Moliyaviy menejment fanidan taqdimot ishi


Download 363.4 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi363.4 Kb.
#1024262
1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLIYAVIY MENEJMENT FANIDAN

Konservativ yondashuvda boshqaruv ta’siri kechikadi. Agarda riskli hodisa yuz bersa, zarar operatsiya ishtirokchilari tomonidan oʻzlariga olinadi. Bunday holatda boshqaruv zarar ortib borishining oldini olishga, uning keyingi jarayonlarga ta’sirini neytrallashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuvda risklarni boshqarish boʻyicha xarajatlar odatda juda past darajada, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar esa yetarlicha yuqori boʻlishi kuzatiladi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya’ni boshqariladigan (boshqaruv ob’ekti) va boshqaradigan (boshqaruv sub’ekti) qismlardan iborat. Bunda riskli operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Bunday munosabatlar sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi, qarzdor va kreditor, buyurtmachi va pudratchi, biznes boʻyicha hamkorlar va boshqalar oʻrtasida yuzaga keladi. Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv ob’ektiga maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, risk menejerlar va boshqalar) boshqaruv sub’ekti hisoblanadi. Mos axborot ta’minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin. Ishonchli va dolzarb ma’lumotga ega boʻlish risklarni kamaytirish va foydani oshirishga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini zudlik bilan qabul qilishga imkon beradi. Riskli operatsiyalarni amalga oshirishda zaruriy darajadagi axborot ta’minoti va undan samarali foydalanish zarar va yoʻqotishlar ehtimolini minimal darajagacha pasaytiradi.


Moliyaviy risklarni boshqarish quyidagi prinsiplarga asoslanadi.
  • Risklarni ongli ravishda qabul qilish prinsipi.
  • Qabul qilinadigan risklarning boshqarishga qulayligiprinsipi.
  • Qabul qilinadigan risk darajasining oʻtkaziladigan operatsiyalar daromadlilik darajasi bilan taqqoslanishiprinsipi.
  • Qabul qilinadigan risk darajasining mumkin boʻlgan yoʻqotishlar darajasi bilan taqqoslanishi prinsipi.
  • Risklarni boshqarishda vaqt omilini hisobga olishprinsipi.
  • Risklarni boshqarish jarayonida korxona strategiyasini hisobga olish prinsipi.
  • Risklarni oʻtkazish imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi.


Download 363.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling