Moliyaviy menejment Tayyorladi: Egamshukurov Hamidulla

Download 100.24 Kb.
bet7/7
Sana20.12.2022
Hajmi100.24 Kb.
#1038749
1   2   3   4   5   6   7

Keltirilgan har bir holatda, aktivlarning chiqib ketishiga nisbatan kirib kelishining davriy ravishda pasayishi e’tiborga olinsa, korxonada o‘z mablag‘larining kamayishi yoki chetdan jalb qilingan mablag‘larning kamayishidan qat’iy nazar iqtisodiy nochorlik yuz beraveradi va korxona har qanday vaziyatda ham huquqiy jihatdan aybdor hisoblanadi. Bu esa korxonaga mablag‘ni chetdan jalb qilish uni o‘zlashtirish ekanligi va zarar yoki foyda ko‘rib ishlashdan qat’iy nazar uni qaytarish zarurligini ko‘rsatadi.

  • Iqtisodiy nochorlik esa korxonaga chetdan mablag‘lar jalb qilganda vujudga keladi. Lekin ta’kidlash zarurki, birinchi holatda korxonaning bankrot bo‘lish ehtimoli boshqa holatlarga nisbatan yuqoriroq. Chunki aylanma mablag‘larga chetdan jalb qilingan mablag‘ning uzoq muddatlilarga nisbatan qaytarish davri tezroq bo‘ladi. Korxonaning zarar bilan ishlashi esa ularni qaytarish imkoniyatini kamaytiradi. Shu sababli korxona kapitalini tashkil etish jarayonida chetdan jalb etilgan mablag‘lar uzoq muddatli aktivlarga investitsiya qilish maqsadida yollansa va o‘z mablag‘lari aylanma mablag‘larni shakllantirishga yo‘naltirilsa, bankrotlik ehtimolligi kamayadi.

Inqirozga qarshi boshqaruv jarayoniga iqtisodiy tomondan baho berilganda – avvalambor, iqtisodiy nochor va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy-iqtisodiy tomondan sog‘lomlashtirish bo‘lib, boshqaruvning bu usulini harakatga keltiruvchi omil iqtisodiy nochorlik belgilari va zarar ko‘rib ishlash hisoblanadi. Respublikamiz qonunchiligida iqtisodiy nochorlik bankrotlik tushunchasi bilan bir xil atama sifatida qo‘llaniladi.

Buni «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonun 3-moddasining birinchi qismida berilgan ta’rifdan ko‘rish mumkin: bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi.

  • Boshqa MDH mamlakatlarida, jumladan Rossiya Federatsiyasida ham bu tushunchalar o‘zaro sinonimdir1.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!

Download 100.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling