Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari


Moliyaviy menejmentning funktsiyalari


Download 18.16 Kb.
bet5/6
Sana10.03.2023
Hajmi18.16 Kb.
#1257136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari-fayllar.org

3. Moliyaviy menejmentning funktsiyalari


  • Moliyaviy menejmentning mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida namoyon boʻladi. Moliyaviy menejmentning kompleks mazmunidan kelib chiqqan holda uning bajaradigan funksiyalarini ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin:

  • - boshqaruv sub’ektining funksiyalari;

  • - maxsus funksiyalar.

  • Birinchi guruh funksiyalar tarkibi har qanday boshqariluvchi tizimosti uchun bir xil tavsifga ega. Ular tarkibiga tashkil etish, tahlil, rejalashtirish, motivatsiya va nazorat kiritiladi.

  • Tashkil etish boshqaruv ob’ektlarini tarkiblashtirish, tegishli boʻlinmalarning huquq va majburiyatlarini belgilash kabilarni nazarda tutadi. Qoidaga koʻra tarkibiy birliklar ierarxik yoki javobgarlik va nazorat markazlarini belgilash orqali funksional belgilari boʻyicha boʻlinadi. Moliyaviy menejmentning tashkil etish funksiyasini amalga oshirish jarayonida korxonalarda boshqarish tizimining amaldagi tuzilmasi tomonidan mazmunan va funksional jihatlar oʻzaro mosligi va integratsiyasiga erishiladi. Bu jarayonda tashkiliy tuzilmalarni tashqi muhitning oʻzgaruvchan shart-sharoitlariga doimiy ravishda moslashtirib borish talab etiladi.

  • Samarali moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish koʻp jihatdan korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini, uning likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, shuningdek yaxlit moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va alohida operatsiyalar oʻtkazish natijalarini davriy baholashni nazarda tutuvchi tahlil funksiyasini amalga oshirishga bogʻliq. Tahlil jarayonida korxona faoliyatidagi oʻziga xos kamchiliklar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yoʻnalishlari belgilanadi.

  • Rejalashtirish maqsadlarni qoʻyish va ularga erishish yoʻllarini tanlash mavjud va egalik qilish mumkin boʻlgan resurslarning cheklanganligini hisobga olgan holda maqsadlarni qoʻyish va ularga erishish yoʻllarini tanlashni nazarda tutadi. Bu funksiya moliyaviy menejmentda eng asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Strategik yoʻnalishlarni va rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqish, resurslar va kapitalning barcha turlaridan yuqori darajada samarali foydalanish yoʻnalishlarini, qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish usullarini belgilab olish, risklarni neytrallashtirish yoʻnalishlarini belgilash va boshqa shu kabi masalalar rejalashtirish funksiyasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar roʻyxati hisoblanadi. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi eng muhim va farqli xususiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini rejalashtirish bozor kon’yukturasi, yetkazib berilayotgan tovarga talab va taklif darajasi, raqobat darajasi va boshqalarni aniq belgilashning murakkabligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi bilan ifodalanadi. Rejalashtirish faoliyat natijalari tahliliga, ichki va tashqi muhitda kutilayotgan oʻzgarishlarga asoslangan holda amalga oshiriladi

  • Motivatsiya qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni oʻzida aks ettiradi. Bu funksiya yordamida xodimlarning xulqiga ta’sir etish va ularning talablarini hisobga olgan holda turli omillar orqali ta’sir oʻtkazishga harakat qilinadi. Uni amalga oshirish jarayonida belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarni, normativlarni va reja topshiriqlari bajarganlik yoki bajarmaganlik, resurslar tejamkorligiga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishganligi va boshqa holatlarda korxonaning alohida tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun ragʻbatlantirish yoki jarimalar qoʻllash tizimi shakllantiriladi. Mazkur funksiyaning samarali ishlashi ish faolligining, tovar sifatining, xodimlar malaka darajasining oʻsib borishiga va eng asosiysi korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga bevosita ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

  • Nazorat ning mohiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan real holatlarni oʻz vaqtida aniqlash, belgilangan maqsadlarga erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga xizmat qilishdan iborat. Moliyaviy menejmentning bu funksiyasi ishlashi korxonada ichki nazorat tizimini tashkil etish, nazorat qilinadigan koʻrsatkichlar tarkibini, davriyligini va boshqalarni belgilab qoʻyish bilan bevosita bogʻliq hisoblanadi.

  • Moliyaviy menejmentning maxsus funksiyalari guruhi boshqaruv faoliyatining alohida turi sifatida moliyaviy menejmentning oʻziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ularga quyidagilar kiradi;

  • - aktivlarni boshqarish;

  • - kapitalni boshqarish;

  • - investitsiyalarni boshqarish;

  • - pul oqimlarini boshqarish;

  • - moliyaviy risklarni boshqarish
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling