Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari Reja


Download 26.56 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi26.56 Kb.
#1612519
  1   2
Bog'liq
Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari


Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari
Reja:

  1. . Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo„yicha qo„mita (MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi


KIRISH

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‟kidlaganidek: “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o„sishning yuqori sur‟atlarini saqlab qolish, jumladan, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasining barqaror bo„lishini ta‟minlash - eng muhim ustivor vazifamizdir”1. Shuningdek, xo„jalik subyektlarini yanada rivojlantirish masalalari 2017-2021- yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo„nalishlarda ham alohida belgilab berilgan2.


Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investistiyalarni to„g„ridan-to„g„ri jalb etilishi, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil qilishni zarurat qilib qo„ymoqda. Hozirgi vaqtda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari xo„jalik subyektlar tomonidan tashqi foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishga yo„naltirilgan buxgalteriya axborotini tayyorlashda tobora keng foydalanilmoqda. Bu holat axborotni sifatini oshirish, kapital qiymatini pasaytirish, kapital bozoriga kirishni osonlashtirish kabi bir qator sabablar bilan izohlanadi. Ma‟lumki, moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini bilmasdan turib ushbu standartlarga o„tib bo„lmaydi.
Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4200 dan ko„proq qo„shma korxonalar tashkil qilingan. Bu korxonalardan 850 dan ortig„i Rossiya Federatsiyasiga, 396 tasi Buyuk Britaniya, 242 tasi AQSh, 159 tasi Qozog„iston, 114 tasi Germaniya va boshqa mamlakatlar investistiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to„g„ri keladi. Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar xajmi ham ortib bormoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil etish va yuritishni talab qiladi.
Zamonaviybuxgaltervaharbirrahbarxodimtomonidanbankyokikompaniyanirivojlanishivamoliyaviybarqarorliginita’minlashidaduchkelinayotganiqtisodiymuammolarnihalqilishdao‘zbuxgalterlarigaishonchhosilqilganiholda, ularniyuqorimalakasivaishtajribalarixalqaroamaliyot, ya’nimoliyaviyhisobotninghalqaro standartlari(MHXS)gatayanibengyaqinyordamchidebqarashizarur. Buesarespublikamiziqtisodiyotiyanadarivojlanishiningmuhimomillaridanbirigaaylanadi.
Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko„lami, tarmoq xususiyatlari va yo„nalishlarini inobatga olgan holda namunaviy tashkiliy-tuzilmani joriy qilish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish. Alohida ta‟kidlab o„tish joizki, 2015-2018-yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq tashqi audit o„tkazishni ma‟lumotuchun qabul qilish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi
aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlash” vazifalari belgilab berildi3.
O„zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ning talablari ko„plab pozitsiyalari bo„yicha MHXS talablariga juda yaqinlashtirilgan bo„lsa-da, lekin boshqa, ba‟zan esa asosiy pozitsiyalar bo„yicha farqlar hamon saqlanib qolmoqda. Eng muhimi shuki, faoliyat yuritayotgan xo„jalik yurtituvchi subyektlarning katta qismida mavjud bo„lgan asosiy vositalar, zaxiralar, nomoddiy aktivlar kabi obyektlarni hisobga olishga nisbatan yondashuvlardagi farqlar saqlanib turibdi. O„z navbatida, transformatsiya tartibotlarini o„tkazish chog„ida aksariyat amaliyotchi buxgalterlar aynan ushbu aktivlarni qayta hisoblashiga to„g„ri keladi.
Mazkur qo„llanmani o„rganishga kirishayotgan o„quvchiga O„zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ni tashkil etishning asosiy qoidalarini bilishni talab etadi, shuningdek u buxgalteriya hisobi tamoyillari va uning nazariy asoslari, buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va tuzilishini yaxshi tasavvur etishi, korxona faoliyatini moliyaviy tahlil qilish asoslarini bilishi lozim. Qo„llanmada ma‟lumotlar unchalik an‟anaviy bo„lmagan, ko„proq o„ziga xos case bookni o„zida namoyon etuvchi usul bilan bayon etilgan. Har bir mavzu bo„yicha avval o„quvchiga turli hil test topshiriqlari va vazifalarini yYechish taklif etiladi. Agar test savollariga javoblar to„g„ri bo„lib chiqsa (to„g„ri javoblar tahlili javobdan keyinoq keltirilgan), bir necha kichik vazifalar ko„rinishida, shuningdek bir necha transformastion (shaklni o„zgartirish) jadvallarni tuzgan holda hisobotlar shaklni o„zgartirishga katta vazifa ko„rinishida taqdim etilgan vaziyatlarni tahlil qilishga o„tish mumkin. Bundan tashqari, har bir mavzudan keyin mustaqil yYechish uchun ko„p sonli vazifalar va nazariy bilimlarni tekshirish uchun test topshiriqlari keltirilgan.
Mualliflar ushbu nashrni o„qib chiqish talabalarga, magistrantlarga va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilarga, tegishli o„quv kurslarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etayotgan oliy o„quv yurtlarining professor- o„qituvchilar tarkibiga hamda amaliyot o„tayotgan, o„zining yaqin amaliy faoliyatida moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq hisob yuritish va hisobotlar tuzishga o„tishni mo„ljallayotgan buxgalterlarga foydali bo„lishidan umidvor.
O„quv qo„llanmada bayon etilgan materiallar yuzasidan barcha xulosa va takliflarni o„quvchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi yoki Iqtisodiy tahlil va audit kafedralariga yuborishi mumkin. O„quvchining ushbu ish yuzasidan fikrini bilish mualliflar uchun qiziqarli bo„lardi. Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini o„rganishda muvaffaqiyat tilaymiz.



Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling