Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


O`z vaqtidalilik (ayni paytlilik)


Download 136 Kb.
bet4/7
Sana21.04.2023
Hajmi136 Kb.
#1371958
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYAVIY-IQTISODIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA REGESSIYA TENGLAMASINI SHAKLINI TANLASH

O`z vaqtidalilik (ayni paytlilik). Buxgalteriya axboroti qaror qabul qilish vakolatiga ega bo`lgan ichki va tashqi foydalanuvchilarga o`z vaqtida et-kazilishi talab etiladi. Masalan, firma bankdan kredit mablag`lari olishi uchun 15 yanvar kuni bank tashkilotiga firma hisoboti taqdim etilishi kerak. Agar buxgalter moliyaviy hisobotni shu kunga tayyorlab ulgursa, firma kredit oluvchi sub`ektlar jumlasiga kiritilish imkoniyati bo`ladi. Agar hisobot 1 oydan keyin tayyor bo`lsa, bu hisobot kredit olish nuqtai nazaridan ahamiyatli emasligi aniqdir.
Istiqbolni belgilashning imkoniyati. Moliyaviy axborotlar tashqi foy-dalanuvchilar uchun, ularning oldingi belgilangan istiqbolni hozirgi natijalari bilan solishtirib, kelgusi istiqbolni to`g`ri belgilash qobiliyatini yaxshilash maqsadlari uchun foydali bo`lishi kerak. Istiqbol qilishda uncha muhim bo`lmagan yoki umuman muhim bo`lmagan moliyaviy axborotidan foydalanish, qaror qabul qilish vakolatiga ega bo`lgan shaxslarni oddiy faraz qilishidan boshqa narsa emas, deb hisoblash mumkin.
Тeskari aloqa. Buxgalteriya axboroti xo`jalik yurituvchi sub`ekt faoliyatini aks ettirib, aynan ana shu moliyaviy ma`lumotlar firmalar, korxonalarga nisbatan u yoki bu qaror qabul qilinishiga asos bo`lib xizmat qiladilar va natijada ularning kelgusidagi faoliyatini belgilab beradilar. Axborot qanchalik etarli, qanchalik tushunarli, to`g`ri va o`z vaqtida topshirilsa, uning xo`jalik faoliyatiga ta`siri shunchalik ijobiy bo`lishini buxgalter unutmasligi kerak.


3. Ishonchlilik. Moliyaviy axborotlarning ishonchliligi, eng avvalo, uning xatolar va noaniqliklardan xolisligini bildiradi. U axborotning asosiy ma`nosini to`g`ri ochib berishi kerak. Qaror qabul qilish vakolatiga ega bo`lgan tashqi foydalanuvchilar, ular iqtisodiy istiqbol qilish va natijalarni tasdiqlashda tayanadigan axborot noto`g`ri yo`naltirish yoki aldash niyatidan xoli bo`lgan malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlanganligiga ishongan bo`lishlari kerak.
Axborotning ishonchliligi uch mezonga mosligiga qarab tekshiriladi:



Haqqoniylik ba`zida to`g`ri aks ettirish, ishonchlilik deb ham yuritiladi. Buxgalteriya axborotining bu xususiyati uni o`quvchi shaxslarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning to`liq matni va sonlariga tatbiq etiladi. U moliyaviy axborotni mavjud holati va sharoitlarni to`g`ri aks ettirayotganligini bildiradi. Buxgalteriya axboroti muomalalarning umumiy tavsifini so`z va sonlar yordamida beribgina qolmay, balki operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini ham aks ettirishi kerak.

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling