Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o‘rni
Download 45.48 Kb.
|
moliyaviy tahlil
Nomoddiy aktivlar” Nomoddiy aktiv - bu moddiy-ashyoviy mazmunga yega bo‘lmagan aniqlanadigan nomonetar aktiv. Ba’zi nomoddiy aktivlar moddiy ko‘rinishda saqlanishi mumkin, masalan, kompakt disk (kompyuter dasturi misolida), huquqiy hujjatlar (litsenziya yoki patent misolida) yoki film. Nomoddiy va moddiy jihatlarga yega aktivni BHXS 16 “Asosiy vositalar” bo‘yicha hisobga olinishi yoki mazkur Standart bo‘yicha nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olinishini aniqlash uchun, tadbirkorlik sub’ekti qaysi jihat ahamiyatliroqligini baholashda hukm chiqarishdan foydalanadi. Masalan, aniq bir kompyuter dasturisiz faoliyat ko‘rsatmaydigan kompyuter-nazorat-qiladigan uskuna uchun kompyuter dasturi tegishli yehtiyot qismning ajralmas qismidir va u asosiy vosita sifatida hisobga olinadi. Aynan shu yondashuv kompyuterning operatsion tizimiga nisbatan qo‘llaniladi. Qachonki dastur tegishli yehtiyot qismning ajralmas qismi bo‘lmasa, kompyuter dasturi noddiy aktiv sifatida hisobga olinadi. Shu bilan birga, mazkur Standart reklama, trening, biznesni boshlash, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bo‘yicha harajatlar uchun qo‘llaniladi. Tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bilimni rivojlantirishga yo‘naltirilgandir. Shu tufayli, ushbu faoliyatlar natijasi moddiy ko‘rinishdagi aktivga (masalan, namuna) olib kelishiga qaramasdan, aktivning moddiy jihati uning nomoddiy qismiga ikkilamchidir, ya’ni unda bilim singdirilgandir. Nomoddiy aktiv ta’rifi uni gudvilldan farqlash uchun nomoddiy aktivni aniqlanadigan bo‘lishini talab yetadi. Biznes birlashuvida tan olingan gudvill biznes birlashuvida sotib olingan boshqa aktivlardan keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni ifoda yetuvchi aktiv bo‘lib, u alohida aniqlanmaydi va tan olinmaydi. Kelgusi iqtisodiy manfaatlar sotib olinganda aniqlanadigan aktivlar yoki alohida olganda moliyaviy hisobotlarda tan olinmaydigan aktivlardan birgalikda foydalanishdan kelishi mumkin. Aktiv aniqlanadigan hisoblanadi, agarda u yoki: (a) ajratiladigan bo‘lsa, masalan, tadbirkorlik sub’ektidan ajratish va bo‘linish yoki alohida yoki tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat bilan birga sotilishi, o‘tkazilishi, litsenziya sifatida berilishi, ijaraga berilishi yoki almashinishi imkoniga yega bo‘lsa, bunda tadbirkorlik sub’ekti buni amalga oshirishni ko‘zlaganligidan qat’iy nazar; yoki (b) shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa, bunda ushbu huquqlar o‘tkaziladigan yoki tadbirkorlik sub’ektidan yoki boshqa huquqlar va majburiyatlardan ajratilishidan qat’iy nazar. Tadbirkorlik sub’ekti aktivni nazorat qiladi, agarda tadbirkorlik sub’ekti asosiy resursdan oqib keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni olish va boshqalarning ushbu manfaatlarga yega bo‘lishini cheklash imkoniyatiga yega bo‘lsa. Tadbirkorlik sub’ektining nomoddiy aktivdan keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni nazorat qilish imkoniyati odatda huquqiy kuchga yega yuridik huquqlar negizida bo‘ladi. Yuridik huquqlar mavjud bo‘lmaganda, nazoratni namoyish yetish qiyinroqdir. Biroq, huquqning yuridik kuchga yegaligi nazorat uchun zaruriy shart yemas, chunki tadbirkorlik sub’ekti kelgusi iqtisodiy manfaatlarni ayrim boshqa usullar bilan nazorat qilishi mumkin. Bozor va texnik bilim kelgusi iqtisodiy manfaatlarni o‘sishiga olib kelishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu manfaatlarni nazorat qiladi, agarda, masalan, bilim yuridik huquq bilan himoyalangan, jumladan, avtorlik huquqi, savdo kelishuvi cheklovi (ruxsat yetilgan joyda) yoki maxfiylikni saqlash uchun xodimlarning yuridik majburiyati bilan himoyalangan bo‘lsa. Tadbirkorlik sub’ekti malakali xodimlar guruhiga yega bo‘lishi mumkin va trening orqali kelgusi iqtisodiy manfaatlarga olib boradigan malakali xodimlarni aniqlay olishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti shuni ham ko‘zda tutishi mumkinki, xodimlar tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida o‘z ko‘nikmalarini namoyish yetishda davom yetishi mumkin. Biroq, tadbirkorlik sub’ekti odatda malakali xodimlar guruhidan va treningdan keladigan kutilgan kelgusi iqtisodiy manfaatlar ustidan yetarli bo‘lmagan nazoratga yega bo‘lishi mumkin va natijada ushbu moddalar nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmasligi mumkin. Shu sababli, muayyan boshqaruv va texnik qobiliyat nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmaslik yehtimoli mavjud, bunda u undan foydalanish va kelgusi iqtisodiy manfaatlar olish bo‘yicha yuridik huquq bilan himoyalanmaguncha va ta’rifning ayrim qismlarini qanoatlantirmaguncha. Nomoddiy aktivning balans qiymatida xarajatlarni tan olish to‘xtatiladi, qachonki nomoddiy aktiv rahbariyat ko‘zlagandek ishlay oladigan holatga keltirilganda. Shu tufayli, nomoddiy aktivdan foydalanish yoki uni boshqa joyga ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlar uning balans qiymatiga kiritilmaydi. Masalan, quyidagi xarajatlar nomoddiy aktivning balans qiymatiga kiritilmaydi: (a) nomoddiy aktiv rahbariyat ko‘zlagandek ishlay oladigan holatga keltirilgan, lekin foydalanilmagan paytda sarflangan xarajatlar; (b) aktivning mahsulotiga talab shakllanayotgan davrdagi zararlar kabi dastlab ko‘rilgan operatsion zararlar. Nomoddiy aktivni tan olish sharti bu aktivning qiymati ishonchli baholanishidir. Nomoddiy aktivlarning haqqoniy qiymati ishonchli baholanadi, agarda (a) oqilona haqqoniy qiymat baholari kengligidagi o‘zgarish ushbu aktiv uchun ahamiyatli yemas yoki (b) kenglikdagi turli baholarning yehtimollari oqilona baholanishi mumkin va haqqoniy qiymatni aniqlashda foydalanilishi mumkin. Agar tadbirkorlik sub’ekti yoki qabul qilingan yoki topshirilgan aktivning haqqoniy qiymatini ishonchli aniqlay olsa, bunda qabul qilingan aktivning haqqoniy qiymati yaqqolroq namoyon bo‘lmaguncha, topshirilgan aktivning haqqoniy qiymatidan tannarxni hisoblashda foydalaniladi. Download 45.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling