Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o‘rni
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”
Download 45.48 Kb.
|
moliyaviy tahlil
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”
“Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo‘llanilishi Xo‘jalik sub’ektining pul oqimlari to‘g‘risidagi axborot, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun, xo‘jalik sub’ektining pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda ushbu pul oqimlaridan foydalanish yehtiyojlariga baho berish asosi sifatida foydalidir. Foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilinishi uchun, xo‘jalik sub’ektining pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda buning muddati va aniqligiga baho berish talab yetiladi. Xo‘jalik sub’ekti pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni mazkur Standartning talablariga mos ravishda tayyorlab, moliyaviy hisobotlar taqdim yetiladigan har bir davrda moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi sifatida takdim yetishi shart. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot davr davomidagi pul oqimlarini operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo‘yicha tasniflangan holda ko‘rsatishi kerak. Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi - xo‘jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o‘z operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to‘lash, o‘zining operatsion faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to‘lash va yangi investitsiyalar qilish uchun yetarli bo‘lgan pul oqimlarini qay darajada hosil qilganligini aks yettiruvchi asosiy ko‘rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo‘yicha hosil bo‘ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan xo‘jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni shakllantiradigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlariga quyidagilar kiradi: (a) tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari; (b) royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar qo‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari; (v) mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar; (g) hodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar; (d) sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘iycha mukofotlari va talablarlari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari; (ye) daromad solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa; va vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari. Asosiy vositani sotish kabi ayrim operatsiyalar, tan olinadigan foyda yoki zararga kiritiladigan foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalarga taaluqli pul oqimlari investitsion faoliyatdan pul oqimlari bo‘lib hisoblanadi. “Asosiy vositalar”da ta’kidlanishicha, ijaraga berish va keyinchalik sotish uchun mo‘ljallangan aktivlarni ishlab chiqarish yoki sotib olish uchun qilinadigan to‘lovlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida xizmat qiladi. Bunday aktivlarni ijaraga berish va keyinchalik sotishdan olinadigan pul tushumlari ham operatsion faoliyatga tegishli pul oqimlaridir. Xo‘jalik sub’ekti quyidagilardan birini qo‘llagan holda operatsion faoliyati bo‘yicha pul oqimlarini hisobotda ko‘rsatishi kerak: (a) bevosita usul, bunda yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlarining asosiy toifalari ko‘rsatiladi ; (b) bilvosita usul. Bu usulda foyda yoki zarar pulga daxli bo‘lmagan operatsiyalarning va o‘tgan yoki kelgusi davr operatsion pul tushumlari yoki to‘lovlarining har qanday kechiktirilishi yoki hisoblanishining natijalarini, hamda investitsion yoki moliyaviy pul oqimlari bilan bog‘liq daromad yoki harajatlarni hisobga olgan holda to‘g‘rilanadi. Investitsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini alohida oshkor yetish muhimdir, chunki bunday pul oqimlari kelajakdagi daromad va pul oqimlarini olish uchun mo‘ljallangan resurslar uchun qancha harajatlar sarflanganini aks yettiradi. Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda aktiv tan olinishiga olib keladigan harajatlargina investitsion faoliyat sifatida tasniflanishi mumkin. Investitsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan: (a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun qilingan to‘lovlar. Bu to‘lovlarga, shuningdek, tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan va kapitallashtiriladigan xarajatlar va o‘z yehtiyojlari uchun (xo‘jalik hisobi usulida) qo‘rilgan asosiy vositalar bo‘yicha to‘lovlar kiradi; (b) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan kelgan pul tushumlari; Moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlarini alohida ko‘rsatish muhimdir, chunki bu xo‘jalik sub’ektini moliyalashtiradigan tomonlar kelgusi pul oqimlariga bo‘lgan talablarni oldindan bilishi uchun foydalidir. Moliyaviy faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan: (a) aksiyalar yoki boshqa ulushli instrumentlarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari; (b) xo‘jalik sub’ektining aksiyalarini sotib olish yoki muomaladan chiqarish uchun mulk yegalariga to‘lovlar; (v) qarz majburiyatlarini chiqarish, qarzlar berish, veksellar, obligatsiyalar, ipotekalar va boshqa qisqa muddatli yoki uzoq muddatli qarz majburiyatlarini chiqarishdan olingan pul tushumlari. “ Download 45.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling