladan:

2.1 Tovar-moddiy zaxiralar

26190

21

26584

16,5

+394

-4,5

+1,5

2.2 Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investi siyalar

24729

19,7

54377

33,7

+29648

+14

+119,9

2.3 Debitorlar

25514

20,3

24685

15,3

-829

-5

-3,2

Balans aktivining jami

124918

100

161378

100

+36460

-

+29,


Ko‘rsatkichlar nomi

Yil boshiga

Yil oxiriga

Summa, ming so‘m

Foiz, %

Summa, ming so‘m

Foiz, %

A K T I V

I. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR

Asosiy vositalar

39606443

30

30970415

16

Uzoq muddatli investisiyalar

6985319

5

53447883

27

I bo‘lim jami

46591762

35

84418298

43

II. JORIY AKTIVLAR

Tovar-moddiy zaxiralar

13320349

10

26121772

13,4

Kelgusi davr xarajatlari

14286020

11

14287413

7

Kechiktirilgan xarajatlar

0

0

28997033

15,3

Debitor qarzlar

11022301

8

40072145

20,2

Pul mablag‘lari

258037

0,2

1974662

1

Qisqa muddatli investisiyalar

47392370

35,8

278000

0,1

II bo‘lim jami

86279077

65

111731025

57

BALANS AKTIVI JAMI

132870839

100

196149323

10

Buxgalteriya balansini vertikal tahlili

Moliyaviy natijalar (daromadlar) to’g’risidagi hisobot 2-sonli shakl Moliayaviy natijalar bu –kompaniya yoki firmaning ma’lum bir vaqt davomida qancha daromad topganligini o’zida aks ettiradi va ikki ustun daromadlar va xarajatlar ustunidan iborat. Daromad – maxsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish, xizmatlar ko’rsatish va faoliyatning boshqa turlari natijasida aktivlarning ko’payishi yoki majburiyatlarning qoplanishi hisoblanadi. Xarajat – bu mol yetkazib berilishi yoki tovarlar ishlab chiqarilishi xizmatlar ko’rsatilishi faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish natijasida kelib chiqadigan aktivlarning kamayishi yoki boshqacha sarflanishi, boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak daromadlar olish davomida maxsulotni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ketadigan sarflar.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) ko‘rsatkichlari o‘rganilayotganda dastlab, moliyaviy natijalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi tekshiriladi. Shundan so‘ng, xo‘jalik yurituvchi subyektni faoliyat turlari bo‘yicha qilingan xarajatlari va daromadlari tarkibi o‘rganiladi. Bunda amalga oshirilgan har bir xarajat xarajatlar guruhiga to‘g‘ri olib borilganligi va olingan daromadlar faoliyat turlari bo‘yicha to‘g‘ri tan olinganligi hamda yakuniy moliyaviy natija ko‘rsatkichini buxgalteriya balansi (1-shakl)da to‘g‘ri aks ettirilganligi, ya’ni ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligi o‘rganilgan holda baho beriladi.

Pul oqimlari haqidagi hisobotda (4-shakl) xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridagi barcha o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtai-nazaridan aks ettiriladi. Mazkur hisobotda pul oqimlari asosan to‘rtta jarayon bo‘yicha sodir bo‘ladi: - operatsion faoliyatida pul mablag‘larining sof kirimi va chiqimi; - investisiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi va chiqimi; - moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘larining sof kirimi va chiqimi; - soliqqa tortish (to‘langan soliqlar). Ushbu hisobotda aks ettirilgan ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini baholashda birinchi navbatda unda aks ettirilgan yil boshidagi pul mablag‘lari qoldig‘i va yil oxiridagi pul mablag‘lari qoldig‘i buxgalteriya balansining 270-satrida aks ettirilgan pul mablag‘lari summasiga muvofiqligi o‘rganiladi. Keyin esa, yil boshidagi pul mablag‘lari qoldig‘iga faoliyat turlari bo‘yicha kirim qilingan mablag‘larni qo‘shish va chiqim qilingan pul mablag‘larni ayirish orqali yil oxiriga pul mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘ri aks ettirilganligi tekshiriladi. Shuningdek, pul mablag‘lari kirimi bo‘yicha manbalarning, chiqimi bo‘yicha pul mablag‘lari harakatlarining tarkibi ham o‘rganilgan holda pul mablag‘larining kirimi va chiqimi faoliyat turlari bo‘yicha to‘g‘ri aks ettirilganligiga baho beriladi.

Xususiy kapital tahlili Tahlil maqsadi: Xususiy kapital miqdori o’zgarishlari ularning sabablarini aniqlash hamda uning miqdoriga omillar tasirini hisoblash natijasida miqdori va samaradorligin oshirishning ichki imkoniyatlarini belgilash hisoblanadi.

Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda (5-shakl) aks ettirilgan yil boshidagi qoldiq (010-satr) va yil oxiridagi qoldiq (110-satr) summalari buxgalteriya balansida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar bilan mosligini o‘rganishdan boshlanadi. Shundan so‘ng, yil boshidagi qoldiqdan kelib chiqqan holda yil oxiridagi qoldiq summasi to‘g‘ri shakllantirilganligi tekshiriladi. Bunda yil boshidagi qoldiq summasi qaysi manbalar hisobiga o‘zgarganligiga o‘rganiladi.


Download 15.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling