Moliyaviy krizislar


Download 14.08 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi14.08 Kb.
#1248839
Bog'liq
Moliyaviy krizislar


Moliyaviy krizislar
Moliya iqtisodiyot ishtirokchilari o‘rtasidagi pul oqimi bo‘lib, bu pulning ular o‘rtasidagi oldi-berdisini bildiradi. Biroq bu har doim ham bir me’yorda va ravon boravermaydi, chunki krizislar bo‘lib turadi
Bu bank, fond bozori va davlat budjeti krizislarini o‘z ichiga oladi. Bank krizisi yuz berganda unga uchragan banklar o‘ z kapitalining katta qismini yo‘qotib, bankrot holiga tushadilar. Buning sababi shundaki, banklar mo‘maygina pul topaman deb katta kreditni, hatto qaytarilishi gumonli bo‘lgan kreditni beradilar. Qaltis operatsiyalarga qo‘l uradilar. Fond birjalarida chayqovchilik qiladilar.


Kreditni o‘z vaqtida yoki umuman qaytmasligi, kredit hisobidan garovga olingan mol-mulk narxining tushib ketishi, birjada aksiya va obligatsiyalarning birdaniga arzonlashib ketishi kabi holatlar banklarni katta pulga tushirib qo‘yadi.
Fond bozoridagi krizis shundan iboratki, bu yerda aksiya va obligatsiyalarning narxi birdaniga tushib ketib, uning egalari katta pulni yo‘qotadilar, moliyaviy bankrotga aylanadilar, fond bozoridagi operatsiyalar kutilmagan darajada pasayib ketadi, bu bozordagilarga vahma soladi.


Bunday ko‘ ngil si z hodi sal arni ng sababi moli ya ope- ratsiyalarining tartibsiz va nazoratsiz o‘sishi bo‘ladi. Bu ham bozor iqtisodiyoti nuqsonli ekanligini ko‘rsatadi. Budjet krizisi yuz berganda budjet defitsiti oshib ketadi, katta xarajatlarni qoplash uchun davlat qarz majburiyati bo‘lgan obligatsiyalarni ko‘plab sotadi. Ularni qaytadan sotib olish uchun kuchi yetmaydi, davlat qarzga botib qoladi.
Krizisdagi katta pul yo‘qotishlar bozordagi jami talabni qisqartirib, iqtisodiy tanglikka olib keladi, retsessiya holati paydo bo‘ladi. Eng so‘nggi va g‘oyat kuchli moliya krizisi 2009–2010-yilgi krizis bo‘lib, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarini qamrab oldi. Moliya krizislari abadiy emas, ular bir paydo bo‘lsa, bir yo‘qolib turadi. Ulardan tez va katta talafotsiz chiqish uchun davlatdan faol antikrizis siyosatini yurgizish talab qilinadi.
Download 14.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling