Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari
Kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi
Download 18.16 Kb.
|
Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agentlik munosabatlari nazariyasi.
Kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi.“Qayerdan mablagʻ olish kerak va uni qanday taqsimlash lozim?” – bu doimiy savol barcha vaqtlarda va davrlarda insoniyatni tashvishga solgan. Moliyaviy menejer ham muhim muammolar tarkibida mazkur muammodan holi tarzda faoliyat koʻrsata olmaydi. Ya’ni “faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish uchun zarur kapitalni qaysi manbalardan jalb qilish zarur?”, degan savol moliyaviy menejer oldidagi doimiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda qarz mablagʻlari jalb qilish yoki oʻz moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik kiritiladi. Mazkur oddiy boʻlmagan savollarga har tomonlama asoslangan javob topish kapital tarkibi nazariyasining tadqiqot predmetini tashkil etadi. Kapital tarkibi nazariyasining fundamental asoslarini oʻrganish korxona faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida hisobga olinishi lozim boʻlgan omillarni a’lo darajada tushunish imkonini beradi. Dividend siyosati doirasida koʻrib chiqiladigan, olingan foydani taqsimlash yuqoridagi muammo bilan bevosita bogʻliq va muhimligi boʻyicha kam boʻlmagan muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning ta’sischilarga dividendlar koʻrinishida toʻlanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladigan qismi oʻrtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi. Agentlik munosabatlari nazariyasi.Iqtisodiy munosabatlarda har bir sub’ekt doimo oʻz manfaatlarini qanoatlantirish uchun intiladi va bu manfaatlar biznes yuritish jarayonida har doim ham mos kelavermaydi. Agentlik tushunchasi ikki ishtirokchi oʻrtasidagi munosabatda ulardan birining (buyurtmachi, prinsipal) oʻz funksiyalarini boshqa shaxsga, ya’ni agentga oʻtkazishini anglatadi. Korporativ moliyani boshqarish nuqtai nazaridan eng muhim agentlik munosabatlari sifatida mulkdorlar va menejerlar oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek kreditorlar va aksiyadorlar oʻrtasidagi munosabatlarni keltirish mumkin. Masalan, biznesda kapital egalari moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yollanma menejerlar (agentlar)ni jalb qilish holatlari tez-tez yuzaga kelib turadi. Lekin menejerlar oʻz ish joyini saqlash, karerasini rivojlantirish, ish haqini oshirish va boshqa maqsadlarda shaxsan oʻzi uchun foydali, biznes egasi uchun esa zararli qarorlar qabul qilishi mumkin. “Prinsipal – agent” munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni iqtisodchilar agentlik muammolari, agentlik nizolari yoki manfaatlar toʻqnashuvi natijasidagi muammolar, deya ataydilar. Agentlik munosabatlari nazariyasi agentlik munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarning mohiyati va yuzaga kelish sabablarini oʻrganadi, shuningdek ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beruvchi metodlar va instrumentlarni ishlab chiqadi. Download 18.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling