Moliyaviy menejment Tayyorladi: Egamshukurov Hamidulla

Download 100.24 Kb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi100.24 Kb.
#1038749
1   2   3   4   5   6   7

Zararning mohiyati xarajat qilingan resurslarning sarflangan holatiga nisbatan kamayib qaytishi hisoblanadi. Masalaga dialektik yondashilsa, jamiyat boyligi bu holatda kamaymaydi deb xulosa qilish mumkin. Lekin yo‘qotilgan resurs korxonaga qaytarilmasligi sotilgan mahsulot iste’molchilar tomonidan arzon baholanganligini e’tiborga olib, korxona zarar ko‘rganida resurlar jamiyat a’zolari o‘rtasida notekis taqsimlanadi va bozordagi raqobatga salbiy ta’sir qiladi deb aytish mumkin.

  • Zararga olib keluvchi sabab, faqat arzonga sotish emas, balki tayyor mahsulot iste’molchiga etib bormasdan omborda turishi, chirishi, tabiiy yo‘qotilishi ham mumkin. Bu holatda korxona resursining zarar ko‘rinishida yo‘qotilishi jamiyat boyligining kamayishiga olib keladi. Shuning uchun korxonalar nochorligi va zarar ko‘rib ishlashini tahlil qilishda ularning sonidan ko‘ra, ko‘rilgan zarar miqdori, yo‘qotilgan resurslar hajmini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ko‘rilgan zarar miqdorini tahlil qilish korxona faoliyatining kelgusidagi holatini oldindan baholashni osonlashtiradi hamda boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni samaradorligini ham ko‘rsatib beradi.

Keltirilgan har bir holatda, aktivlarning chiqib ketishiga nisbatan kirib kelishining davriy ravishda pasayishi e’tiborga olinsa, korxonada o‘z mablag‘larining kamayishi yoki chetdan jalb qilingan mablag‘larning kamayishidan qat’iy nazar iqtisodiy nochorlik yuz beraveradi va korxona har qanday vaziyatda ham huquqiy jihatdan aybdor hisoblanadi. Bu esa korxonaga mablag‘ni chetdan jalb qilish uni o‘zlashtirish ekanligi va zarar yoki foyda ko‘rib ishlashdan qat’iy nazar uni qaytarish zarurligini ko‘rsatadi.

Download 100.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling