Tayanch so’zlar.
Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad (keyingi matnda “daromad”) -ma’lum davr mobaynida tashkilotning odatdagi faoliyati natijasida olinadigan iqtisodiy nafning yalpi tushimi bo’lib, ushbu tushim mulk egalarining kapitalga
qo’yilmalari bilan bog’liq bo’lmagan kapitalning ko’payishiga olib keladi.
Daromad tashkilotning faqat o’zi uchun olingan yoki olinadigan iqtisodiy nafning yalpi tushimini qamrab oladi. Uchinchi tomonlar nomidan undirib olingan summalar, masalan sotishdan soliqlar, tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar, qo’shilgan qiymat solig’i, tashkilotga kelib tushadigan iqtisodiy naf bo’lib xizmat qilmaydi va kapitalning ko’payishiga olib kelmaydi. Shu bois, ular daromadga kiritilmaydi. Shunga o’xshash, vositachilik munosabatlarida, iqtisodiy nafning yalpi tushimi buyurtmachi nomidan undiriladigan summalarni qamrab oladi, lekin tashkilotning kapitali oshishiga olib kelmaydi. Buyurtmachi nomidan undirilgan summalar daromad bo’lib hisoblanmaydi. Aksincha, daromad bo’lib vositachilik haqi hisoblanadi.
Tushum – bu hisob davrida kompaniyaning odatdagi faoliyati davomida yuzaga kelgan iqtisodiy naflarning yalpi tushumi bo’lib, qachonki uning natijasi aktsionerlarning badallari hisobiga kapitalning o’sishidan farq qiladigan kapitalning o’sishi hisoblansa.
Do'stlaringiz bilan baham: |