Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
Firma resurslari Ularning manbalari
Download 136 Kb.
|
MOLIYAVIY-IQTISODIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA REGESSIYA TENGLAMASINI SHAKLINI TANLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Firma resurslari Ularning manbalari
Firma resurslari Ularning manbalari
Bino - 3mln.so`m Хususiy kapital - 5 mln. so`m Тovarlar - 2 mln. so`m. JAMI -5 mln.so`m JAMI - 5 mln.so`m Firma haqida qo`shimcha ma`lumot - uning oylik foydasi 500 ming so`m Тabiiyki, bunday ma`lumotlar investitsiya qilish haqida qaror qabul qilishga undaydi. Moliyaviy hisobotning vazifasini yanada aniqroq tushun-tirish maqsadida boshqa bir firmaning hisoboti ma`lumotlarini ko`rib chiqamiz: Firma resurslari Ularning manbalari Bino -2 mln.co`m Хususiy kapital - 2 mln. co`m Тovarlar - 3 mln. co`m Firmaning qarzlari - 3 mln. co`m. JAMI -5 mln.co`m JAMI - 5 mln.co`m Firma haqida qo`shimcha ma`lumot - uning oylik foydasi 200 ming co`m. Keltirilgan ma`lumotlar har qanday investorni bir oz bo`lsa ham o`y-lantiradi, chunki firmaning mavjud resurslarining faqat 2 mln. co`mligi o`ziga tegishli. Boshqacha qilib aytganda, firmaning boshqa shaxslardan 3 mln. co`m qarzi bor, bundan tashqari uning foydasi 200 ming co`m xolos, ya`ni birinchi firmaning foydasiga nisbatan oz. Moliyaviy hisobotning ma`lumotlari rahbar va barcha menejerlar uchun ham nihoyat katta ahamiyatga ega. Ular moliyaviy ma`lumotlar bilan tanishib chiqib, o`z korxonasining istiqbolini belgilaydi, aytaylik, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, xarajatlarni kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish, kredit mablag`lari olish kabi turli qarorlarni qabul qilishadi. Shunday qilib, asosiy maqsadga erishish va vazifalarni bajarish uchun moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobining mahsuli sifatida etarli ma`lumotlarni taqdim etishi kerak ekan. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib moliyaviy hisobotlarning maqs-adini ikki toifaga - asosiy va ikkinchi darajali maqsadlarga ajratish mumkin. Asosiy maqsadi - moliyaviy holat, moliyaviy natijalar va pul mablag`lari haqida-gi ishonchli ma`lumotlarni taqdim qilishni ta`minlash bo`lsa, Ikkilamchi maqsa-di esa, qarorlar qabul qilish maqsadida barcha foydali axborotlarni taqdim qilish yo`li bilan ochiq – oydinlikni ta`minlashdir (2-chizma). 2-chizma. Moliyaviy hisobotlarning maqsadlari. Moliyaviy hisobotlarning ikkilamchi maqsadi o`z ichiga taqdim qilinayotgan axborotlar foydaliligini ifodalovchi belgilarni, cheklovlarni va eng muhim yo`l qo`yishlar, ya`ni ruxsat berishlarni oladi (3-chizma). 3 - chizma. Moliyaviy hisobotlarning ikkilamchi maqsadining tarkibi Moliyaviy hisobot kontseptsiyalari moliyaviy hisobotlarni tuzish tartib qoidalarini belgilab berar ekan ularni tuzishga qo`yiladigan talablar (buxgal-teriya hisobi axborotlarining sifat xususiyatlari), taqdim qilinayotgan axbo-rotlarning minimal tarkibi (moliyaviy hisobot elementlari) va ular hal qilishi mumkin bo`lgan asosiy masalalar mazmunini ham asoslab beradi. MHK ko`ra, mo-liyaviy hisobotlarni tuzishdan maqsad ulardan foydalanuvchilarga taqdim qi-linayotgan axborotlar asosida quyidagi vazifalarni xal qilish imkonini berish kerak: • investitsion qarorlar va kreditlar berish bo`yicha qarorlar qabul qilish; • xo`jalik sub`ektining kelgusi pul oqimlarini baholash; • xo`jalik sub`ektiga ishonib topshirilgan iqtisodiy resurslar tufayli uning resurslari va majburiyatlarini baholash; • rahbariyat faoliyatini baholash. Yuqorida sanab o`tilgan vazifalarni bajarish va asosiy maqsadga erishish uchun esa moliyaviy hisobot axborotlari ma`lum bir talablarga javob berishi kerak. Ulardan eng muximlari - bu axborotning sifat tavsiflari yoki xususiyat-laridir, ya`ni axborotlarning foydaliligi belgilari (tushunarlilik, ishonch-lilik, ahamiyatlilik va taqqoslanuvchanlik), cheklovlar (o`z vaqtidalilik, man-faatlar va tavsiflar orasidagi balans, sifat tavsiflari orasidagi balans) hamda eng muhim yo`l quyishlar (hisoblash tamoyili, faoliyatning davomiyligi). Ular buxgalteriya hisobi axborotning u yoki bu qarorlarni qabul qilish uchun foydali-ligini aks ettiradilar va belgilaydilar. Moliyaviy hisobotlarda xo`jalik yurituvchi sub`ektning o`z majburiyatlarini bajarishi va sarmoyalarini qaytarishi uchun daromad va kelgusida naqd pul tu-shumlarini olish qobiliyatini amalga oshirish uchun yordam beradigan axborotlarni aks ettirishi kerak. Тaqdim qilingan hisobot ma`lumotlaridan korxona rahba-rining faoliyatini baholash maqsadida ham foydalaniladi. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling