Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish
Download 232.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning mazmuni: 13.1. Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari
MAVZU: “MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH” Maqsad: Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari, moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim etish, buxgalteriya balansini tuzish tartibini talabalarga o’rgatish. Zarur adabiyotlar va jihozlar: 1. O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i. 2. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y. 30 avgust. 3. Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g. Ishning mazmuni: 13.1. Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlami berish hisoblanadi. Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi korxonalaming uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va subyektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalami ko‘rsatish usuli hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlaming maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablagMari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir. Buxgalteriya shaxs, firma uchundir, faqat xarajatlar va daromadlar ta’sirining xolisligi moliyaviy hisobotlarda e’tirof etiladi. Barcha tashqi ma’lumotlarga e’tibor berilmaydi. Shuning uchun firmalar jamiyat, kelajak avlod va jahonga tartibga soluvchi joriy qilingan muayyan qonun va jarimalarsiz zarar yetkazishi mumkin. Tashqi faktorlar mas’uliyatining samaradorligi bunga misoldir, faqat jamoatchilik fikri va siyosiy bosim uni orbitani o‘rtasiga harakatlantiradi, shundan keyin, kutilayotgan kelajak avlod joriy jamiyatni o‘mini egallaydi. Agar siyosiy bosim yetarlicha kuchli bo‘lsa, muammo uni mas’uliyatli ichki orbitasiga uni harakatlantiradigan qonunchilikni tortadi, huquqni muhofaza qilish xodimlari muvofiqligini ta’minlash uchun vakolatli bo‘ladi Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv lunksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt lomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya liisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy lartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli liamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlaming yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. 0‘z navbatida hisobot davri - bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim boigan davr. Hisobot - xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi. Buxgalteriya hisoboti - bu hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami. Hisobot - ma’lum bir davr mobaynida amalga oshilgan biznes operatsiyalari natijalari tog‘risidagi ma’lumotlar majmuidir. Hisobot faoliyatning ma’lum bir davr oralig‘ini tahlil qilish va boshqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi . Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil qilish manbalari, ishlaming moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar yetarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan erishiladi. Moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablardan biri - uni rasmiylashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta - so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlami noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. Hisobotning har bir shakli va undan foydalanish xo‘jalik mablag‘larini hamda ularni qoplash manbalarini tahlil qilishda batafsilroq ko‘rib chiqiladi. Birinchi uch guruh elementlar (aktivlar, majburiyatlar va aksiyadorlik kapitali/sof aktivlar) to‘g‘risidan - to‘g‘ri balans hisobotiga, keyingi turt element esa (daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tegishlidir. Download 232.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling