Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o‘rni


Download 45.48 Kb.
bet4/6
Sana18.08.2023
Hajmi45.48 Kb.
#1668172
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moliyaviy tahlil

Zaxiralar”
“Zaxiralar” nomli standartning maqsadi tovar-moddiy zaxiralarni (TMZlarni) hisobga olish tartibini belgilashdan iboratdir. TMZlarni hisobga olishda asosiy masala bo‘lib TMZlarning tannarxi qanday summada aktiv sifatida tan olinishi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar kelgusi davrlarda tan olinguncha hisobga olinishi kerakligi hisoblanadi. Ushbu Standart tannarx va uning keyinchalik xarajat sifatida tan olinishi, shu jumladan uning har qanday sof sotish qiymatigacha kamaytirilishi bo‘yicha ko‘rsatmalarni beradi. U, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning tannarhini aniqlashda qo‘llaniladigan tannarxni hisoblash formulalari bo‘yicha ko‘rsatmalarni keltiradi.
Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha baholanishi lozim. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narhi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan xo‘jalik sub’ektiga keyinchalik qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortishtushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq boshqa jami xarajatlar kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan chegirilib tashlanishi lozim. Tovar-moddiy zaxiralarni qayta ishlash xarajatlariga mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq xarajatlar, masalan bevosita mehnat xarajatlari, kiradi. Ularga, shuningdek, materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda amalga oshiriladigan va sistematik tarzda taqsimlanadigan doimiy va o‘zgaruvchan ustama xarajatlar ham kiradi. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari - bu ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar nisbatan doimiy bo‘lib qoladigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan ishlab chiqarish binolari va uskunalarining yeskirishi va ularni saqlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishni boshqarish xarajatlari.
O‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari bu ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ridanto‘g‘ri yoki deyarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan bilvosita materiallar va bilvosita mehnat xarajatlari. Boshqa xarajatlar TMZlar tannarxiga, faqatgina TMZlarni hozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish uchun sarflangan xarajatlar hajmidagina, kiritiladi. Masalan, no-ishlab chiqarish ustama xarajatlari yoki maxsus mijozlar uchun mahsulotlarni yasash xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritish o‘rinli bo‘lishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritilmaydigan va ular kelib chiqqan davr xarajatlari sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi:
(a) me’yoridan tashqari sarflangan xom ashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari summasi;
(b) saqlash xarajatlari, agar bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlari uchun talab yetilmasa;
(v) tovar-moddiy zaxiralarni xozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’muriy ustama xarajatlar;
(g) sotish xarajatlari.
Xo‘jalik sub’ekti tovar-moddiy zaxiralarni kechiktirib to‘lash shartlarida sotib olishi mumkin. Agar bunday kelishuv amalda moliyalashtirish yelementini o‘z ichiga olsa, bu yelement, masalan, odatdagi shartlarda kreditga sotib olish narhi va to‘lov summasi orasidagi farq, ushbu moliyalashtirish davrida foiz xarajatlari sifatida tan olinishi shart.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tovar-moddiy zaxiralarga yega bo‘lganida, ular bu TMZlarni ishlab chiqarish xarajatlari summasida baholaydilar. Bu xarajatlar, asosan, xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan xodimlar, shu jumladan ularni nazorat qiladigan xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan mexnat haqi va boshqa xarajatlar, hamda tegishli ustama xarajatlardan tashkil topadi. Xizmatlarni sotishda band bo‘lgan va umumiy ma’muriy xodimlarga tegishli bo‘lgan mexnat haqi va boshqa xarajatlari tannarxga kiritilmaydi, va ular kelib chiqqan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi. Aksariyat hollarda, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning TMZlari tannarxiga ular tomonidan xizmat narhiga kiritiladigan foyda me’yori yoki taqsimlanmaydigan ustama xarajatlar kiritilmaydi.
TMZlar tannarxini baholash uchun, qulaylik maqsadida, me’yoriy xarajatlar bo‘yicha tannarxni hisoblash usuli yoki chakana usuli kabi usullardan foydalanish mumkin, agarda ularni qo‘llash natijalari taxminan tannarxga teng bo‘lsa. Me’yoriy xarajatlarda xom ashyo va materiallar, ishchi kuchi, samaradorlik va quvvatdan foydalanishning normal darajasi hisobga olinadi. Me’yorlar doimiy tarzda tahlil qilib turiladi, va, zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga qarab qayta ko‘rib chiqiladi. Chakana usuli ko‘pincha chakana savdo sohasida ko‘p sonli, tez-tez o‘zgarib turuvchi, va bir xil foyda olib keladigan shunday TMZlarni baholash uchun foydalaniladiki, ular tannarxini hisoblash uchun boshqa usullarni qo‘llashni amaliy iloji bo‘lmaydi. Tovar-moddiy zaxiraning tannarxi ushbu TMZning sotish qiymatini yalpi foydaning tegishli foiziga kamaytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Qo‘llaniladigan foizni aniqlashda, qiymati dastlabki sotish narhidan kamaytirilgan tovar-moddiy zaxiralari hisobga olinadi.
Odatda bir-birini o‘rnini bosmaydigan (bir-birini almashtira olmaydigan) TMZlar moddalarining hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va ajratilgan tovarlar va xizmatlarning tannarxi ularga tegishli alohida xarajatlarning maxsus aniqlanishi yo‘li bilan baholanadi. Tannarxni maxsus aniqlanishi deganda alohida xarajatlarning tovarmoddiy zaxiralarning alohida aniqlangan moddalariga olib borilishi tushuniladi. Bu maxsus loyiha uchun ajratilgan TMZlarni hisobga olishda, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi. Ammo, ko‘p miqdordagi, odatda bir-birini o‘rnini bosadigan TMZlar moddalari mavjud bo‘lganida, xarajatlarning maxsus aniqlanishi noo‘rin hisoblanadi. Bunday hollarda, foyda yoki zarar shakllanishida oldindan belgilangan natijalarga yerishish maqsadida tovarmoddiy zaxiralarda qoladigan moddalarni tanlash usulini qo‘llash mumkin. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi birinchi-kirim, birinchi-chiqim (FIFO) usuli yoki o‘rtacha tortilgan qiymat formulasi orqali aniqlanishi lozim.
Odatda tovar-moddiy zaxiralar moddama-modda sof sotish qiymatigacha kamaytiriladi. Ammo ayrim hollarda, bir xil yoki o‘zaro bog‘liq moddalarni guruhlashtirish o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bu tovar-moddiy zaxiralarning bir xil maqsadda yoki bir xil yakuniy iste’molchilar uchun ishlab chiqariladigan, bir xil geografik hududda ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot turi bilan bog‘liq bo‘lgan, hamda ushbu mahsulot turiga kiradigan boshqa moddalardan amalda alohida baholana olmaydigan moddalariga tegishli bo‘lishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini, ularning tasniflanishi, masalan, tayyor mahsulotlar yoki ma’lum bir operativ segmentdagi barcha tovar-moddiy zaxiralar, asosida kamaytirish noto‘g‘ridir. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar odatda alohida sotish nahi belgilanadigan har bir xizmat bo‘yicha xarajatlarni to‘playdilar. Shu tufayli, har bir bunday xizmatga alohida modda sifatida qaraladi. Sof sotish qiymatining baholanishi sotilishi kutilayotgan tovarmoddiy zaxiralarning summasi baholangan paytida mavjud bo‘lgan yeng ishonchli dalillarga asoslanadi. Bunday baholashda, davr tugashidan keyin ro‘y beradigan hodisalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narxning yoki tannarxning o‘zgarishlari hisobga olinadi, agar bunday hodisalar davr oxiriga mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarni tasdiqlasa. Tovar-moddiy zaxiralar sotilganida, ushbu zaxiralarning balans qiymati xarajat sifatida, ular bilan bog‘liq bo‘lgan daromad tan olinadigan davrda, tan olinishi lozim. Har qanday tovar-moddiy zaxirani sof sotish qiymatigacha kamaytirish summasi va zaxiralar bo‘yicha yo‘qotishlar ushbu kamaytirish yoki yo‘qotish ro‘y bergan davrda xarajat sifatida tan olinishi lozim. Sof sotish qiymatining oshishi natijasida kelib chiqadigan tovarmoddiy zaxiralarini kamaytirishning har qanday qayta tiklash summasi, xarajat bo‘lib tan olingan TMZlar summasining kamayishi sifatida bunday qayta tiklash ro‘y bergan davrda tan olinishi lozim. Ba’zi tovar-moddiy zaxiralarning qiymati boshqa aktivlar schotlariga olib borilishi mumkin, masalan, o‘z kuchi bilan qurilgan asosiy vositaning tarkibiy qismi sifatida. Bunday usul bilan boshqa aktivlarga kiritilgan tovar-moddiy zaxiraning qiymati, ushbu aktivdan foydalanish muddati davomida xarajat sifatida tan olinadi.


Download 45.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling